Boshlovchi: Kim ko’ribdur ey ko’ngil ahlijahondin yaxshilig’, Kimki ondin yaxshi yo’q ko’z tutma ondin yaxshilig’
Download 34 Kb.
|
Bubur senariysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hurmatli mehmonlar va bolalar.
- Shohjahon
- Diyorbek
- Jamshid
- Quvonchbek
- Bobur
- Dehqon
- Dehqon-2
- Savdogar
- E’tiboringiz uchun raxmat.
BOSHLOVCHI: Kim ko’ribdur ey ko’ngil ahlijahondin yaxshilig’, Kimki ondin yaxshi yo’q ko’z tutma ondin yaxshilig’. Assalomu alaykum aziz mehmonlar va bolalar. Bugun biz sizlar bilan bu yerga. Temuriylar avlodining istedodli vakili atoqli shoir buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining ayyomini nishonlashga yig’ilganmiz.
Bugun biz sizlarga “Shoh va Shoir” nomli tadbirimizni havola etamiz. Boburning hayoti haqida.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’ildi. Shohjahon: Otasi – temuriylar avlodidan bo’lgan Umarshayx Mirzo o’sha davrda Farg’ona viloyatining hokimi edi. Nurmuhammad: 1495 yil Umarshayx Mirzo fojiyasi ravishda vafot etadi. Viloyatni boshqarish 12 yoshda Bobur zimmasiga tushadi. Diyorbek: Toju taxt, saltanati, jangu jadallar bularning bari uning murakkab hayotidan davlat beradi. Qilichbek: O’g’li Humoyun, nabirasi Akbarlar uning faoliyatini davom ettiradi. Shohjahon: O’zining qisqa 47 yillik umri davomida buyuk ishlarni amalga oshirdi. Boburning g’azaliga qizlar ijrosida raqs. So’ng Boburning ruboiylaridan namunalar:
Davlatqa yetib mehnat elim unitma Bu besh kun uchun o’zingni asm tutma.
Borg’onni kel emdi, yod qilmay ey do’st, Boorish kelishingni lutf etib o’ksitma.
Dushman so’ziga kirma, eshit do’st so’zin Eshitmasa so’zni do’st, dushman nedegay.
Hijron qafasida jon qushi dam qiladur, G’urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne navbitay firoqu g’urbat shahrin, Kim ko’z yoshu nomaning yuzini nam qiladur.
Bu zamonni nafu qilsam ayb qilma ey fariq, Ko’rmadim nargiz bu zamondin yaxshilig’.
Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa jafo topqusidir. Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz Har kimki yomon bo’lsa jazo topqusidur.
Dehqon kirib keladi. Dehqon: assalomu alaykum Mirzo hazratlari. Bobur: va alaykum assalom. Sizga bir topshiriq bor. Hindiston tuprog’ida poliz barpo qilib shirin qovun yetishtiring. Dehqon: ho’p bo’ladi hazrati oliylari, ammo men uni qanday yetishtiraman. Bobur: sizga mening bosh maslahatchim yordam beradi. Dehqonlar quvun yetishtirishni juda uzoq harakat qilishadi, ammo buning foydasi bo’lmaydi. Maslahatchi: eh attang. Qovunning palagi 3 marta ham so’lib qolyapti. Bobur mirzo endi bizni bizni kechirmaydilar. Dehqon: endi nima qilamiz. Dehqon-2: men qo’shni qishloqdagi bir odamni taniyman. Maslahatchi: kim ekan u odam. Dehqon-2: u odam Farg’onalik savdogar. Undan Farg’ona qovun buyurtursak. Maslahatchi: o’sha odamni tez oldimga olib keling. Savdogarni olib keladi.
Savdogar qovunni olib keladi maslahatchi esa bitta qovunni Bobur mirzoga olib boradi. Bobur: oh, oh buning hidini qarang rost ham bu qovunni Hindiston tuprog’ida yetishtirganmisiz? Maslahatchi: ha hazratim. Bobur: aldamayapsizmi?? Maslahatchi: qancha janglarda birga bo’lib bir-birimizni aldamadik. Bilasiz Hindiston tuprog’ida umuman qovun yetishtira olmadik. Shuning uchun biz Farg’onalik savdogarga Andijondan 5 tuya qovun keltirdik. Bobur: bu boshqa gap, Vatanimning hidi bir soniya bo’lsada dimog’imdan ketmagan. Boshqa yolg’on gapirmang. Vatan qo’shig’iga raqs qizlar ijrosida. Hurmatli mehmonlar va bolalar. Shu bilan ulug’ sarkarda istedodli shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag’ishlangan kechamiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun raxmat. Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling