Bo’shliqichlilar tipi. Chuchuk suv gidrasining tuzilishi, harakatlanishi, oziqlanishi va ko’payishi


Download 177.46 Kb.
bet3/3
Sana25.01.2023
Hajmi177.46 Kb.
#1120229
1   2   3
Bog'liq
Bo’shliqichlilar tipi

Jinssiz va jinsiy ko‘payishi

  • Jinssiz ko‘payishi. Oziq yetarli bo‘lgan iliq bahor va yoz mavsumida gidra tanasi sirtida bir nechta kurtaklar paydo bo‘ladi. Paypaslagichlar va og‘iz teshigi paydo bo‘lishi bilan kurtaklar yosh gidralarga aylanadi. Ular ona organizmidan ajralib, mustaqil yashay boshlaydi.
  • Jinsiy ko‘payish. Kuzda noqulay sharoit tug‘ilishidan oldin gidra tanasining sirtida kichik bo‘rtmachalar paydo bo‘ladi. Bo‘rtmachalarda bittadan yirik tuxum hujayra yoki ko‘p miqdorda urug‘ hujayralar — spermatozoidlar yetiladi (4-rasm). Gidra tuxum hujayrasining soxta oyoqlari bo‘ladi. Spermatozoidlar esa mayda, tez harakatlanadigan kichik hujayralardan iborat. Ular suv orqali borib, tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘langan tuxum hujayra zigota deb ataladi. Zigotaning sirti qalin qobiq bilan qoplanadi. Gidra qishda nobud bo‘ladi, zigota esa qishlab qoladi. Bahorda zigotadan yosh gidra hosil bo‘ladi. Tuxum po‘sti yorilishi bilan yosh gidra suvga chiqadi va o‘z hayotini davom ettiradi.

4-rasm. Gidraning jinsiy ko‘payishi:

1 – tuxum hujayra;

2 – urug‘ hujayra;

3 – urug‘langan hujayra;

4, 5 – urug‘langan hujayraning bo‘linishi;

6, 7 – ikki qavatli embrion.


Download 177.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling