Boshqaruv hisobi
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
boshqaruv hisobi fani boyicha
Такрорлаш учун саволлар 1) “Харажатлар - маҳсулот ҳажми - фойда” таҳлили корхона ишлаб чиқариш жараёнини бошқаришда қандай аҳамиятга эга? 2) “Харажатлар - маҳсулот ҳажми - фойда” таҳлилининг қандай асосий элементлари мавжуд? 3) Зарарсизлик нуқтаси қандай ҳисобланади? 4) Маржинал даромадни аниқлашнинг қандай усуллари мавжуд? 5) Чидамлиликнинг маржинал захирасининг иқтисодий моҳияти нимада? 13-мавзу. Молиявий ва бошкарув хисобида бизнес самодорлигини бахолашга ёндашувлар. Boshqaruv hisobi korxonaning ichki Xo`jalik aloqalari, ya`ni korxonaning o`zida (agentlar) ishlaydigan shaxslar o`rtasidagi aloqalarni tantanali suratda tashkil etadi . B.Nidlz, X.Anderson va D.Kolduellarning hisoblashlaricha, “boshqaruv hisobi moliyaviy hisobni kengaytiradi va eng avvalo u firmaning ichki operatsiyalarida qo`llaniladi. Uning maqsadi – aniq ishlab chiqarish qo`rsatkichlariga erishish uchun mas`ul menejerlarni axborot bilan ta`minlashdan iborat”. R.Entoni va Dj.Risning nazarida, “boshqaruv hisobi – bu tashkilot doirasidagi jarayon bo`lib, u tashkilot boshqaruv apparatini rejalashtirish, tashkilot faoliyati ustidan nazorat o`rnatish va boshqarish uchun foydalaniladigan axborot bilan ta`minlaydi. Ushbu jarayon boshqaruv apparatiga o`zining funktsiyalarini bajarish uchun aniqlashni, qlchashni, to`plashni, tahlilni, tayyorlashni, talqin etishni, qabul qilishni o`z ichiga oladi”. CH.T.Xorngren va SH.Foster ham boshqaruv hisobini deyarli ana shunday ta`riflab berishadi. Ularning fikricha “Boshqaruv hisobi – tenglashtirish, qlchash, to`plash, tizimlashtirish, tahlil, joy-joyiga qo`yish, talqin etish va biron-bir inshootni boshqarish uchun zarur bo`lgan axborotni o`zatishdir. Uning ikkinchi nomi ichki hisob hisoblanadi (internal)”. Boshqaruv hisobining tashkilot ichki faoliyatiga mansubligiga shved iqtisodchisi Rune Lenkvist ham e`tiborni qaratadi. Uning fikricha, “hisobni ikki mustaqil qismga: tashqi va ichki qismga ajratish mumkin. Ichki hisob korxona ma`lumotlaridan foydalanuvchilarni axborot bilan ta`minlaydi, butunlay korxona ichkarisida amalga oshiriladigan muomalalarni qayd etib boradi. Ichki hisob aksariyat hollarda ancha batafsillashtirilgan bo`ladi va keng ma`lumotlardan iboratdir”. Boshqaruv hisobining yuzaga kelishini SH.Rishar tijorat siri oqibati deb hisoblaydi. Uning fikricha, boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobining dinamik kontseptsiyasi turi, xolos va tarixiy jihatdan u tijorat siri oqibati sifatida kapitalistik olamda paydo bo`lgan. Uning “maxfiy hisob” degan nomi shundan kelib chiqqan”. XX asrning sqnggi qn yilligida bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda strategik boshqaruv roli keskin qsadi, bu boshqaruv hisobi mazmunida ham o`z aksini topadi. O`z navbatida bu O`zbekiston iqtisodchilari tomonidan boshqaruv hisobi mohiyatining aniqlanishiga ham ta`sir qo`rsatadi. V.F.Paliy va R.V.Vil fikricha, “Boshqaruv hisobining mohiyati ishbilarmonlik faoliyati bilan boshqarish jarayonida menejerlarga asqotadigan Yoki zarur bo`lgan axborotni taqdim etishdan iborat”. SHundan keyin ular ta`kidlashadiki, “boshqaruv hisobidan kelajakka va ishning olg`a borishi uchun nima qilish mumkin bo`lsa, shunga asosiy e`tiborni qaratish talab etiladi. O`tgan narsani qaytarib bo`lmaydi, biroq uni kelajakda qo`llash maqsadida tadqiq qilish mumkin”. “Boshqaruv hisobi xususiyatlarini qrganish uning quyidagi vazifalarni bajarishiga e`tibor qaratilishi kerak: - ishlab chiqarishni boshqarish va kelajakda qarorlar qabul qilish uchun ma`muriyatga zaruriy axborotni taqdim etish; - mahsulot (ishlar va xizmatlar)ning va belgilangan me`yorlar, standartlar, smetalardan og`ishishlarni haqiqiy tannarxini hisoblash; - sotilgan buyumlar yoki ularning guruhlari, yangi texnologik qarorlar, mas`uliyat markazlari va boshqa pozitsiyalar bo`yicha moliyaviy natijalarni aniqlash” . V.I.Tkach va M.V.Tkachlar boshqaruv hisobi ahamiyatini ta`kidlagan holda aytadilarki, u “bozorda, shu jumladan ichki axborot negizida yuzaga keluvchi ko`plab muammolarni hal etish imkonini beradi. SHu tufaylida taktik va strategik boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zaruriy ma`lumotlarni oladilar va tahlil qiladilar”. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling