Boshqaruv hisobi
Hisobni tashkil etish qoidalari
Download 169.91 Kb.
|
boshqaruv hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobni tashkil etish qoidalari
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Hisobni tashkil etish qoidalari. Moliyaviy hisobda moliyaviy hisobot axborotlari aniq tamoyil va qoidalarga muvofiq shakllanishi hamda aks ettirilishi shart, ular asosida ma’lumotlar qayd qilinadi, baholanadi va tegishli schotlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu tamoyil va qoidalar «Buxgalteriya hisobi to‘g£risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilab qo‘yiladi. Boshqaruv hisobini yuritish tartib-qoidalari korxonaning strategik va taktik maqsadlaridan, xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Bu hisob turida ma’lumotlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ahamiyatlilik darajasiga e’tibor beriladi.
Moliyaviy hisob umumiy tamoyillarga tayanadi, bular buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usulida t yuritish, aniqlik, mazmunning shakldan ustunligi, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi, moliyaviy hisobotning betarafligi va h.k. Bu tamoyillarga korxona xodimlari bilan bir qatorda davlat idoralari vakillari ham amal qiladilar. Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari esa hisobni ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, ehtiyotkorlik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi va h.k. hisoblanadi.
Moliyaviy hisob axborotlari uning foydalanuvchilari uchun ochiq hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g‘nsida»gi Qonunining 19-moddasiga ko'ra, mazkur axborotlar soliq organlariga, ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, davlat statistika organlariga, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga taqdim qilinadi. Boshqaruv hisobi axborotlari ko‘proq maxfiylik xususiyatiga ega bo‘lib, ulardan korxona menejerlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalanadilar. Ushbu axborotlar korxonaning tijorat siri hisoblanadi. Ular hisobotdan tashqi foydalanuvchilarga berilmaydi. E’tiboringiz uchun rahmat!Download 169.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling