Dastur nomi
|
Turli konstruktsiya va tipdagi elektr jihozlari va mashinalari tuzilishi (texnik xixmat ko‘rsatish)
|
Ajratilgan soat
|
80
|
mavzular soni
|
10
|
Dasturning maqsadi
|
Qishloq va suv xo‘jaligi tizimi xolati va rivojlanishi elektr energetikasi va taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish va undan foydalaniladigan elektr uskunalar, ularni montaji haqida umumiy ma’lumotlar berish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Elektr energiyasini ishlab chiqish va tarqatish to‘g‘risida umumiy ma’lumotlarga;
elektr xodisalarini fizik moxiyatini taxlil etish va soxada qo‘llanilishi bo‘yicha;
elektr energetika tizimi va elektr energiyasi iste’molchilari turlarini, xususiyatlarini taxlil etish bo‘yicha;
qishloq xo‘jaligini elektrlashtirishini o‘ziga xos tomonlarini taxlil etish bo‘yicha;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish prinsiplari, avtomatika tizimi elementlari tuzilishi bo‘yicha;
qishloq xo‘jalik elektr jixozlarini elektr energiyasi iste’molchisi sifatida tahlil etish bo‘yicha;
elektr uskunalar montaji prinsiplari bo‘yicha;
|
Bilimlar
|
faning o‘rganish jarayonida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.
turli konstruksiya va tipdagi elektr jihozlari va mashinalariga xizmat ko‘rsatish qoidalarini;
turli konstruksiya va tipdagi elektr jihozlari va mashinalariga xizmat ko‘rsatish ishlarini ketma–ketligini;
elektr o‘lchov asboblarining ishlash tamoyillarini;
elektr kattaliklarning o‘lchov birlikliklari;
elektr kattaliklarni o‘lchash usullari;
texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va elektr xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma;
mustahkamlagichlarga texnik xizmat ko‘rsatish
|
Ko‘nikmalar
|
turli konstruksiya va tipdagi elektr jihozlari va mashinalariga xizmat ko‘rsatishni;
turli konstruksiya va tipdagi elektr jihozlari va mashinalariga xizmat ko‘rsatish ishlarini ketma –ket bajarishni;
elektr o‘lchov asboblarini ishlatishni;
elektr kattaliklarning o‘lchov birlikliklaridan foydalanishni;
elektr kattaliklarni o‘lchash usullarida ishlashi;
mustahkamlagichlarga texnik xizmat ko‘rsatishni;
texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va elektr xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomaga amal qilishi
|
|