Boshqa fanlar bilan aloqasi
Markaziy zaiflashish nima?
Download 0.67 Mb.
|
M. U. Hamidova, maxsus pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatning susayishi nima
- Serebral falajlik
- Serebral falaj bolalar quyidagi qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin
Markaziy zaiflashish nima?
Markaziy zaiflashish ko‘pincha harakatni cheklashga olib keluvchi harakatlanish muskulini boshqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi qobiliyatsizlikdir. Masalan serebral falajlik, artritlar, paralich, biror a’zoning yo‘qligi va bir yoki undan ko‘p a’zolar vazifasi pasayishini o‘z ichiga oladi. Bu holatlarning o‘qish, rivojlanish va ishtirok etishdagi ta’siri bolalarda farq qiladi. Markaziy zaiflashuvi bo‘lgan ko‘pgina bolalar boshqa bolalar (kattalar) bilan ijtimoiy muloqotdagi qiyinchiliklarga ham duch kelishadi, ayniqsa aqliy va nutq rivojlanishida. Bu to‘xtamlarga o‘qituvchilar, maktablar va ta’lim hukumati tomonidan tashkillashtirilgan xizmatlar quvvatlangan ta’lim, sog‘lik va ijtimoiy sektorlar orasidagi hamkorlik kerak bo‘ladi. Harakatning susayishi nima? Harakatchanlik bir necha holatlarda susayishi mumkin. Ba’zilari doimiy, ba’zilari vaqtinchalik tabiatga ega. Bular o‘z ichiga serebral falajlik, artritlar, mushak distrofiyasi, xotira yo‘qolishi va Parkinson kasalliginingning o‘smirlarga xos turlarini oladi. Jarohatlar ham harakatchanlikka doimiy va vaqtinchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Serebral falajlik Serebral falajlik rivojlanishning ilk bosqichlarida miyaning harakatlanishni nazorat qiluvchi qismlariga jarohat yetishi sababli kelib chiqadi. Ko‘p holatlarda bu jarohat homiladorlik davrida ro‘y beradi. Ba’zan tug‘ruq jarayonida va chaqaloqlik davridagi miya jarohatlari (kislorod yetishmovchiligi sababli asfiksiya ya’ni bo‘g‘ilish, meningit, bosh lat yeyishi yoki chayqalishi)da ro‘y beradi. Har 1000ta boladan 2tasida serebral falajlik qayd etiladi. Serebral falaj bolalar quyidagi qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin: - tananing qismlari yoki butunlay harakatlanishidagi; - og‘zaki bo‘lmagan muloqot (yuz ifodasi har doim ham emotsiyalarni to‘g‘ri anglatmasligi mumkin – ya’ni, bola kulayotgandek tuyulishi mumkin ammo aslida u juda xafa yoki g‘amgin bo‘lishi)dagi; - muskullarda ixtiyorsiz harakatlar (spazmlar)dagi; - ovqatlanish va ichishdagi; - muskul bo‘shligi yoki tarangligidagi; - muvozanat va mo‘ljaldagi; - holat (gavdani istalgan holatga qo‘yish va shu holatda saqlash qobiliyati)dagi; - diqqat qilish va to‘plashdagi10. Kasallikning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat buzulishlari bolalar serebral falajida har xil namoyon bo‘ladi.Adabiyotlarda bolalar miya falajining quyidagi shakllari qayd qilingan: spastik diplegiya, spastik gemiplegiya, ikkilamchi gemiplegiya,paraplegiya, monoplegiya, atonik-astatik sindrom. Yuqoridagi ta’sirlar natijasida bolaning bosh miyasida turli xildagi jarohatlanishlar kelib chiqadi. Bosh miyadagi harakat markazlarining jarohatlanish darajasi, xususiyatlariga ko‘ra bolada harakat tayanch a’zolardagi turli xildagi falajlanishlarni keltirib chiqaradi. Shunga ko‘ra bu toifadagi nuqsonli bolalar quyidagicha klassifika-siyalanadi: Ikki yoqlama gemiplegiya; Spastik dipligiya; Giperkinetik shakli; Gemiparetik shakli; Anatonik-astatik shakli. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling