Boshqarishda axborot va kommunikatsiya


Download 118.37 Kb.
bet9/9
Sana22.03.2023
Hajmi118.37 Kb.
#1285959
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BOSHQARISHDA AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA (1)

Axborotni uzatish va qabul qilish ko’p jihatdan samarali quloq solish san'atiga ega bo’lish darajasiga bog’liq. Amerikalik olim professor Kit Devis samarali quloq solish san'atining 10 ta qoidasini keltiradi. Qoidalarni navbatma- navbat o’qib, bir zum o’zingizni holi tuting. Yuzma-yuz gaplashayotgan aniq kishini ko’z oldingizga keltiring va ushbu qoidalarga nechog’liq rioya qilganingizga baho bering


T/r

Qoidalar

Izoh

1.

So’zlashdan to’xtang

- Gapira turib quloq solish mumkin emas. Har bir kishiga shivirlab, ammo "hech kimga ovoza qilma" degan naql bor.

2.

So’zlovchiga o’zini erkin
tutishga yordamlashing

- Gapiruvchi kishiga o’zini erkin tutishi uchun sharoit yarating. Ko’pincha buni hal qiluvchi muhitni yaratuvchi deb atashadi.

3.

O’zingizni so’zlovchiga quloq solayotganingizni ko’rsating

- O’zingizni manfaatdor ekanligingizni ko’rsating va shunga mos ravishda harakat qiling. So’zlashuv jarayonida gazeta, jurnal o’qimang. Eshitaturib uni rad qilish bahonalarini izlamasdan, balki uni tushunishga harakat qiling.

4.

G’ashga tegadigan holatlarni bartaraf qiling

- Rasm chizib turmang, stolga urmang, qog’ozlarni bir joydan ikkinchi joyga qo’zg’atavermang, ehtimol eshik yopib qo’yilsa, xonada sokinlik bo’ladi.

5

Bardoshli bo’ling

- Vaqtni ayamang. So’zlaguvchini bo’lmang, chiqishga zo’r bermang, eshik tomon qadam bosmang.

6

So’zlovchiga hamdard bo’ling

- So’zlovchini o’zingizning o’zningizga qo’yib ko’ring.

7

Harakteringizni saqlay biling

- G’azablangan kishi suhbat mazmuniga noaniqlik kiritish payida bo’ladi.

8

Bahsga va tanqidla yo’l qo’ymang

-Bunday hol so’zlovchini himoyaga o’tishga majbur qiladi. U jim bo’lib qolishi yoki jahli chiqishi mumkin. Aynan bahsda g’olib chiqib, bu bilan yutqazgan bo’lasiz.

9

Savollar bering

- Bu so’zlovchini ilhomlantirida, u sizning uni quloq solayotganingizga yani bir bor iqror bo’ladi. Bu oldinga jilishga yordam beradi.

10

So’zlashdan to’xtang

- Birinchi maslahat ham shundan boshlangan. Oxiri ham shu bilan tugaydi. Zero, qayd qilinganlarning barchasi shunga bog’liq. Siz gapirishdan to’xtamas ekansiz, demak, samarali quloq solishni ham bilmaysiz.

Download 118.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling