Dastur nomi
|
Mehnat muhofazasi va havfsizlik texnikasi
|
Ajratilgan soat
|
40
|
mavzular soni
|
16
|
Dasturning maqsadi
|
Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy va tashkiliy asoslarini, xavfli va zararli omillarni sinflashni va mehnatni xavfsiz sharoitlarini tashkil qilish usullari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy va tashkillashtirish;ishlab chiqarish zararli omillardan muhofazalanish;ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish;kasb kasalliklarini kamaytirish va baxtsiz hodisalarni oldini olish;katta energiya va bosim bilan ishlovchi qurilmalarning va yuk tashish vositalarining texnik holatiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari bajarish.
|
Bilimlar
|
mehnat havfsizligi qoidalarini;
mehnat qonunchiligini;
mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini;
kasbiy faoliyatda shikastlanishga sabab bo‘ladigan holatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
elektr havfsizligi va elektr tokidan shikastlashdan himoya qilish qoidalarini;
yong‘inga qarshi himoya tizimlari;
yer osti konlari mehnat muhofazasi talablari
|
Ko‘nikmalar
|
kasbiy faoliyatda mehnat havfsizligi talablariga muvofiq ishni tashkil etish va mehnat havfsizligini ta’minlash;
texnik tizimlar va texnologik jarayonlarda sodir bo‘ladigan havflardan saqlanish
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
elektr tokidan yoki boshqa sababdan shikastlanganda birinchi yordam ko‘rsatish;
yong‘inni o‘chirish foydalaniladigan jihozlarni ishlatish
|
|