Boshqaruv hisobi


 Ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki va yig‘ma hisobi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/74
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1492155
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Bog'liq
boshqaruv hisobi fani boyicha

3. Ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki va yig‘ma hisobi 
Ishlab chiqarish xarajatlarini hujjatlarda to‘g‘ri va o‘z vaqtida 
rasmiylashtirish boshqaruv hisobining samarali ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan 
birga ma’lumotlar asosida korxona ishlab chiqarish faoliyatini ta hlil qilish 
kelgusidagi faoliyatni rejalashtirish imkoniyatini oshadi. 2010-«Asosiy ishlab 
chiqarish» 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» hisobvaraqlari bo‘yicha analitik 
hisob xar bir mahsulot bandlari va bajarilgan joyi bo‘yicha alohida yuritiladi. 
Buning analitik hisob kartochkasi yuritiladi. 2510-«Umumishlab chiqarish 
xarajatlari» hisobvarag‘i buyncha analitik hisob 12-kaydnomada yuritiladi. 12-
kaydnoma shaxmat shaklida bo‘lib, tegishli grafalarga \isob-varaklar bo‘yicha 
xo‘jalik muomalalarining summasi yoziladi. Sexlar bo‘yicha xarajatlar aks 
ettirilib va №12-kaydnomada jami ma’lumotlar chiqarilgandan sung, sex 
kaydnomalari 
xarajatlari 
jamlanadi. 
Yakuniy 
ma’lumotlarni 
korrespondentlashadigan hisobvaraqlar jami» jadvaliga, kaydnomaning orqa 
tomoniga yoziladi. Yuqoridagi ma’lumotlar №10-jurnal-orderda xarajatlar
bo‘yicha sintetik hisobvaraqlarda yozuv uchun asos bulib xizmat qiladi. Bundan 
sung butun korxonada xarajatlar va ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha natijalarni 
aniqlash lozim. Buning uchun №12 I 15-kaydnomalarda hisobga olingan ishlab 
chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlar xarajatlar yunalishi bo‘yicha 
umumlashtirib tahlil etish va sintetik hisobvaraqlar bo‘yicha kredit oborotini 
aniqlash kerak Bu ma’lumotlar Bosh kitobni yuritishga asos |uladi. Korxona 
bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini №10-jurnal orderda jamlanadi. rshbu jurnal-
order shaxmat kaydnomasi printsipiga asosan tuziladi. Kredit Hisobvaraqlar Vstunlar 
bo‘yicha, debet Hisobvaraqlar katorlar bo‘yicha joylashtirilgan. Ya’ni ishlab 
rikarish xarajatlari sintetik Hisobvaraqlar sistemasi katorlar bo‘yicha joylashtirilgan. 
o‘stunlar va katorlar bo‘yicha ma’lumotlar yigilganda natijalar bir-biriga mos 
kelishi Tseraq №10-jurnal-order ma’lumotlari ishlab chiqarish xarajatlarini
iqtisodiy elementlar bo‘yicha aniqlash uchun xamda tannarx hisoblashish uchun asos 
bulib xizmat qiladi. №10 jurnal-order yakuniy ma’lumotlarini №10-1-jurnal-
orderning katori bo‘yicha ko‘chiriladi. №10-1 -jurnal-order 10-jurnal-orderning 
davomi 
bo‘lib hisoblanadi. Unda №10-jurnal-orderdagi kredit bo‘yicha 
hisobvaraqlar oboroti aks ettiriladi va noishlab rikarish hisobvaraqlar debeti bilan 
korrespondentsiyalashadi. 
Yakuniy ma’lumotlar jamlanib, kredit bo‘yicha hisobvaraqlar oborot summalari 
aniqlanadi va Bosh kitobga ko‘chiriladi. Bosh kitob yillik hisobotlarni asosini tashkil 
qiluvguvchi yakuniy ma’lumotnoma bulib hisoblanadi. Ushbu kitobda ma’lum davr 
mobaynida xar bir hisobvaraq bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalari oboroti aks ettiriladi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling