Boshqaruv haqidagi fanning rivojlanishi va taraqqiy etishi Reja
Download 27.83 Kb.
|
Boshqaruv haqidagi fanning rivojlanishi va taraqqiy etishi Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
Boshqaruv haqidagi fanning rivojlanishi va taraqqiy etishi Reja Boshqaruv haqidagi fanning rivojlanishi va taraqqiy etishi Reja: Ta’lim sifatini boshqarish davlat tizimi. Ta’limni standartlashtirish-yuqori ta’lim sifatini ta’minlash kafolati va sharti. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini boshqarishning me’yoriy asosi. Tayanch tushunchalar: Davlat, ta’lim, standart, kafolat, strategiya, DTS, ta’limni rejalashtirish, loyixalash, yangi usul. Boshqaruvning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalari. Ta’lim sifatini boshqarishga ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish xorijda XX asrning 20-yillarida, mamlakatimizda esa 50-yillarida boshlangan edi. Bizda bu ish uzoq vaqt mobaynida jahonda amalga oshirilayotgan ishlardan ajralgan holda olib borildi. Agar chet elda ta’lim sifatini boshqarish samaradorligini oshirish usullarini izlash ishlari avval boshdanoq ijtimoiy bosh¬qaruvning umumiy nazariyasi yutuqlari asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, mamlakatimizda asosan pedagogika nazariyasi qoidalariga tayangan edi. Ammo 80-yillarning o‘rtalaridan boshlab bu uzilish jadallik bilan bartaraf etila boshladi. Aytish mumkinki, boshqaruv fani boshqaruv vazifalarini hal etish jarayonlarini o‘rganishi hamda qanday sharoitlarda boshqarishda ushbu vazifalar hal etilishi, ularni hal etish natijasi qanday bo‘lishi lozimligi, u yoki bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi bilimlarni olishi darkor. Ushbu savollarga tayyor javob yo‘q, uni topish uchun boshqaruv o‘zi nima ekanligi haqida ayrim boshlan¬Qich tasavvurga ega bo‘lish lozim. Umumboshqaruv G‘oyalari evolyusiyasini ko‘rib chiqar ekanmiz, ko‘pincha turli boshlanQich tasavvurlarda boshqaruv nima ekanligi, uning vazifalari nimalardan iboratligi va bu vazifalarni qay yo‘sinda hal etishi lozimligi to‘g‘risidagi turli yondashuvlarga asoslanganligi ko‘zga tashlanadi. Tadqiqotlarning turli predmetlari shu tariqa ajralib chiqqan. Masalan, klassik nazariya boshqaruv jarayonini boshqaruv funksiyalarining muayyan majmuini amalga oshirish sifatida ifodalagan. Ushbu funksiyalarning amalga oshirilish sifati, eng avvalo, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tavsifi bilan bog‘angan. Shu bois, asosiy vazifa qanday tashkiliy tuzilmada boshqaruv funksiyalari samaraliroq bajarilishini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Ya’ni, o‘rganishning asosiy predmeti tashkiliy struktura tavsiflari bilan boshqaruv funksiyalarini amaliyotga tatbiq etish natijalari o‘rtasidagi aloqadan iborat bo‘lgan. «Insoniy munosabatlar» nazariyasi norasmiy tuzilmani, ya’ni birgalikdagi faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni asosiy maqsad qilib olgan va maqbul norasmiy tuzilmani yaratish uchun nima qilish lozimligini aniqlashga intilgan. Shunday qilib, ushbu yondashuv doirasida boshqaruv vazifalari birmuncha anglab yetildi. Tashkilotlar, xodimlar, jarayonlarni va h. k. boshqarishning o‘rganilishi ham turli umumboshqaruv yondashuvlari G‘oyalari asosida olib borilishi mumkin. Shu boisdan, tadqiqotlar predmeti ham turlicha bo‘ladi. Zero boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi, eng avvalo, uning predmetiga bo‘lgan qarashlarning o‘zgarishidir. Garchi turli yondashuvlarda tadqiqotlar predmetini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lsa-da, ularning barchasi, biron-bir tarzda, boshqaruvni tashkil etishdagi alohida funksiya sifatida tushunishdan kelib chiqadi. Bu funksiyani amalga oshirish bilan uning hayot faoliyati aniq maqsadga qaratilganligi va uyushganligi ta’minlanadi hamda boshqaruv tizimi tarkibiy qismlarining tuzilishi va o‘ziga xosligi, tashkilot faoliyatining ichki hamda tashqi shart-sharoiti va uning natijalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Umume’tirof etilgan boshqaruv tushunchasi bo‘lmagani kabi ta’lim tashkilotlari va ta’lim sifatini boshqarishning ham umumqabul qilingan tushunchasi yo‘q. Ilmiy bilim rivojlanib borgani sari bu tushuncha doimiy ravishda boyib boradi. Boshqaruv boshqariladigan ob’ektdagi jarayonlarning aniq maqsadga qaratilganligini va uyushganligini ta’minlashi lozim. Bosh¬qaruv o‘zining bu vazifasini bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaning qiyofasini (maqsadlar va ularga erishish rejalarini) shakllantirish; ijrochilar o‘rtasida vazifalar va vakolatlarni taqsimlash (rasmiy tuzilmani yaratish va saqlab turish); ijrochilarning samarali mehnatdan manfaatdorligini ta’minlovchi sharoit yaratish (raqbatlantirish); jamoada umumiy qadriyatlar va qulay munosabatlarni shakl¬lantirish (norasmiy tuzilma yaratish va saqlab turish); ishning borishini nazorat qilish kabi va boshqa maxsus boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali amalga oshiradi. Shundan kelib chiqqan holda ta’lim mazmuni, ta’lim tashkilotlari tartibini va ta’lim sifatini boshqarishni alohida faoliyat sifatida belgilash mumkin. Bunda uning sub’ekti boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali o‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning birgalikdagi faoliyatining uyushqoqligini hamda ta’lim maqsadlari va rivojlanish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilganligini ta’minlaydi. Fan boshqaruv tizimi qanday vazifalarni, qay yo‘sinda hal etishi kerak, turli ichki va tashqi sharoitlarda boshqaruv samaradorligi ta’minlanishi uchun u qanday tuzilgan bo‘lishi lozim, degan savollarga javob berishi zarur. Shu boisdan boshqaruv tizimi xususiyatlari, boshqaruv jarayoni tavsiflari hamda turli tashqi va ichki sharoitlarda faoliyat yuritish va rivojlanish natijalari o‘rtasidagi qonuniy aloqalar alohida ilmiy fan bo‘lgan boshqaruvning umumiy vazifasi hisoblanadi. Boshqaruv vazifasini shu yo‘sinda tushunish uni boshqaruvga eskicha yondashish nuqtai nazaridan uni tad¬qiq qilish mumkin emasligidan dalolat beradi. Ta’limni boshqarish fani qanday xususiy predmetlarni o‘rganadi? Bunda, shubhasiz, o‘quv-ta’lim jarayoni boshqaruvning markaziy ob’ekti hisoblanadi. Boshqaruv fani u qay yo‘sinda amalga oshirilishi kerakligi va vazifalari nimalardan iborat ekanligini o‘rganmaydi — bu pedagogikaning vazifasidir. Ammo hozirning o‘zidayoq ta’lim vazifalarini turlicha tushunish, turli pedagogik texnologiyalar mavjud. Umumiy boshqaruv nazariyasiga muvofiq, turli texnologiyalar turlicha tashkil etishni, rejalashtirish, nazorat qilishning xilma-xil usullarini talab etadi va h. k. O‘quv-ta’lim jarayoni texnologiyasi xususiyatlariga bog‘liq ravishda boshqaruv qanday amalga oshirilishi lozim, degan masala esa boshqaruv faniga taalluqlidir. Ammo o‘qitish va ta’lim natijalari nafaqat pedagogik texnologiyaga, balki pedagoglarning malakasiga, ularning eng yaxshi natijalarga erishishdan manfaatdorligiga, jamoadagi munosabatlarga bog‘liq dir. Kadrlarni qanday tanlash kerak, ularni qay yo‘sinda baholash, unumli ishlashga qanday undash kerak, jamoada qulay psixologik muhitni qanday shakllantirish lozim kabi savollar ham boshqaruv tadqiqotchilari oldida turgan muhim savollar sirasiga kiradi. Ta’lim muassasasi qanchalik yaxshi ishlamasin, u o‘zgarmasligi mumkin emas. Ta’lim muassasasida, o‘quv-ta’lim jarayoni bilan bir qatorda, uning rivojlanish jarayoni eng muhim boshqaruv ob’ekti hisoblanadi. Yangiliklarni o‘zlashtirish ham rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va undashni taqozo etadi. Boshqaruv fani innovatsion jarayonlar qanday sharoitda samarali bo‘lishini va bu sharoit qanday vujudga keltirilishini tadqiq qilishi kerak. Ta’lim muassasasi, har qanday tashkilot singari ajralgan holda emas, balki muayyan ijtimoiy muhitda faoliyat ko‘rsatadi. Shu boisdan boshqaruv natijalari u qanday sharoitlarda amalga oshirilishiga qay darajada bog‘liq ligini o‘rganishi lozim. Yuqorida qayd qilingan xususiy tadqiqot predmetlari, shubhasiz, ularning xilma-xilligini qamrab ololmaydi. Ta’lim muassasasining ijtimoiy institut sifatida rivojlanishiga ko‘ra boshqa¬ruvning yangi vazifalari vujudga kelib, tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari dolzarb bo‘lib boradi. Ta’lim sifatini boshqarishga metodik-amaliy yondashuvlar va uning shart-sharoitlarini ishlab chiqish hamda joriy qilishdan oldin boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalari va tushunchalarini aniqlash hamda belgilash (materialning bir qismi I bobda ko‘rib chiqilgan), menejmentning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va vazifalarini aniqlash zarur. Boshqaruvda «boshqaruv ob’ekti va sub’ekti», «ular o‘rtasidagi bevosita va teskari aloqalar», «boshqaruv tizimi», «atrof-muhit» kabi kategoriyalar va tushunchalardan foydalaniladi. Ta’lim tashkilotlari darajasida menejmentning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqishda ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va faoliyat yuritishining umumiy vazifalarini hisobga olish zarur. Boshqaruv ob’ekti — bu boshqariladigan ob’ekt, ya’ni, tarmoq, muassasa, tashkilot va hokazo. Boshqaruv ob’ekti sifatida faoliyat sohasi bo‘lmish ta’lim, shuningdek, turli xildagi ta’lim tashkilotlari ko‘rib chiqilishi mumkin. Menejmentda boshqaruv ob’ekti sifatida, odatda, faoliyati muvofiqlashtiriladigan va muayyan maqsadlarga erishishga yo‘naltiriladigan bir guruh odamlar tushuniladi. Boshqaruv sub’ekti — bu boshqaradigan sub’ekt, ya’ni, tarmoq, muassasa va tashkilotni boshqarish apparati. Ta’limdagi menejment¬ga nisbatan olganda, boshqaruv sub’ekti boshqaruvning turli darajalarida konkret vazifalarni bajaruvchi muayyan bo‘Qinlari majmuidan iborat. Bunda har bir yuqori bo‘Qin quyi bo‘Qinga nisbatan bosh¬qaruv sub’ekti sifatida yuzaga chiqadi. Boshqaruv sub’ekti va ob’ekti bevosita va qayta aloqalar tizimi bilan birgalikda boshqaruv tizimini tashkil qiladi. Boshqaruv tizimida boshqaruv ob’ekti ko‘pincha boshqariladigan kichik tizim, sub’ekti esa boshqaruvchi kichik tizim deb nomlanadi. Boshqaruv tizimiga bir qator umumiy shart-sharoit xosdir. Eng avvalo, boshqariladigan kichik tizim boshqaruvchi kichik tizim ostida o‘z parametrlarini (yoki xossalarini) o‘zgartirishga qodir bo‘ladi. Bunda samarali boshqarish uchun boshqaruv ob’ekti faoliyatining eng muhim parametrlarini to‘liq aks ettiradigan mezonlar va ko‘rsatkichlar zarur bo‘ladi. Masalan, ta’lim tashkilotlari uchun: xodimlar soni, o‘quvchilar, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi, ularning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, ana shu xususiyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va boshqalar shunday ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Boshqaruv tizimi ob’ektga belgilangan maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun boshqaruvchi kichik tizim tegishli ta’sirdan keyin boshqaruv ob’ekti holatini aniq tasavvur etishi kerak. Maqsadga aniq yo‘nalganlikni amalga oshirish uchun ta’sir ko‘rsatishdan oldin va keyin ob’ektning holati haqida boshqaruv sub’ektiga axborot kelib tushishi kerak, ya’ni boshqaruv tizimida bevosita va qayta aloqalar aniq tashkil etilgan bo‘lishi lozim. Va nihoyat, boshqaruvning har qanday tizimi muayyan moddiy, mehnat va boshqa resurslarga ega bo‘lishi zarur. Barcha boshqaruv kategoriyalari bir-biri bilan jips bog‘angan va bir-birini taqozo etadi. Rivojlangan mamlakatlarda oliy ta’limning maqsadi barcha darajadagi malakali xodimlarni tayyorlash orkali raqobatbardosh maxsulot tayyorlash va xizmatlar ko‘rsatishni yulga kuyishdir. Raqobatbardoshli mutaxassislarsiz raqobatga chidamli iqtisodni bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekistonda bu muammoni yechishning asosi kadrlar tayyorlashning modelidir. U o‘zining quyidagi asosiy qismlariga ega: Shaxs - kadrlar tayyorlashning asosiy sub’ekti va ob’ekti, xizmatlarining iste’molchisi va ishlab chikaruvchisiz. Davlat va jamiit - kadrlar tayyorlash va talab qilishning kafolati. (Nazorat qiladi, tartibga soladi, muvofiqlashtiradi). O‘zluksiz ta’lim - malakali va raqobatbardoshli kadrlar tayyorlashning asosi. (Barcha ta’lim turlari, DTS, struktkra va faoliyat muxitini o‘z ichiga oladi), Fan - yuqori malakali mutaxassislarni ishlab chikaruvchi va iste’molchisi, pedagogik va informatsion texnologiyalarini yaratuvchisi. Ishlab chikarish - asosiy buyurtmachi, extiyojni aniqlovchi. (Tayyorgarli darajasiga va sifatiga talab kuyuvchi, kadrlar tayyorlash sistemasini moddiy-texnika ta’minoti va moliyalashtirishning a’zosi). Uzluksiz ta’lim rivojining asosiy prinsiplari: Birlamchiligi. Rivojining birlamchiligi, ustunligi. Ta’limni demokratlashtirish. OTM ning mustakilligini kengaytirish. Insonparvarligi. Inson qobiliyatini kengaytirish, ta’limga bo‘lgan extiejni kondirish, shaxs, jamiyat va muxitniumumiylashishi. Ma’naviylashuvi. Estetik boy dunyoqarash, yuqori ma’naviyat, madaniyat va ijodiy tafakkurni shallantirish. Milliylik. Ta’lim milliylik yo‘nalishi. Milliy an’analar va odatlar, tarix, madaniyatimiz bilan bu katorda boshka xalqlar tarixiga va madaniyatiga xurmat. Ta’lim vata’limning bog‘liqligi. Talantli yoshlarni aniqlash. Bilim olishga, o‘sishga sharoit yaratish. Uzluksiz ta’lim muhim elementi DTS (davlat ta’lim standarti). U ko‘p ulchovchi konstruksiya bulib, mutaxassis va yo‘nalishning umumiy tavsiflarini aks ettiradi, tayyorgarlik darajasiga talabalarni aniqlaydi, ta’lim dasturini mazmunini belgilaydi, uni amalga oshirishni, xodimlar tayyorlash sifatini nazorat qiladi, talablarni shakllantiradi. DTS yaratishning asosiy prinsiplari: 1. Insonparvarlik va ma’naviyatlilik. 2. Asosiylik (fundamentallik). 3. Umumta’lim va kasb-malaka ta’limi. 4. O‘zluksiz va an’anaviylik. 5. Oldinda bo‘lish. 6. O‘zgarmaslik (mobilnost). Dasturning o‘zgarmasligi. 7. Talabalarning akademik mobilligi. 8. O‘z-o‘zini tayyorlash (samoobrazovanie). 9. Ta’limni kengaytirish imkoniyatlarini mavjudligi. 10. Ko‘p darajali sifat nazorati. Nazorat 3 bosqichda amalga oshiriladi: 1 daraja. Test markazi (O‘z.R.V.M.) tomonidan: a) OTM attestatsiyasi, xodimlar va rahbarlarning, ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiya qilish. Akkreditatsiya qilish (mutaxassislar va yo‘nalishlar buyicha); b) kadrlar tayerlash sifatini, o‘quv-ta’lim jarayonini ekspert baholash. II daraja. Vazirlik tomonidan: a) DTS da ko‘zda to‘tilgan tayyorgarlik darajasini va maxmunini ta’minlash; b) kadrlar tayyorlashsifatini. III daraja. OTM tomonndan. ) talabalar bilimini reyting-nazorat qilish; b) davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan nazorat (bitiruv ishi mutaxassisni). Davlat kadrlar tayyorlash mazmuni va darajasiga talablarni shakllantiradi. Ta’lim-malaka dasturida (bakalavriat) quyidagi komponentlar mavjud. 1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki. Miliy mustakillik ideologiyasi, demokratiya, ilmiy dunykarash, yuqori ma’naviyat va madaniyat, demokratik, xukukiy va iqtisodiy fikrlashni shakllantiradi. 2. Matsmatnk va tabiiy fanlar bloki. Matematik bilimlar va modellashtirish, informaiion texnologiyalar to‘g‘risidagi tushunmani shakllantiradi;. tabiiy fanlar fundamental birligi to‘g‘risida tushunchani, zamonaviy tabiatshunoslik konsepsiyasi, tabiatshunoslikdagi yangiliklar va kelajakdagi o‘zgarishlar, tabiatdan ratsional foydalanish va inson faoliyati to‘g‘risida tushunchani shaklantirish. 3. Umumkasbiy fanlar bloki. umumkasb buyicha chukur bilimlarni shakllantirish; ta’lim yo‘nalishi buyicha maxsus fanlarni urganish uchun asos yaratadi; kasb faoliyati bilimi va qobiliyatini yuzaga keltiradi. Maxsus fanlar bloki. ta’lim yo‘nalishi buyicha bilim va malakani shakllantiradi; aniq mutaxassislik buyicha keyingi ta’limni tanlovini aniqlaydi; fan-texnika yutuklari, ta’lim yo‘nalishining rivoji, kelajagi va muammolari to‘g‘risida tushuncha beradi. Sifat to‘satdan paydo bo‘lib qolmaydi. Uni rejalashtirish lozim. Sifat muassasa strategiyasida eng muhim ko‘rsatkich bo‘lishi va unga strategik rejalashtirish jarayoniga muvofiq muntazam erishilishi darkor. Strategik rejalashtirish — ta’lim sifatini boshqarish tizimidagi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Ta’lim sifatini rejalashtirish ta’lim muassasasi faoliyatining uzoq muddatli yo‘nalishini ishlab chiqish bilan chambarchas bog‘liq. Qudratli strategik nuqtai nazar — har qanday muassasa muvaffaqiyatining eng asosiy omillaridan biridir. Ta’limdagi strategik rejalashtirish jarayoni fanda, ishlab chiqarishda va umuman jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni ko‘zgudagidek aks ettiradi. Unda asosiy vazifalar va maqsadlarni aniqlash, kuchli va zaif tomonlarni, imkoniyatlarni va tahdid soluvchi xavf-xatarlarni tahlil qilish uchun foydalaniladigan omillar ta’lim sohasiga ham joriy qilinadi. Strategik rejalashtirish uzoq muddatli ustuvor jihatlarni shakllantirishga imkon beradi va oqilona o‘zgarishlarga ko‘maklashadi. Muassasa strategiyaga ega bo‘lmay turib, yangi imkoniyatlardan juda yaxshi foydalanish uchun maqbul vaziyatda ekanligiga ishonch hosil qila olmaydi. Strategik rejalashtirishning yetakchi maqsadlari ta’lim muassasasini rivojlantirishning muayyan vaqt oralig‘iga mo‘ljallangan umumiy dasturini ishlab chiqish bilangina emas, balki ushbu ta’lim muassasasi ko‘rsatadigan ta’lim xizmatlarining eng muhim yo‘nalishlarini, shuningdek, bu yo‘nalishlarning iste’molchilar ehtiyojlariga nechoQli mosligini tushunib olish va ularni qayta ko‘rib chiqish bilan ham belgilanadi. Strategik rejalashtirishda odatda, muhim muammolarning ma’lum bir majmuini ishlab chiqishga alohida ahamiyat beriladi. Ularning ro‘yxati quyidagicha bo‘lishi mumkin: Garchand nazariyadan amaliyot sari ishlash oqilona yo‘l bo‘lsa-da, strategik rejalashtirishga kirishayotib rioya qilish lozim bo‘lgan xatti-harakatlar majburiy izchilligi mavjud emas. Biroq kelajakni rejalashtirishda tizimli yondashish nihoyatda muhim. Strategiya iste’molchilarning turli guruhlari ehtiyojlariga tayanishi lozim. Shundan kelib chiqqan holda bosh maqsadni belgilab beradigan hamda umuman nuqtai nazarni kengaytiradigan siyosat va rejani tuzish zarur. Strategik rejalashtirishda harakatlarning muayyan izchilligi bo‘lishi mumkin. Ta’lim muassasasining bosh maqsadi uning yo‘nalishini, boshqalardan farqini belgilab beradi. Bosh maqsadning ushbu ta’lim muassasasining barcha imkoniyatlaridan maksimal ravishda foydalanishga imkon beradigan zarur harakatlarga o‘tishini ta’minlash juda muhim. Ular o‘z sohasining peshqadamlaridan bo‘lishni maqsad qilib qo‘yganliklarini, odatda, istar-istamas oshkora e’lon qiladilar. Ular, bu holda, mag‘lubiyatga uchrash ehtimolidan cho‘chiydilar. Siz asosiy maqsadni aniqlar ekansiz, uzoq muddatga mo‘ljallangan, aniq ifodalangan sifat strategiyasiga tayansangiz, bu hol, albatta, aks etishi lozim. TM bosh vazifalarining asosiy qoidalarini belgilashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur: yodda oson saqlanishi; oson ommalashishi; tashkilotning nima bilan shug‘ullanishi aniq belgilanishi sifatni oshirishga qo‘shilgan hissa darajasi; tashkilotning uzoq muddatli maqsadlari to‘g‘risida nizom bo‘lishi; iste’molchiga yo‘naltirilgan bo‘lishi; moslashuvchan bo‘lishi shart. Ta’lim muassasasi qadriyatlarni o‘zi aniqlab olishi zarur, ammo ular quyida tavsiya qilinadiganlardan aksariyatini o‘z ichiga olishi mumkin: ta’lim oluvchilar (o‘quvchi, talaba)ni birinchi o‘ringa qo‘yamiz; kasbiy halollikni yuqori darajada tutgan holda ishlaymiz; yagona jamoa bo‘lib ishlaymiz; doimiy yaxshilanishga (taraqqiyotga) intilamiz; barchaga teng imkoniyatlar yaratish ustida ishlaymiz; ta’lim xizmatlarining eng yuqori sifatini ta’minlaymiz. Nuqtai nazar, vazifa va qadriyatlar aniqlangach, ularni erishish mumkin bo‘lgan maqsadlar bilan bog‘lash kerak. Ular o‘lchanadigan bo‘lishi juda muhim, ya’ni ularning yutuqlari natijasini muntazam ravishda baholab turish mumkin bo‘lishi lozim. Shunday qilib, maqsadlar haqiqiy va erisha oladigan bo‘lishi kerak. Ehtimol tutilgan ijobiy va salbiy omillarni, istiqbol yo‘nalishlari va omadsizliklarni tahlil qilish strategik rejalashtirishning zaruriy bosqichi hisoblanadi. U ta’lim muassasasining imkoniyatlarini aniqlashning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda ikkita tarkibiy qismni, ya’ni, ob’ekti ta’lim muassasasining o‘z faoliyati bo‘lgan ichki tahlilni va uning faoliyatidagi tashqi vaziyatlar tahlilini ajratib ko‘rsatish mumkin. Kuchli va zaif tomonlarning nisbatini, mohiyatan, ta’lim muassasasi samaradorligining ichki auditi deyish mumkin. Imkoniyatlar va ehtimol tutiladigan xavf-xatarlar jihati esa TM ish olib boradigan sharoitdagi tashqi vaziyatlarga tegishlidir. Bu tahlilning maqsadi — afzallikni kuchaytirib, nuqsonlarni mumkin qadar kamaytirish, xavf-xatarni susaytirib, yangi imkoniyatlarni yaratishdan iborat. Agar tahlilni ham iste’molchilarning talablariga, ham TMning talab bozorida raqobatlashish imkoniyatlariga qaratsak, tahlilning samaradorligini oshirish mumkin bo‘ladi. Bular uzoq muddatli korporativ strategiyani yaratishda ikki asosiy soha hisoblanadi. TM strategiyasi TMning raqobatbardoshliligini oshirib, iste’molchilarni o‘ziga jalb etishini maksimal darajada kuchaytiradigan tarzda ishlab chiqilishi lozim. Agar bu missiya va qadriyatlarni o‘rganish bilan qo‘shilsa, u holda ushbu muassasaning raqobatchilaridan farqini belgilab olish mumkin bo‘ladi. Muassasaning farqli xususiyati belgilab olingach, uning uchun sifat tavsifnomasini aniqlash ancha oson bo‘ladi. Ehtimol tutilgan ijobiy va salbiy omillarni, istiqbol yo‘nalishlari va muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilish natijalari quyidagicha ko‘rsatilishi mumkin: Ijobiy omillar: o‘quvchilarning ko‘p miqdorda qabul qilinishi; ijodiy boshqaruv ishi; imtihonlarning ijobiy natijalari; kuchli musiqa va san’at kafedralari; ota-onalarning kuchli ko‘magi; hokimiyat organlarining qo‘llab-quvvatlashi. Salbiy omillar: eski, xarob bino; xodimlarning yoshi (o‘rta va katta yoshdagilarning ko‘pligi); byudjetning ozligi; uskuna va jihozlar kamligi. Istiqbollari: yaxshi yerda joylashgan, o‘zi kabi yuqori obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan qo‘shni TM bilan qo‘shilish; predmet bo‘yicha olimpiadalarda va sportda obro‘-e’tibor qozonish; qo‘shilish va yangi muassasa hosil bo‘lishi natijasida umumiy yuksalish; taklif qilinadigan ta’lim xizmatlari sonini ko‘paytirish uchun xodimlarning kasbiy saviyasini oshirish imkoniyati; birlashgan muassasa qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishi mumkin. Muvaffaqiyatsizliklar: o‘z qiyofasini, ustunliklarini va obro‘-e’tiborini yo‘qotish xavfi; vaqtidan ilgari nafaqaga chiqib ketishi mumkin bo‘lgan tajribali o‘qituvchilarni yo‘qotish xavfi; boshqa TMning muhiti ustun bo‘lib qolishi; ba’zi bir hokimiyat vakillarining qo‘llab-quvvatlashlaridan mahrum bo‘lish ehtimoli. Muvaffaqiyatning tanqidiy omillari (MTO) — bu, agar ta’lim muassasasi iste’molchilar talablarini qondirishga va bosh vazifani hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, u erishishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlardir. Ular strategiyaning navbatdagi bosqichi bo‘lib, TMning asosiy tavsifi yo‘nalishini belgilab beradi. Ular faoliyat ko‘rsatkichlari (FK) bilan, juda bo‘lmasa ham, o‘xshash. Farqi shundaki, FK, odatda, MTOdan kelib chiqadi va TMning asosiy vazifasiga yoki iste’molchilar talabiga doim ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli bo‘lavermaydi. http://fayllar.org Download 27.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling