Boshlovchi: Dasturimizni sportga oid yangilik bilan davom ettiramiz. 5-8 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklari davlatida taekvondo bo’yicha “Fujairah Open 2023” musobaqasi bo’lib o’tdi. Dunyoning 34ta davlatidan jami 405 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib borgan musobaqada esa vakillarimiz ham munosib ishtirok etib yuqori natijalar bilan bugun yurtimizga qaytib kelishdi. Kutib olish jarayonlarida ishtirok etgan muxbirimiz Nuriddin Mirzaboyev mavzuni davom etitradi
Muxbir: Islom karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeraportda sportchilarimizni O‘zbekiston taekvondo WT assosiasiyasi ma’sullari, jurnalistlar hamda keng jaoatchilik vakillari kutib olishdi.
Sinxron:
Muxbir: Maskur musobaqada Madina Mannopova Feruza Sadikova Svetlana Osipova Omonjon Otajonov Ulug‘bek Rashitov Nikita Rafalovichlar oltin medalga sazovor bo’lishgan bo’sa Najmiddin Qosimxo‘jayev Ozoda Sobirjonovalar kumush medalni qo’lga kiritishdi. Bronza medal esa Bronza - Niyaz Po‘latov nasib etdi.
Sinxron:
Muxbir: Ma’lumot uchun "Fujairah Open-2023" musobaqasida O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi a’zolari 6ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza jami 9ta medalini qo‘lga kiritdi. Shuni ham alohida aytish kerak O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor bitta musobaqada 6 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |