O„ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING QONUNI
TIJORAT SIRI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 28-
avgustda ma‟qullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi tijorat sirini muhofaza qilish va undan foydalanish
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi
tahrirga qarang.
2-modda. Tijorat sir
i to‘g‘risidagi qonunchilik
Tijorat siri to„g„risidagi qonunchilik ushbu
Qonun va boshqa qonunchilik
hujjatlaridan iboratdir.
Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston
Respublikasining tijorat siri to„g„risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha
qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo„llaniladi.
(2-modda
O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo„llaniladi:
tijorat siri
— uchinchi shaxslarga noma‟lumligi sababli fan-texnika, texnologiya,
ishlab
chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat
qimmatiga ega bo„lgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot bo„lib, ushbu
axborot mulkdori uning
maxfiyligini muhofaza qilish bo„yicha chora-tadbirlarni ko„radi;
LexUZ sharhi
Shuningdek qarang: O„zbeksiton Respublikasi Fuqarolik kodeksining
98-
moddasi
.
tijorat sirining maxfiyligi
— tijorat
sirining tarqalib ketishi, oshkor etilishi va
undan ruxsatsiz foydalanilishi xavfsizligi ta‟minlanganligi holati;