Boshqarish tadbirkorlikning integratsiya


Download 84.47 Kb.
bet3/8
Sana07.05.2023
Hajmi84.47 Kb.
#1440419
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yetkazib berish zanjirida xizmat turlarini

M – nazariy jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan logistik xizmat ko‘rsatishni miqdoriy baholash; m – logistik xizmat ko‘rsatish hajmining haqiqiy miqdoriy baholanishi.
Logistik xizmat ko‘rsatish darajasini baholash uchun xizmat turlarining eng ahamiyatlisi tanlab olinadi, ya’ni ularni ko‘rsatilishi ko‘pgina xarajatlar bilan bo‘g‘liq bo‘lib, xizmat ko‘rsatmaslik esa bozordagi jiddiy zararlar bilan bo‘g‘liqdir. Ushbu ko‘rsatkichlarni hisobkitob qilishning ikki xil variantini keltiraylik.
Variant 1. Misol tariqasida ma’lum rusumdagi avtomobillarga ehtiyot qismlar bilan savdo qiladigan ulgurji korxonani olib ko‘raylik. Aytaylik, avtomobillar uchun ehtiyoj qismlarining ushbu rusumi uchun ro‘yxati 2000 ta turni tashkil etsin, hamda ulardan korxonada doimiy ravishda 500 turi mavjud bo‘lsin.
U holda xizmat ko‘rsatish darajasini ehtiyot qismlar turlarining eng yuqori darajadigi mumkin bo‘lgan qismining haqiqatda sotuvda bo‘lgan turlari o‘rtasidagi nisbatlar shaklida hisoblab chiqarish mumkin.
Ushbu ko‘rsatkichning ahamiyatini oshirish uchun zaxiralarni oshirish munosabati bilan qo‘shimcha xarajatlarga yo‘l qo‘yish, boshqarish tizimini takomillashtirish, shuningdek, qator boshqa sabablarni qo‘llash mumkin. Boshqa tomondan esa, bizning misolimizda xizmat ko‘rsatish, darajasining oshirilishi tovar ro‘yxatini kengaytirishni bildiradi.
Variant 2. Xizmat ko‘rsatish darajasini shuningdek, logistik xizmat ko‘rsatish jarayonida haqiqatda amalga oshirilgan xizmatlar uchun sarflangan vaqtning ushbu tovarlarni yetkazib berish uchun kompleks xizmat ko‘rsatish umumiy jarayonlariga sarflangan vaqt bilan taqqoslash yo‘li bilan ham baholash mumkin.
Hisoblashlarni quyidagi formula asosida bajarish mumkin:

bunda N – nazariy jihatdan ko‘rsatish mumkin bo‘lgan xizmatlar
miqdori; n – haqiqatda ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori; t – i ta xizmat ko‘rsatish uchun talab qilinadigan vaqt.
Shunday qilib, NΣ ti - imkoniyat darajasidagi kompleks xizmat ko‘rsatish uchun nazariy jihatdan sarflanadigan vaqt hisoblanadi. Yetkazib berishning ilmiy yondashuvi amaliy metodning qo‘llashi zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonini boshqarishda muhimligini keltirib chiqaradi, shuningdek, konyuktur kurashda asosiy strategik instrument rolini o‘ynaydi.
Logistik harakatlarning maqsadi rivojlangan va bozor iqtisodiy jarayonini optimal boshqarish XX asrning 60-70 yillaridagi g‘arb mamlakatlarining beqaror iqtisodiyoti kompaniya daromadining tezda tushib ketishi va aylanma harakatlarini omiliga olib keldi. Bu dalil logistik harakatlarni o‘rganishga impuls bo‘ladi. O‘sha davrda usul qo‘llashni baholashning asosiy maqsadi ko‘rilayotgan tizimda material elementlarni joylashtirish va qayta ishlash xarajatlarini kamaytirish bo‘lgan va o‘sha paytda ko‘rsatilgan maqsadni amaliy faoliyatga singdirish metodi o‘ylab chiqilgan. Zamonaviy nemis tadqiqotchisi B.Getting ta’kidlaydi: «Boshqarishga yangi logistik yondashuvda o‘tishda umumxarajat g‘oyasi paydo bo‘lishdan qochib bo‘lmaydi». Logistik yondashuvda ham huddi shunday yondashuv, ya’ni bir joyda tejash yuz bersa, ikkinchi bir joyda xarajat ko‘payadi. Usullarni ish berishni baholashda xarajatlarni qoplanishini aniqlash bilan baholashda xarajatlarni qoplanishini aniqlash bilan belgilanadi. Logistik xarajatlarni tushunish yetkazib berishning amaliy va ilmiy ko‘ra bilishi bilan bog‘liq. Ko‘plab har xil yo‘nalishli va teskari aniqlashlar ham bor, ularning asosiylarida Yetkazib berish xo‘jalik faoliyati yoki boshqarish funksiyasi va qobig‘i sifatiga ko‘riladi.
An’anaviy aniqlashga ko‘ra, logistik xarajatlar–bu yetkazib berish operatsiyalariga ketadigan xarajat. Birinchi yondashuvchilar yetkazib berishni faoliyat bilan organik bog‘laydi va uning logistik tabiatini belgilab boradi. Sotish, transport, ishlab chiqarish, taqsimlash, omborxona va boshqa yetkazib berishni ajratadi. Logistik xarajatlar material elementlarni va shunga yaqin predmetlarni qayta shakllantirish natijasida yuzaga keladi. Bunday yondashish logistik funksiya tavsifini xarajatlar tavsifiga asoslangan holda oldindan aniqlaydi. Shunday qilib yetkazib berishni funksional bazisini aniqlash: ta’minot, ishlab chiqarish va sotishyetkazib berishning kattalashtirilgan guruhlarini xarakterlovchi, ya’ni logistik faoliyatning ta’minot, ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liqligi. An’anaviy xo‘jalik usulida oddiy xarajatlarni anologik xarajatlardan farqi material texnik ta’minot va sotish sistemasidagidek. Shuning uchun tekstdagi logistik xarajatlar sotish va ta’minot xarajatlarini aniqlashga qaratilgan deyishimiz mantiqdan bo‘lardi.
M.Gordon ta’kidlashicha: «Bizning qator mutaxassislarimiz va tadqiqotchilarimizning fikricha, yetkazib berish - bu biz iqtisodiyot deb atagan barcha narsa. Chet elda bu oddiy alohida ishlarda ham juda muhim tushuncha». Bunday ilmiy yondashish baxsli va kelajaksiz.
Yetkazib berish rivojlanishiga kompleks yondashuv funksiyalararo keyinchalik firmalararo ziddiyat nazariyasiga asoslanib xarajatlar konsepsiyasini o‘zgartirdi. Amaliyotda logistik tizim funksional doirasida xarajatlarni hisoblash oxirgi natijaga qarab amalga oshiriladi. Logistik xarajatlarning funksional tegishliligi ularni maqsadli yo‘nalishni o‘rnini bosib turadi. Bu sharoitlarda xarajatlarni hisoblash va tushunish yangi yo‘naltirilgan rivojlanish, «misoli» ni qayta ishlab chiqishga asoslangan. Birinchi maqsad aniqlanadi, qaysiki ma’lum bir sharoitda logistik sistema tamoyilida bajarilishi kerak. Keyinchalik unga sotish xarajatlari rejalashtiriladi. Logistik xarajatlarga yondashish tomonidan qarab chiqqanda u ma’lum bir logistik tizimga yetishishi va o‘z missiyasini bajarish xarajatlarini aniqlaydi. Logistik tizim o‘z maqsadiga erishish uchun logistik funksiya bajarilishi kerak. Missiyani bajarish xo‘jalik faoliyati funksional doirasini bo‘linishi va oddiy logistik operatsiyalarni kompleks xarajatlari orqali amalga oshadi. Logistik yondashuv integratsiyalashgan boshqaruv sistemasiga va harakat nazoratiga singdirilishi shart. Aytib o‘tilganidek, uning afzalligi chetdan boshqarish tizimi hisoblanadi, qaysiki material va tovar oqimlari funksional bloklarga bo‘linmaydi, aksincha bir butun tizim sifatida ko‘riladi. Avval qo‘yilgan yondashuvga norozilikning kelib chiqishi yangi logistik yo‘nalish konsepsiyasi paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Yetkazib berish fan sifatida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadning har qanday xo‘jalik va har qanday iqtisodiy sharoitda oliy darajada bajarish deb biladi. Bunga asosan logistik xarajatlarga, uning shakllanish usuliga, tavsifini o‘lchashga boshqacha qarash shakllandi.
Harakatdagi xo‘jalik tizimini birdaniga logistik tizim deb atab bo‘lmaydi, masalan ma’muriyat xulosasiga ko‘ra; oddiy sotish bosqichini, operatsiyasini yetkazib berishning infrastruktura xarajati deb atab bo‘lmaydi. O‘zgarish faqatgina logistizatsiyada yuzaga keladi. Bu turdagi xarajatlarni logistizatsiya xarajatlari deb aniqlaydi.
Xo‘jalik tizimi logistizatsiya bosqichi, darajasi boshqarish mexanizmini o‘zgartiradi va qayta tuzish va materiallarni joylashtirish, axborot va moliyaviy oqimga ta’sir ko‘rsatadi. Shunday «xarajatlar o‘zgarishi» o‘ziga yetkazib berish xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Shuning uchun ham bu yerda obyektni logistizatsiya xarajatlari ajratib ko‘rsatilgan. Yetkazib berishni aniqlash borasidagi baxslar ko‘rib chiqilib, menejment, marketing, statistika, iqtisodiyot nazariyasi fanlarining turli yo‘nalishi va maktablari logistik apparat kategoryasini shakllanishga kuchki ta’sir qilgan. Boshqacha yondashuv bo‘lishi ham mumkin.
Shunday qilib logistik xarajat tushunchasini turli traktlarga ajratamiz: a) shartli qayta nomlangan xarajatlar an’anaviy operatsiya va funksiya paydo bo‘lishi bilan bog‘liq material oqimi qayta shakllanish va harakatini ta’minlaydi; bunday xarajatlarni shuningdek, logistizatsiya obyekti xarajatlari ham deb atash mumkin.
b) logistik missiya realizatsiya xarajatlari logistik rejadan keyin shakllanadi, natijada sotib olish, ishlab chiqarish, taqsimlash, transport va Yetkazib berishning boshqa ko‘rinishlari to‘liq aniqlanadi va tizimlanadi.
(El)
v) Yetkazib berish yutuqlarini harakatdagi tizimda ishlatish
xarajatlari (Eli)
Quyidagi 3 turdagi xarajatlarni logistik qayta shakllanish samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida tuzatamiz. Erishilgan logistizatsiya sharoitidagi iqtisodiy samarani quyidagi formula bilan aniqlash mumkin.

Harakatdagi xo‘jalik tizimini logistizatsiyasi jarayonining samaradorligi quyidagi ko‘rinishni oladi

Logistik xarajat va logistizatsiya obyekti xarajatlari munosabatlari birinchi o‘rinda maqsadning mutanosibligiga va boshqarish vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy taqsimlash, logistik, moliyaviy, axborot ta’minoti va ular xususiyatlarini oshirish qo‘shimcha xarajatlar talab qiladi. Masalan, transport vositalarini ko‘paytirishni olsak, bu paytda mutaxassislarni qayta tayyorlash yoki mutaxassis chaqirish xarajatlari kelib chiqadi, Logistik xarajatlar tavsifining afzalligi. Iqtisodiy subyektning xo‘jalik faoliyatini logistizatsiyalash jarayonida axborotga talabning sifat va son ko‘rsatkichlari oshadi. Logistizatsiya xarajatlari haqidagi ma’lumot logistik usullarni singdirish uchun kerak. Obyekt logistizatsiya xarajatlarini qoplanishi, tizim xarajatlarini tahlili va hisobi, hisob-kitob shaklini birinchi o‘rinda amaliy xususiyatga ega. K.Druri xarajatlar hisobini 3 ta maqsadini aniqlaydi - zaxira narxini baholash uchun, qaror qabul qilish uchun va nazorat uchun. D.Foster va G.Xorngrep hisob maqsadiga yana bir qator boshqaruv vazifasida uchraydigan bir nechtasini qo‘shadi.
Tavsiflash belgilarining ko‘pligi va uzviylik yo‘qligi xarajatlarning tavsiflash muammosi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun haqiqatdan logistik xarajatlarni turli guruhlarga ajratish logistik tizimga bog‘liq bo‘ladi.
Logistik xarajatlarni ajratuvchi birinchi darajasi maqsad bu uning pankulyatsiyasi. Logistik xarajatlar va logistik tizim xarajatlari haqida axborot yig‘ish o‘ziga yarasha qiyinchiliklarga ega. Obyektning logistik xarajatlarini hisobi birinchi o‘rinda zaxiralar boshqarish uchun kerak.
Aniqlashning shakllanishiga ko‘ra obyektni logistizatsiyalash xarajatlarini tavsiflar zarur. Buning uchun birinchidan bosqich va operatsiyalarni tavsiflash kerak; ikkinchidan, xarajatlarni va paydo bo‘lishini aniqlash kerak; uchinchidan, operatsiya o‘tkazish joyini aniqlash kerak.
Ishlab chiqarish tijorat faoliyatini shartli 3 bosqichga bo‘lamiz:
1-bosqich - omborxona-tayyorlov faoliyati. Tayyorlash faoliyatidan farqli ravishda bu kategoriya o‘z tarkibiga funksiya va prosedura, bosqich va operatsiyani oladi.
2-bosqich - ishlab chiqarish faoliyati. Ichki ishlab chiqarishni boshqarish oqimini tugallanmagan mahsulotni saqlash va tayyorlash jarayonlari biriktiradi.
3-bosqich – taqsimlovchi-sotuvchi faoliyatini kengaytirilgan funksiyalar tashkil qiladi, ya’ni ta’minlash faoliyatini boshqarish, tayyor mahsulotni saqlash, tayyor mahsulotni tashish.
Logistik faoliyatni material-texnik ta’minot va sotishdan logistik ma’muriylashtirish funksiyasi ajratib turadi. Korxonada yagona logistik markaz ishlayotgan jarayonda logistizatsiyadan qat’i nazar u logistik konsepsiyani amalga oshirishi mumkin. Boshqarish funksiyasini amalga oshiruvchi xarajatlarga quyidagilar kiradi: binoni omil bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va aylanma kapital xarajatlari logistik faoliyatni tashkil qiluvchi administratsiyaga xarajatlar. Axborot bilan ta’minlovchi tashkilotlarga xarajat, logistik xizmat ishchilarning yo‘l xarajatlari, boshqarish operatsiyasi usul va metodlarini ishlab chiqish xo‘jalik tizimidagi zaxirani saqlash va tashkil qilish bilan bog‘liq. Mavjud operatsiyalarni bajarish xarajatlari obyektning logistizatsiya xarajatlari qoplanish va mahsulot tannarxiga ta’sir qiladi. V.Dibskaya zaxiralarni saqlash va yaratish bo‘yicha logistik xarajatni 4 guruhga bo‘ladi: kapital xarajatlar, zaxirani saqlash xarajatlari, joriy xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar va zaxira bilan bog‘liq sug‘urta xarajatlari. Zaxiralarni saqlash va tashkil qilish xarajatlarini katta qismini kapital xarajatlar tashkil qiladi. Bu xarajatlar guruhiga transport-tayyorlov xarajatlari: buyurtma va sotish tashkiloti bilan bog‘liq xarajatlar, tovar-material buyumlarini tayyorlash va yetkazish xarajatlari, tabiiy yo‘qotish va kamchiliklarni qoplash xarajatlar, kerakli transport, bino va uni ta’mirlash vositalarni olish bilan bog‘liq xarajatlar, jo‘natish stansiyasiga yetkazib berish xarajatlari, mahsulot transportirovkasi xarajatlari va hokazolar. Keltirilgan obyektlar logistizatsiya xorijlari tavsifida ularning funksional tegishligi aniq ko‘rib chiqilgan.
Xarajatlarning shakllanish manbasiga ko‘ra yetkazib beruvchi xarajatlari, transport, vositachi tashkilotlar va iste’molchilar xarajatlariga bo‘lish mumkin. Xarajatlarni boshqaruvchi tizim yangi daromadlarni talab qiladi. Obyekt logistizatsiya xarajatlari boshqaruvi tushunchasi ostida kompleks jarayon yotadi. Obyekt logistizatsiya xarajatlarini boshqarish va nazorat qilish maqsadida javobgarlik markazida ko‘p darajali hisob tizimini ko‘rish kerak, keyinchalik xarajat, daromadlar va oxirida operatsiyalar markazlari bo‘yicha. Xarajatlarni hisoblash yo‘li bilan ularni funksional qobiq va tashuvchilarga taqsimlash orqali ular ustidan nazorat va boshqaruvni o‘rnatib bo‘lmaydi. Bu muammo aniq shaxs faoliyatidagi daromad va xarajatlarning o‘zaro bog‘liqligida aniqlanadi. Xarajatlar hisobiga bunday yondoshish ko‘pincha, javobgarlik markazi bo‘yicha xarajatlari hisobi nomi bilan ma’lum. U logistik zanjir va korxona tashkiliy tizimi afzalliklari asosida javobgarlik zonalariga ajratish prinsipiga asoslangan. Bu zona javobgarlik markazi deb ataladi va u materiallarni harakatlanish maydoni ham deb aniqlash mumkin.
Xarajatlar rejasi tuzish zarurligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlik markazi bilan bog‘liq. Qaror qabul qilish va reja tuzishning muhim bosqichi rejalashtirilgan va aniq natijalarni solishtirib ko‘rishdir.
Xarajatlar nazorati tizimining harakati ta’minlash uchun javobgarlik markazi menejeri nazorati darajasi guruhlanadi. Xarajatlar boshqariladigan va boshqarilmaydiganga bo‘linadi. Biroq hamma xarajatlar boshqaruvining past darajasiga tartibga solinishi mumkin, shuning uchun buxgalter javobgarlik markazi bo‘yicha smeta bajarilishi hisobotini tuzib xarajatlarni boshqariladigan va boshqarilmaydiganga ajratadi. Undan tashqari menejerlar ishi xarajatlar darajasi bo‘yicha aniqlanadi, agar ular boshqarilmaydigan xarajatlarga ham bog‘liqligini bilsalar o‘z ishlarini yomon bajarishlari mumkin.



Download 84.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling