Boshqarish jarayonida axborot texnologiyalari
I-BOB. GAZNI QO‘SHIMCHALARDAN TOZALASH VA UNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Download 176.59 Kb.
|
Zoir kurs ishi
I-BOB. GAZNI QO‘SHIMCHALARDAN TOZALASH VA UNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
1.1. Suyuq uglevodorodlarni tozalash S uyultirilgan gazni keng fraksiyasini fraksiyalashning namunaviy qurilmasi ishlab chiqarish ko‘rsatgichi 500 ming.t/yil (SGFQ) yuqori quvvatli tozalash blokiga ega. Propan fraksiyasi (chiqishi 25,79% massasi bo‘yicha) monoetanolaminli tozalash va ishqorli eritma bilan chuqur tozalashga beriladi, n-butanli fraksiya (chiqishi 10,7% massasi bo‘yicha), butanli (chiqishi 27,51% massasi bo‘yicha), izopentanli (chiqishi 8,48 % massasi bo‘yicha), pentanli (chiqishi 10,35% massasi bo‘yicha) va geksanli (chiqishi 11,94% massasi bo‘yicha) sxema bo‘yicha ishqorli eritma bilan ishlov beriladi. Texnologik sxema 1.1-rasmda keltirilgan. 1-nasos; 2,4,6-ejektorli aralashtirgichlar; 3,5,7-tindirgichlar. Xomashyo markazdan qochma nasos yordamida injektorli aralashtirgichga (2) uzatiladi, u yerdagi tindirgichdan (5) ishqorli eritmaning qoldig‘i surib olinadi. Xomashyoning reagent bilan aralashmasi tindirgichga (3) kirib keladi. Qisman tozalangan mahsulot tindirgichning yuqori qismidan (3) aralashtirgichga (4) yo‘naltiriladi, u yerda toza (yangi) va ishqorli eritmaning retsirkulyatsiyasi bilan aralashtiriladi, qoldiq ishlangan ishqorli eritma tindirgichning pastki qismidan (3) sanoat oqovasiga olib chiqiladi. Tozalangan xomashyo tindirgichda (5) reagentdan ajratiladi. Tindirilgan ishqorli eritma retsirkulyatsiyaga boradi, mahsulot esa – aralashtirgichga (6) kimyoviy tozalangan suvga yuvishga beriladi. Tozalangan va yuvilgan mahsulot tindirgichning yuqori qismidan (7) rezervuarga yo‘naltiriladi, suv tindirgichning pastki qismidan-oqovaga beriladi. Ishqorli eritmaning yangi konsentratsiyasi 10-15% chegarasida bo‘ladi.Gaz fraksiyasiyalash qurilmasini agregati (GFQA) moyli gazlarni va nobarqaror benzinni katalitik kreking qurilmasida qayta qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Uni loyihaviy ishlab chiqarish ko‘rsatgichi 417 ming.t/yil: 38,4% (massasi bo‘yicha) gaz va 61,6% (massasi bo‘yicha) barqaror benzin. Loyiha bo‘yicha monoetanolaminli va barqaror benzinni ishqorli tozalangandan keyin bosh fraksiya chuqur ishqorli (propan-butanli) tozalash ko‘rib chiqilgan. Benzinni ishqorli tozalash yuqorida keltirilgan sxemasidan farqi 2- aralashtirgich-tindirgich birga juftlikda olib boriladi xuddi 1.2-rasmdagi kabi. Barqaror benzin markazdan qochma nasos yordamida aralashtirgichga (2) uzatiladi, u yerda yangi 12% -li ishqorli eritma va tindirgichda ( 3) tindirilgan retsirkulyatsiya ishqorli eritmasi bilan aralashtiriladi. Tindirmaning bir qismi oqovaga beriladi. Tozalangan mahsulot aralashtirgichda (4) suv bilan yuviladi, tindirgichda (5) suvdan ajratiladi va qurilmaning oraliqdagi yig‘gichga yoki tovar parkdagi rezervuarga yo‘naltiriladi. Yuvuvchi suv tindirgichning (5) pastki qismidan oqovaga chiqariladi. Xomashyo nasos (1) yordamida diafragmali aralashtirgichga beriladi, u yerdan nasos (3) bilan sirkulyatsiya ishqorli eritma haydaladi. Aralashma likopchali kolonnaning (4) pastki qismiga kirib keladi. Download 176.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling