Boshqarish tadbirkorlikning integratsiya
Savdo sohasida yetkazib berishning rivojlanish
Download 84.47 Kb.
|
Yetkazib berish zanjirida xizmat turlarini
Savdo sohasida yetkazib berishning rivojlanish
shart-sharoitlari va muammolari Savdo korxonalarining mehnat vositalari bilan ta’minlanishi (yetkazib berishni qo‘llash shartlari) savdo korxonalarini zarur bo‘lgan ko‘tarish transport, texnologik va savdo uskunalari bilan jihozlash, shuningdek, mavjud texnikaning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Mehnat buyumlaridan foydalanishni takomillashtirish o‘z ichiga idishlarning yangi turlaridan foydalanish, savdo qilishda asosan qadoqlangan tovarlarga o‘tish, shuningdek, shtrixlangan kod bilan tamg‘alangan (kelajakda shtrix kodlari qo‘yilgan yuk to‘plamlari bilan ishlashga o‘tish) idishlarini o‘z ichiga oladi. Ilmiy-texnikaviy rivojlanishning sezilarli ko‘rsatkichlaridan bo‘lib, har bir soha bo‘yicha qo‘llaniladigan texnologiya hisoblanadi. Hozirgi bosqichda savdo korxonalarida qo‘llaniladigan texnologiyalarning taraqqiyot darajasi to‘plangan yuklarni yuk o‘tkazish bo‘g‘inlari orqali olib borish imkoniyatlari, yuk va tovar birliklarining avtomatlashtirilgan uyg‘unlashuv imkoniyatlari, shuningdek, tovar o‘tkazishdagi ishtirokchilarning axborot almashuvidagi jadalliklar bilan belgilanadi. Yetkazib berish nuqtai nazaridan ilmiy-texnika taraqqiyotining aytib o‘tilgan yo‘nalishlari, ulgurji holda, ajralgan holatda rivojlanmasdan balki kelishilgan holda rivojlanishi zarurdir: sanoat korxonalarida, ulgurji savdoda, transportda, chakana savdoda, ya’ni tovar bozorining barcha ishtirokchilari bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak. Jahon va mamlakat tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yetkazib berishni qo‘llash savdoning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Samarani tarkib topishining asosiy tomonlarini ko‘rib chiqaylik. 1. Tovar harakati bo‘g‘inlaridagi zaxiralarni quyidagilar hisobiga qisqartirish: zaxiralarni ulgurji va chakana savdolar o‘rtasida qayta taqsimlash va zaxiralarni ulgurji bo‘g‘inlarda to‘plash; zaxira holatlarini nazorat qilishning zamonaviy texnologiyasini qo‘llash; ishtirokchilarning zaxiralarni o‘z vaqtida to‘ldirib borish masalasida yuksak darajada muvofiqlashib borishi. Joriy zaxiralar ham, sug‘urta zaxiralari ham qisqarib boradi. Joriy zaxiralar – qulay o‘lchamdagi to‘plamlarning belgilangan muddatida yetkazib berilishi hisobiga amalga oshiriladi. Sug‘urta zaxiralari – tovarlarning yagona taqsimot omborida to‘planishi hisobiga kamaytiriladi. Masalan, agar 100 ta do‘konni bitta taqsimot ombori atrofida birlashtirilsa va bu yerda sug‘urta zaxiralari to‘plansa, u holda kvadrat ildiz qonuniga ko‘ra, zaxiralarning umumiy hajmi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barqarorlikka zarar yetkazmagani holda 10 marta kamayadi. Ulgurji va chakana savdo korxonalarining maydonlari va hajmidan yuqori darajada foydalanish. Masalan, tovar o‘tkazish bo‘g‘inlarining logistik qulayligi do‘konlar maydonlarining tarkibini sezilarli darajada o‘zgartirib, savdo maydonchalari hisobiga ko‘paytiradi. Bularga ushbu hisoblarga ko‘ra erishiladi: umumiy zaxiralar miqdorining keskin qisqartirilishi va ularning kattagina qismi do‘konlardan ulgurji bo‘g‘inlarga ko‘chirish hisobiga; tayyorlov jarayonlarining bir qismini – shularda qadoqlash, tamg‘alash, narxlarini qo‘yish va boshqalar tovar harakatini oldingi bosqichlariga ko‘chirish; Sarmoyalarning aylanishini tezlashtirish. Bular talablarni bevosita joylashtirish va ularni bajarish jarayonlarini vaqti bo‘yicha nazorat qilish hisobiga erishiladi. Transport xarajatlarini qisqartirish, ishtirokchilarni yuqori darajada transportdan foydalanish masalasida muvofiqlashuvlari hisobiga erishiladi. Yuklarni ishlash, shu jumladan qo‘l mehnati xarajatlarini kamaytirish. Yetkazib berishdan foydalanishdagi samaralar to‘plami, odatda, sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar samaralarining yig‘indisidan ortib tushadi. Bu shu bilan izohlanadiki, logistik tashkillashtirilgan tizimlarda vujudga kelgan bozor uchun kerakli bo‘lgan yukni yetkazib berishni ta’minlash qobiliyati, zarur sifatda, kerakli miqdorda, belgilangan muddatda, kerakli joyga, eng oz miqdordagi xarajatlar bilan yetkazib berishning vujudga kelishi bilan tushuntiriladi. Download 84.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling