Boshqarish nazariyasining asosiy tushunchalari
Download 15.18 Kb.
|
Boshqarish nazariyasining asosiy tushunchala
- Bu sahifa navigatsiya:
- N a z a r i ya
- Texnik tizimlar
- Ijtimoiy-iQtisodiy tizim
- A x b o r o t
Aim.uz Boshqarish nazariyasining asosiy tushunchalari. BoshQarish nazariyasini o’rganishdan avval unga oid asosiy tushunchalar, usul va vositalarni bilib olish zarurdir. Bular barchasi boshQarishning mohiyatini to’G’ri tushunishga va uni samarali tashkil Qilishga yordam beradi. N a z a r i ya - tabiatdagi va jamiyatdagi turli jarayonlarning ro’y berish va rivojlanish Qonuniyatlarini ochib beruvchi keng ko’lamli bilimlar to’plamidir. S i s t e m a - bu mahlum elementlardan tashkil topgan, o’z maQsadi va mahlum vaQt mobaynidagi faoliyat davriga ega elementlarning o’zaro munosabablariga asoslangan yaxlitlikdir. Tizimlar asosan Quyidagi turlarga bo’linadi: - texnik; - biologik; - ijtimoiy - iQtisodiy tizimlar. Texnik tizimlar- jixozlar, mashinalar, agregatlar va boshQa texnikalar. Bu tizim o’zini o’zi boshQara olmaydi va tashQi aralashishga muxtoj. Biologik tizim- tabiat, tirik organizmlar, hayvonot va nabotot olami. Bu tizim tabiat Qonunlari, shartli va shartsiz reflekslar asosida boshQariladi. Ijtimoiy-iQtisodiy tizim- ishlab chiQarish va taQsimlash munosabatlari bilan boG’liQ insonlar guruhidir. Bunda odamlar iQtisodiy munosabatlar bilan birga ijtimoiy munosabatlarga kirishadilar. Tizimlar yopiQ va ochiQ turdagilarga bo’linadilar. YopiQ tizim-tashQi muhitga boG’liQ bo’lmagan, ochiQ tizim- tashQi muhit bilan boG’liQ tizimdir. Ijtimoiy-iQtisodiy tizim ochiQ tizim bo’lganligi uchun boshQarilishga muxtoj, ham o’zini-o’zi boshQara oladi. Ijtimoiy-iQtisodiy tizimni umumiy holda shunday ko’rinishda ifodalash mumkin. BoshQarish tahsiri
teskari aloQa 1- chizma. Ijtimoiy-iQtisodiy tizim Har bir tizim o’ziga xos strukturaga ega . Struktura - bu tizimning tarkibiy Qismlari va ular orasidagi munosabatlar. Strukturaning o’zgarishi tizimning o’zgarishiga olib keladi va aksincha. MaQsadlar - faoliyatni amalga oshirishning intilgan natijasi. MaQsadlarga erishish uchun amalga oshirish lozim bo’lgan mantiQiy xatti-harakatlar ketma - ketligi masalalar deyiladi. Menejmentdagi masalalar uch turga bo’linadi: 1) odamlar va mehnat vositalari orasidagi munosabatlar bilan boG’liQ; 2) odamlar va informatsiya orasidagi munosabatlar bilan boG’liQ; 3) odamlarning o’zaro munosabatlari bilan boG’liQ. A x b o r o t- boshQaruv jarayonida tizim doirasida boglanishlarning asosi sifatida namoyon bo’ladi. M u v a f f a Q i ya t - bu Quyilgan maQsadlarga eng optimal yo’llar bilan erishish va natijani mumkin Qadar uzoQ vaQt saQlab Qolishdir Download 15.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling