Boshqarish apparatlari haqida ummumiy ma’lumotlar
Magnit yuritgichlarining asosiy xususiyatlarini ko’rib
Download 363.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Magnit yuritgichlarining asosiy xususiyatlarini ko’rib
chiqamiz. AD manbaga ulanganda uning yuritish paytidagi toki («pusk» paytidagi) nominal tokning 6-7 barobari miqdorida ortib ketadi. Tokning bunday qiymatida kontaktlardagi yengil tebranish xam ularni ishdan chiqarib qo’yishi mumkin. Kontaktlarning tebranish (vibratsiya) vaqtini kamaytirish uchun kontaktlar va xarakatlanuvchi qismlar imkon darajasida yengil qilib yasaladi, xarakat tezligi kamaytiriladi va kontaktlarga bosish kuchi oshiriladi. Ushbu tadbirlarga amal qilish oqibatida katta kommutatsion (elektrik) yemirilishga bardoshlilikka ega bo’lgan (soatiga ulab-uzishlar soni 600 bo’lgani xolda jami 2 . 10
6 operatsiyaga mo’ljallangan) PA va PME seriyadagi magnit yuritgichlar yaratilgan. Tok kuchi 100A gacha bo’lgan yuritgich kontaktlariga kumush yuritiladi, tok kuchi 100A dan ortiq bo’lgan xollar uchun esa kontaktlar kumush va kadmiy oksididan (SOK) iborat kompozitsiyadan tayyorlanadi. Dvigatelni manbadan uzish paytida kontaktlardagi tiklanuvchi kuchlanish manba kuchlanishi bilan dvigatelp e.yu.k. si o’rtasidagi farqqa teng bo’lib, natijada kontaktlarda bor-yo’g’i nominal kuchlanishning 15-20% miqdorida kuchlanish bo’ladi, bu esa dvigatelpni manbadan uzishga yengil sharoit yaratadi. Lekin AD ishlashi davomida amaliyotda shunday xol uchraydiki, dvigtelpni yuritiboq manbadan uzishga to’g’ri keladi, bunday paytda yuritgich dvigatelpni nominal tokning yetti barobar katta miqdorida va nominal kuchlanishga teng bo’lgan tiklanish kuchlanishi miqdorida manbadan uzishiga to’g’ri keladi. Magnit yuritgichi tormozlab qo’yilgan dvigatelpni 50 marta ulab-uzgandan keyin ham normal ishlashni ta’minlashi kerak. Yuritgichning pasportida uning nominal toki miqdoridan tashqari, yuritgichning turli kuchlanishlarda ishlashi mumkin
bo’lgan dvigatelpning quvvati keltirilgan bo’ladi. Yuritgich tomonidan uzilayotgan zanjir toki kuchlanish ortishi bilan nisbatan sezilarli bo’lmagan xolda kamayishi munosabati bilan, yuritgich ishlashi mumkin bo’lgan dvigatelp quvvati nominal kuchlanish ortishi bilan ortib boradi. Ishchi kuchlanishning eng katta qiymati 500 V ga teng. Tekshirishlarning ko’rsatishlaricha magnit yuritgichning elektrik (kommutatsion) yemirilishga bardoshliligi dvigatel quvvatining 1,5-2,0- darajadagi qiymatiga teskari proportsional ekan. Yuritgichning xizmat muddatini oshirish uchun, uni tanlashda nisbatan kattaroq quvvatga mo’ljallab tanlanadi. Magnitli yuritgichning konstruktsiyasi va ulanish sxemasi. PME va PA seriyadagi yuritgichlar amaliyotda keng tarqalgan.
Download 363.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling