Boshqaruv funksiyalari chiziqli chegaralanishga ega hol
uchun tutish masalalari
Muallif: Inomiddinov S
Ma‘lumot darajasi: Oliy ta‘lim
Tur: Magistrlik dissertatsiyasi
Tavsif: Differensial o’yinlar nazriyasining markazida o’yinchilarning optimal
strategiyalarini qurish va tadbiq etish muhim o’rin tutadi. Dissertatsiyada olingan
asosiy natijalar o’yinchilar boshqaruviga chiziqli chegaralanishlar qo’yilganda
shunday strategiyalarning qurilishi va tadbiq etilishidadir. Bu natijalar mohiyatiga
ko’ra boshqaruv nazariyasining asoslarini rivojlantirishga qaratilganligi bilan alohida
o’rin tutadi. Differensial o’yinlar nazaryasida boshqaruvlarga qo’yiladigan odatdagi
geometrik va integral chegaralanishlarni yanada kuchaytiruvchi yangi turdagi chiziqli
chegaralanish ko’rilgan. Quvuvchi va qochuvchining boshqaruvlariga chiziqli
chegaralanish qo’yilgan hol uchun optimal yaqinlashishning kafolatlovchi parallel
quvish strategiyalari qurilgan va ular asosida tutish masalasi yechilgan.
Quvuvchining boshqaruviga chiziqli, qochuvchining boshqaruviga esa geometrik
chegaralanish qo’yilgan holda quvish-qochish masalasi to’la hal qilingan.
Til: O‘zbek tilida (lot.)
???????? 1 / 2
Nashr etilgan yili: Ilmiy-ommabop yoshlar va bolalar uchun
UDK raqami: 2017
http://jspi.uz
???????? 2 / 2