Boshqaruv faoliyatida rahbar shaxsi va lider shaxsiga oid psixologik fazilat va sifatlar Reja
Boshqaruv faoliyatida rahbar shaxsi va lider shaxsiga oid psixologik fazilat va sifatlar
Download 23.19 Kb.
|
Boshqaruv faoliyatida rahbar shaxsi va lider shaxsiga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Boshqaruvda muloqat uning afzal va o‘ziga xos tomonlari.
Boshqaruv faoliyatida rahbar shaxsi va lider shaxsiga oid psixologik fazilat va sifatlar.
Shaxsning, birinchi navbatda, raxbarning ijtimoiy psixologik bilimdonligini aniqlash uchun turli metodlar ishlatiladi. Bular o‘sha biz bilgan ko‘plab shaxsning muloqotga kirishuvchanlik sifatlarini aniklash metodlaridir. Lekin ularning ko‘pchiligi nazariy nuktai nazardan diagnostik ishlarni amalga oshirish uchun maqsadga muvofiq emas. Barcha metodik usullar ichida, aynan, shaxsning o‘zgalar bilan tez va aniqlik bilan ishchanlik hamda shaxsiy muloqotni o‘rnata olish orqali boshqalarga ta’sir ko‘rsata olish malakasini aniqlovchi KOS-1 metoda tadqiqotchilarda borgan sari ko‘proq ishonch uyg‘otmokda. Metodning qulayligi shundaki, u ko‘p vaqtni olmagan holda (10-15 dadida) respondentdan 40 ta savolga «da» yoki «yud» deb javob berishni taqozo etadi. Ijtimoiy-psixologik kompetensiya nafaqat rahbar tomonidan o‘zini-o‘zi anglashi (bilishi), balki autopsixologik kompetensiya bilan ham bog‘liq. Autopsixologik kompetensiya — bu rahbardagi shunday majmuiki, ular boshqaruvchini o‘z kasbiy hamda shaxsiy sifatlarini diagnostikalash, ya’ni o‘zini-o‘zi diagnostika qilish, o‘zini-o‘zi tuzata olish (korreksiyalash), o‘zini-o‘zi takomillashtira olish, o‘ziga o‘zi motivatsiya bera olish, har qanday ma’lumotdan samarali foydalana olish, psixolingvistik kompetensiyalar bilan bog‘liq qobiliyatdir. Ijtimoiy-informatsion kompetensiya - bu rahbardagi axborot texnologiyalari bilan ishlay bilish hamda ijtimoiy informatsiyalarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘la olishga egaligi. Kommunikativ kompetensiya - bu boshqaruvchining turli tildagi og‘zaki va yozma muomala texnologiyalarini o‘zlashtirganligi hamda kompyuterda dasturlash va Internet orqali munosabatga kirisha olish qobiliyati. 3. Boshqaruvda muloqat uning afzal va o‘ziga xos tomonlari. Ayrim mutaxassislar tomonidan ijtimoiy-psixologik kompetensiya tushunchasi ko‘pincha OAVda «.kommunikativ kompetensiya» tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi. Bevosita kommunikativ kompetensiyani aniqlash uchun «Muloqotga kirishuvchanlik darajasi», «Fikrni bayon eta olish» kabi qator metodikalar xamda o‘zini qanchalik nazorat qila olishini bilishda M.Snaydershshg maxsus testi qo‘llaniladi. Kognitiv kompetensiya — bu rahbarning ma’lumot darajasini oshirishga tayyorligi, o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini faollashtirishga 112 extiyojmandligi, yangi malaka va bilimlarni mustaqil ravishda yaratish hamda o‘zini-o‘zi rivojlantirish qobiliyati demakdir. Maxsus kompetensiya - bu boshqaruvchining professional xatgi-xarakatlarni mustaqil tarzda bajarishga tayyorlanish va o‘z mehnati natijalarini baholay olish qobiliyati. Madaniy kompetensiya - bu menejerning tashkilot normalari va qadriyatlari orqali xuld-atvorini boshqarishga tayyorlik qobiliyatiga egaligi. Shuningdek, munosib bo‘lmagan vaziyatlardagi xatti xarakatlarda maqsadga erishish uchun standart vaziyatlarni saqlab qolish va zarur bo‘lganda ularni yangilari bilan almashtira olish savodxonligi. Raxbarlik sifatlari. Yuqorida keltirilgan ta’riflar rahbarlik faoliyatining bir tomonini tashkil qiladi. Ikkinchi tomoni rahbarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishining shaxsi yuksak insoniy fazilatlar bilan bog‘liqdir. Rahbar mustaqil bo‘lishi, ijtimoiy faoliyatning qonuniy taqiqlanmagan hamma sohasi bilan shug‘ullana olishi mumkin. Shu bilan birga, u o‘zi boshqarayotgan jamoa orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi, o‘zin kamtar tutishi zarur. Rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir. Rahbarda mustaqillik bo‘lsa, unda o‘ziga ishonch ham bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida rahbardagi sub’ektiv talablar darajasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo o‘ziga-o‘zi nisbatan talabchan bo‘lishi talab etiladi. O‘z-o‘zini baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir. Har qanday rahbarda intellekt — aql-zakovatning ma’lum normasi bo‘lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o‘rtadan yuqori bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir, chunki o‘ta yuqori darajasidagi intellektga ega bo‘lgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishini, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik tusiq vazifasini o‘tash mumkin. Rahbardagi o‘rtadan yuqori intellektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi Bugungi kunda rahbarlik faoliyati uchun umuminsoniy ma’naviy fazilatlarning roli ham juda katta. Bunday fazilatlar o‘zaro ishonch, halollik, haqqoniylik, adolatlikdan iborat bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, rahbar psixologiyasini ma’naviy jihatdan shakllantirish uchun quyidagi maxus fazilatlar ham zarur: -tashabbuskorlik, doimo yangi imkoniyatlarni izlab topish; -vaqtdan, shuningdek vaziyatdan hamisha unumli foydalan olish; hayotda har doim boshqalardan bir qadam oldinda yurish; -bo‘ladigan o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish; -qat’iyatli, tirishqoq, sabr-bardoshli bo‘lish; -qiyinchilik va to‘siqlarga tayyor turish, ularni irodaviy qat’iyatlilik bilan yengish; -maqsadni aniq belgilab, unga erishishga harakat qilish; -faoliyat sohasida yetarli darajada ilmiy-amaliy axborotg ega bo‘lish; -ish yuritishda mustaqil bo‘lish; -ayrim vaqtlarda tavakkalchilikka yo‘l qo‘yish va uning natijasini tasavvur qila olish, shu tariqa yuksak samaradorlikka erishish. Rahbarlik odobi yuksak ma’naviy axloqiy me’yor, talab va tamoyillar bo‘lgan erkinlikka asoslanadi. Rahbar nafaqat o‘zi erkin bo‘lishi, balki sherigining, o‘zi ishlayotgan jamoa a’zolarining ham erkinliklarini hurmat qilishi lozim. Rahbarlik odobi ko‘pincha o‘zaro tenglik va odillikka asoslandi. Bu narsa tomonlarning o‘z faoliyatini ob’ektiv baholashga yordam beradi. Zamonaviy rahbarning o‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun quyidagilarga qat’iy rioya qilishi zarur: -Sheriklariga, hamkorlariga, jamoa a’zolariga bergan va’dasini doim o‘z vaqtida bajarishi kerak; -Mag‘rurlanib ketmaslik, jamoa o‘rtasida kamtar, o‘ziga ortiqcha baho bermasligi zarur; -Faqat o‘zining nuqtai nazarini, fikrini o‘tkazish emas, o‘zgalarning ham fikri bilan hisoblashishi zarur; -Hamkorlarning bilim va malakalarini, topqirlik qobiliyatini ham qadrlash lozim; -O‘zining ishtiroki zarur bo‘lgan masalalarnigina hal qilishda qatnashishi shart -Sheriklari va qo‘l ostidagi xodimlarni maqtash, kerak bo‘lsa rag‘batlantirish, ularning fikrini agar o‘rinli bo‘lsa ma’qullash, bu kabi tadbirlarni jamoatchilik oldida amalga oshirish kerak; -Sheriklarining takliflarini e’tibor bilan tinglashi, to‘g‘ri bo‘lsa, ish faoliyatida foydalanish, noto‘g‘ri bo‘lsa, xushmuomalalik biln ulardan voz kechishi lozim; -Har qanday sharoitda jamoa oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymasliklari zarur; Savollar Boshqaruv psixologiyasini o'rganish predmeti nimalardan iborat? Boshqaruv faoliyatining psixologik xususiyatlarini aytib bering Tashkilot faoliyatining psixologik xususiyatlarini aytib bering Rahbar va unga bo'ysunuvchilar o'rtasidagi munosabatlarning psixologik xususiyatlari qaysilardan iborat Boshqaruv psixologiyasining maqsad va vazifalari nimalardan iborat Boshqaruv faoliyatining psixologik qonuniyatlari… Menejmentning asosiy funktsiyalarining psixologik jihatlari … Boshqaruv psixologiyasidagi ilmiy yondashuvlar qaysilar? Boshqaruvda muloqat uning afzal va o‘ziga xos tomonlari … Boshqaruv faoliyatida rahbar shaxsi va lider shaxsiga oid psixologik fazilatlarni tariflab bering FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.: «O’zbekiston», 1999 2. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar – taraqqiyot omili.T. O’zbekiston. 1995. 22-23 bet. 3. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T.1988y. y. 4. Zaynuddinov Sh.N., Murakaev I.U. Menejemnt asoslari. Toshkent Moliya 2007. 5. Narzulla Boymurodov «Raxbar psixologiyasi». «Yangi asr avlodi», 2007 yil 6. Sharifxujaev M., Yo.Abdullaev. Menejment. Toshkent. O’kituvchi 2001. 7. Qosimov., Muminov N.A. Raxbarlik qobiliyati va boshqaruv malakalari. T. 2001. 8. Abduraxmonov Q.H. Personalni boshqaruv. 2004. 9. Toshniyozov M. Korxonalarda boshqaruv faoliyati asoslari. T.1995 y. 10. Karimova V. M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. T. 1998 y. 11. Umarov B.M. Muloqot va shaxslararo munosabat psixologiyasi T. 1997 y. Download 23.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling