Boshqarish apparatlari haqida ummumiy ma’lumotlar


Magnitli ishga tushirgichlarning qo’llanilishi


Download 363.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana08.01.2022
Hajmi363.26 Kb.
#249781
1   2   3   4   5   6   7
Magnitli ishga tushirgichlarning qo’llanilishi

.

Magnitli ishga tushirgichlar asosan asinxron dvigatellarni ishga 



tushurish va boshqarish uchun qo’llaniladi.

10.5- rasmda asinxron dvigatelni magnitli ishga tushirgich 

(MIT) yordamida boshqarish elektr sxemasi ko‘rsatilgan. Bu 

MIT uch fazali kontaktorning yordamchi kontaktlari va issiqlik 

relesi bor.



10.5-rasm

MIT elektr saqlagich bilan birga ishlatilishi lozim, chunki uning 

qisqa tutashishdan himoyalovchi tuzilmasi yo‘q. 10.6- rasm, a 

dagi sxemada shartli tasvirlar quyidagilami bildiradi: IR — 

issiqlik relesi, 1IR, 2IR — issiqlik relesini ajratuvchi kontaktlar

EKCH— elektromagnit kontaktorning chulg'ami, L1 — EKCH 

ning asosiy, yoy o‘chirish tuzilmasi bilan tutashuvchi 

kontaktlari, K2 — EKCH ning blok-kontakti, T — to'xtatish 

knopkasi (tugmasi), Y — yurgizish knopkasi.

Yurgizish knopkasini bosganda kontaktorning elektromagnit 

chulg‘ami (EKCH)uch fazali tarmoqning liniya kuchlanishiga 

ulanadi. Demak, elektromagnit kontaktor chulg‘amidan tok 

o‘tadi va kontaktor o‘zining asosiy kontaktlari 

K

1

 va blok-



kontakti

K

2

 ni tutashtiradi. Asinxron dvigatel tarmoqqa ulanadi va



ishga tushadi. Endi yurgizish knopkasini bosib turishning hojati 

yo‘q, chunki bu knopkaga parallel ulangan blok-kontakt K2 

qo‘shilgan bo‘lib, EKCH tarmoqdan shu boshqarish blok-

kontakti orqali tok oladi. Agar dvigatelni to‘xtatmoqchi bo‘lsak 




to‘xtatish knopkasi T ni bosamiz, EKCH zanjiri uziladi va 

undan tok o‘tmaydi, demak, kontakt 



K

1

 ochilib dvigatelni 



tarmoqdan ajratadi. 0 ‘ta yuklantirish rejimida dvigatelning toki 

nominal qiymatga ko‘ra oshganda, tokning ajratib chiqaradigan 

issiqligi oshadi, demak, issiqlik relelarining kontaktlari 1IR va 

2IR ochilib, EKCH ni tarmoqdan ajratadi. EKCH dan tok 

o‘tmaganda uning kontaktlari  

K

1

ochilib, asinxron dvigatel 



tarmoqdan ajraladi.

10.6 a-rasm

Ko‘p elektr uskunalarda, masalan, ko‘tarish-tashish 

mashinalarida, aylanish yo'nalishini o'zgartirishga to‘g‘ri keladi. 

Bu holda rotorning aylanish yo‘nalishini o‘zgartiradigan 

(reverslaydigan) magnit ishga tushirgichdan foydalaniladi. 10.6 

a- rasmda bunday magnit ishga tushirgichning elektr sxemasi 

ko‘rsatilgan.  Aylanuvchi magnit maydonning yo'nalishini 

o'zgartirish uchun uch fazali tarmoqning istalgan ikki fazasini 

almashtirish kifoya. Bu sxema mana shu fazalami almashtirishni



amalga oshiradi. Sxemada tegishli knopkalar bor. Masalan, 

„olg‘a“ knopkasini bosganda, „olg‘. K“, ya’ni olg‘aga yurgizish 

elektromagnit chulg'ami tarmoqqa ulanadi. Natijada asosiy uch 

fazali „olg‘. K“ kontaktlari va „olg‘.



K

1

 “ boshqarish blok-



kontaktlari tutashadi. Asinxron dvigatel ishga tushadi. 

Dvigatelning aylanish yo'nalishini o‘zgartirish uchun „A“ va 

„B“ fazalar simining o‘mini almashtirish lozim. Agar „olg‘. K“ 

va „orq. K“ kontaktlari birdaniga tutashtirilsa, fazalararo qisqa 

tutashish yuz beradi. Bu qisqa tutash ehtimolini bartaraf qilish 

uchun orqaga K2 elektr magnit chulg‘am zanjirida „olg‘a“ 

ajratuvchi blok-kontakt va „orqaga“ EKCH zanjirida „olg‘a“ 

blok-kontakt kiritilgan. Masalan, „olg‘a“ knopkasini bosganda: 

„orqaga“ EKCH zanjiriga ulangan „olg‘a 

K

2

blok-kontakt 



ochiladi. Endi „orqaga“ knopkasini bosganda

10.6 b-rasm

bu EKCH tarmoqqa ulanmaydi, chunki berk zanjir hosil 

bo‘lmaydi. Dvigatelni orqa tomonga aylantirish uchun awal 

tutashish knopkasini bosib, dvigatelni tarmoqdan ajratish kerak. 

Bu paytda har ikkila blok-kontakt, „orq.

K

2

va „olg



K

2

tutashadi. 



Keyin „orqaga“ knopkasini bosish mumkin. Magnitli ishga 

tushirgichlar avtomatik boshqarishda, faza rotorli dvigatellarda, 

aylanish tezligini o‘zgartirishda va boshqa qator maqsadlarda 

foydalaniladi.




               

                                         



Xulosa

       Elektr apparatlar manbadan qabulgacha keladigan 

energiyani boshqaradi. Ular elektr mashinalar va turli 

uskunalarni  avtomatik va noavtomatik xolda boshqarish 

sxemasida,hamda elektr energiyasi va energiya ta’minotini 

taqsimlash uchun qo’llaniladi




Download 363.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling