CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google scholar
ISSN:2181-2454
www.carjis.org
VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021
93
Tashkent,Uzbekistan
Telegram:@Carjis_Admin
BOSHQARUV HISOBI TIZIMIDA KORXONA FAOLIYATINI
BYUDJETLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH TAMOYILLARI
Dilnoza Abdusalomova
Toshkent Davlat transport universiteti talabasi
Ilmiy rahbar:
Ismoil Ubaydullayevich Raximberdiyev
Toshkent Davlat transport universiteti dotsenti
+998 90 186 44 83
e-mail:
ismoil0153@gmail.com
ANNOTATSIYA
Maqolada O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritadigan korxonalar
faoliyatini byudjetlashtirishni takomillashtirish yangi usul va tamoyillari ko’rib
chiqilgan.
Kalit so’zlar: korxona, menejment, iqtisodiy o’sish, takomillashtirish,iqtisodiy
barqarorlik.
PRINCIPLES OF IMPROVING THE BUDGETARY OF ENTERPRISE
ACTIVITIES IN THE MANAGEMENT ACCOUNTING SYSTEM
ABSTRACT
The article discusses new methods and principles for improving the budgeting
of enterprises operating in the Republic of Uzbekistan.
Keywords: enterprise,
management, economic growth,
improvement,
economic stability.
KIRISH
Ma'lumki, hisobot, korxona, birlashma, uyushma, konsern,
korporatsiya,
aksiyodorlik jamiyati va shu kabilaming o'tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va
sharoitlari to'g'risidagi ma'lumotlar majmui bo'lib, u xo'jalik faoliyatini tahlil, nazorat
qilish va boshqarish maqsadida tegishli subyektlarga topshiriladi. Hisobot axborotlari
sotilgan
mahsulot, ish va xizmatlar, ulaming
ishlab chiqarish xarajatlari, xo'jalik
mablag'lari va ulaming tashkil bo'lish manbalari,
ishlaming moliyaviy natijalari,
soliqqa tortish va dividendlar to'g'risidagi ma'lumotlami o'z ichiga oladi. Buxgalteriya
hisobi yordamida xo’jalikda mavjud bo’lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va
pul mablag’larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning
holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi;
tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan
mahsulot hajmi va tannarxi