Boshqarish jarayonida axborot texnologiyalari
Mikroprotsessor va raqamli hisoblash texnikasi vositalarining o`lchov sistemalarida qo`llanilishi
Download 176.59 Kb.
|
Zoir kurs ishi
2.3. Mikroprotsessor va raqamli hisoblash texnikasi vositalarining o`lchov sistemalarida qo`llanilishi.
MP o`rta va yuqori integratsiyalangan tranzistor, yarim o`tkaz gichli va shunga o`hshash elementlardan tashkil topgan sxemalardan iboratdir. SHuning uchun ham MPning tuzilish texnologiyasi tranzistorlarning tuzilish texnologiyasidan aniqlanadi. Bilamizki, tranzistor va bloklar quyidagi texnologiyalar asosida qurilishi mumkin: D2 – MOP-ikki diffuziyali MOP-tranzistor; I2L — integral injeksiya logika asosida; I3L — integral injeksiya Izoplanar logika asosida; K — komplementarli; MDP — metall — dielektrik yarim o`tkazgichli; MOP — metall — okisel yarim o`tkazgichli; TTL — tranzistor — tranzistor logikasida; TTLSH — shotki bar`erli tranzistor-tranzistor logikasida; ESL — emmiterli bog’langan va shunga o`xshashlar. MPlarning tavsiflarini yaxshilash ularning texnologiyalarini o`zgartirib yaxshilab borish bilan bog’lik. MP yaratilish texnologiyasi bo`yicha asosan uchta avlodga bo`li nadi: — r — kanal asosidagi MOP-texnologiyali; — n — kanal asosidagi komplementarli MOP - texnologiyali; — bipolyar asosidagi texnologiyali. Birinchi avloddagi MP (1971 y.) buyruqlarni bajarishga ketgan vaqti (10-20 mks) va tanlanadigan buyruklarni chegaralanganligi, xotirasining kichikligi, adreslash turlari bilan tavsiflanadi. Ikkinchi avloddagi MP (1973 y.) birinchi avloddagiga nisbatan buyruklarga sarf etilgan vaqtning kamligi (2-5 mks), tanlanadigan buyruklarning ko`payganligi, xotirasining kattaligi va adreslash turlari bilan tavsiflanadi. Uchinchi avloddagi MP (1974 y.) bipolyar texnologiya asosida qurilgan. Bunday MPlar yuqori tezligi bilan tavsiflanadi (buyruqni bajarishga ketgan vaqt 50-300 mks), boshqarishi esa mikroprogramma negizidadir. Har xil mikroelektronika texnologiyasini qo`llash bir qancha turdagi har xil asosda qurilgan MP vositalarini qurishga imkon beradi. K-MOP texnologiyasi asosida qurilgan MPga K587, K588,... seriyadagi MPlar kiradi. Ular qurilmalarni juda kam elektr energiyasini iste`mol qilishini ta`minlaydi. n-MOP texnologiyasi asosida qurilgan MPga K580, K581, K1801 va shunga o`xshash seriyadagi MPlar kiradi. Ular eng ko`p elektron komponentlarning (sxemalarning) joylanishini ta`minlaydi. TTLDSH va eSL texnologiyasi asosida qurilgan MPga K589, K1802 va shunga o`xshash seriyadagi MPlar kiradi. Ular qurilmalarning yuqori tezlikda ishlashini ta`minlaydi (0.1 mks dan kichikroq). Download 176.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling