Boshqa oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlarni talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risida
Download 25.47 Kb.
|
1 2
Bog'liqBoshqa OTM
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.I.SH O‘qiyotgan (o‘qigan) OTM, ta’lim yo‘nalishi nomi
- (Fanlar farqi)
Boshqa oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlarni talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim mussasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq BUYURAMAN: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 87-02-772-sonli xati hamda universitet rektorining 2022 yil 5 sentyabrdagi № 13-F-sonli, 2022 yil 3 oktyabrdagi №30-F-sonli farmoyishlariga asosan o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan quyidagilar 2022-2023 o‘quv yili uchun belgilangan shartnoma to‘lovining 50 foizini stipendiyasiz shaklda to‘liq amalga oshirganligi sababli 2022-2023 o‘quv yilining tavsiya etilgan kursi va semestridan to‘lov-shartnoma asosida sirtqi bo‘limning tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha universitet talabalari safiga qabul qilinsin.
Talabaga dars mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirishini ta’minlash maqsadida ular uchun alohida grafik ishlab chiqilsin va shu asosida qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etilsin. Oliy ta’lim mussasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bob 41-bandiga asosan akademik farqlarni talabalar qo‘shimcha semestr vaqtida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qishi belgilab qo‘yilsin. Ushbu buyruq ijrosini nazorati Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim boshlig‘i A.Avazov zimmasiga yuklatilsin. ASOS: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 87-02-772-sonli xati, Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim boshlig‘i A.Avazov bildirishnomasi. Download 25.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling