Boshqaruv hisobi


Download 0.98 Mb.
Sana29.04.2020
Hajmi0.98 Mb.
#102062
Bog'liq
Boshqaruv hisobini tashkil etish

Boshqaruv hisobi


Boshqaruv hisobi

bu bozor munosabatlari zaruriyati bilan paydo bo‘lgan, korxona va uning turli bo‘g‘inlaridagi tarkibiy tuzilmalarining faoliyati yuzasidan taktik va stratcgik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar to‘g‘risidagi axborotni taqdirn etuvchi.



Boshqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulatsiya, schetlar va ikkiyoqlama yozuv, balans va hisobot kabi moliyaviy hisob usullarining barcha elementlaridau foydalaniladi. Bundan tashqari, unda iqtisodiy tahlil, iqtisodiy-matematik va statistik usullar ham keng qo'llaniladi.

Korxonalarda boshqaruv hisobi quyidagi faoliyat turlaii bo‘yicha

yuritiladi:

— ta’minot-tayyorlov faoliyati;

— ishlab chiqarish faoliyati;

— moliya-tijorat faoliyati;

— tashkiliy faoliyat.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobining muhim

vazifalari quyidagilardan iborat:

— korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish borasida

istiqbolli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur axborotlar

manbasini shakllantirish va rahbarlarni ular bilan ta’minlash;

— korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tezkor boshqarishda

menejerlarga ishonchli, yuqori samarador axborotlarni o‘z vaqtida

yetkazib berish;

— mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini

to ‘g‘ri aniqlash, belgilangan me’yorlardan chetlanishlar va ularning

yuzaga kelish sabablarini ko‘rsatib berish.

Tezkor vazifalarga quyidagilar kiradi:

— ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab

chiqarish tuzilmasini aniqlash;

— ishlab chiqarish zararsizlik nuqtasini topish;

— mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar turlari, ularni sotishning

muvofiq hajmini rejalashtirish;

— qo‘shimcha buyurtmalarni qabul qilish yoki rad etish;

— baholarni shakllantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.

Strategik vazifalar uzoq muddatga modjallangan bo‘lib, quyidagilardan iborat:

— uzoq muddatli kapital qo'yilmalarni jalb qilish;

— biznes tarkibini o‘zgartirish;



— mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish.

Zamonaviy ishlab chiqarish hisobi esa yuqoridagilardan tashqari

quyidagi ko'rsatkichlarni ham o‘zida aks ettiradi:

— xarajatlar va daromadlaming turlari;

— javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar va daromadlar

hisobi;

— xarajatlar va daromadlami hisobdan chiqarish hisobi.

Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasidagi mavjud tafovutlarni quyidagicha ifodalash mumkin:

1. Hisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash, aktivlar va passivlarning holati to'g‘risidagi axborotlami umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan iborat.

2. Hisob siyosatini ishlab chiqish. Moliyaviy hisobda hisob

siyosati uni yuritish qoidalari, moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish tartibini ifodalaydi.

3. Axborotlarni buxgalteriya hisobi schotlari tizimida aks ettirish.

Moliyaviy hisob schotlari tizimi korxona moddiy, m ehnat va

moliyaviy resurslari holati hamda harakati to ‘g‘risidagi barcha

ma’lumotlarni umumlashtiradi.

4. Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisob tashqi hisob deb ham ataladi. Uning natijalari chop etib boriladi, biroq, mohyaviy hisobotlar nafaqat moliyaviy axborotlarni, shuningdek, korxonalar faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni, ularning yangi mahsulotlarini namoyish etuvchi reklama tusjdagi axborotlarni ham o'z ichiga oladi.

5. Axborotni taqdim etish shakllari. 0 ‘zbekiston Respublikasi

«Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risida»gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobot buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to ‘g‘risidagi, asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi, pul oqimlari 14 to'g‘risidagi, xususiy kapital to£g‘risidagi hisobot shakllari, shuningdek, izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlardan iborat.

6. Hisobni yuritish majburiyati. Moliyaviy hisob rasmiy hisob bo‘lib, barcha korxonalar uchun uni yuritish majburiydir. Moliyaviy hisobot hujjatlari soliq idoralari va boshqa tegishli joylarga taqdim etiladi, ular auditorlarning tekshiruv obyekti hisoblanib, chop etilishi shartdir

7. Hisobni tashkil etish qoidalari. Moliyaviy hisobda moliyaviy hisobot axborotlari aniq tamoyil va qoidalarga muvofiq shakllanishi hamda aks ettirilishi shart, ular asosida ma’lumotlar qayd qilinadi, baholanadi va tegishli schotlarda rasmiylashtiriladi.

8. Hisobning asosiy tuziimasi. Moliyaviy hisob quyidagi asosiy

tenglikka muvofiq shakllanadi:

Aktivlar = Xususiy kapital + Majburiyatlar.

9. Axborotlarni o‘lchash. Xo‘jalik jarayonlarini umumlashtirish uchun moliyaviy hisobda faqat qiymat o‘lchovi qo‘llaniladi va so'mlarda ifoda etiladi.

Boshqaruv hisobida esa hisob o'lchovlarining moddiy, mehnat va qiymat kabi barcha turlaridan foydalaniladi.

10. Hisobot tuzishning davriyligi. Moliyaviy hisobot qat’iy

beigilangan muddatlarda tuziladi hamda taqdim etiladi.

Boshqaruv hisobida hisobot har kuni, har hafta

11.Xarajatlar va daromadlarni guruhlash yo‘lIari. Moliyaviy



hisobda xarajatlar kalkulatsiya moddalari bo’yicha, daromadlar esa korxona va uning faoliyat turlari (segmentlari) bo'yicha guruhlanadi va aks ettiriladi.
Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling