Boshqaruv hisobi


Xarajatlarni normativ usulida hisobga olish va tannarx og`ishini tahlili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/74
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1492155
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
boshqaruv hisobi fani boyicha

 Xarajatlarni normativ usulida hisobga olish va tannarx og`ishini tahlili 
Misol. «Saltanat» kompaniyasi birgina «Siyoma» mahsulotini ishlab chiqaradi.
Normativ xarajatlar kartasida quyidagi ma`lumotlar keltirilgan: 
1. Asosiy materiallar:
«A» materiali 2kg, 1kg – 1dol. 1d.
«B» materiali 1kg, 1kg – 3d. 3d. 
2. Asosiy ishlab chiqarish ishchilarining mehnat haqi – (3 soat, soatiga 3d.) 
9d. 
3. O`zgaruvchan ustama xarajatlar (3 soat, 1 soat asosiy i/ch ishchilarining 
mehnati uchun 2d. dan) – 6d. 
4. Jami o`zgaruvchan normativ xarajat – 20d. 
5. Normativ marjinal oyda – 20d. 
6. Normativ sotish narxi – 40d.
Kompaniya «Saltanat» aprel oyida 10000 dona «Sigma» mahsuloti ishlab 
chiqarishni rejalashtirgan. 
Quyida 10000 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun sxema xarajatlari to`g`risida 
normativ ma`lumotlar keltiriladi: 
Normativ ma`lumotlar 
Ko`rsatgichlar 
Hisob-kitobi 
Summa, d. 
1. Mahsulot sotish 
10000x40d. 
400000 
2. Asosiy materiallar 
«A» materiali 
20000kg x1 
«B» mater. 
10000kg x3 
20000 
30000 
3. Asosiy ishlab chiqarish ishchilarining ish 
haqi 
30000soat x3 
90000 
4. O`zgaruvchan ustama xarajatlar 
30000soat x2 
60000 
Jami xarajatlar 
200000 
5. Smeta yalpi foyda 
(400000-
200000) 
200000 
6. Doimiy ustama xarajat 
120000 
7. Sof foyda 
(200000-
120000) 
80000 
Yillik smeta ustama xarajatlar 1440000 d. ni tashkil etib, ular yil davomida bir 
me`yorda taqsimlanadi deb faraz qilinadi.
Aprel oyida haqiqiy qilingan xarajatlar 
Ko`rsatgichlar 
Hisob-kitobi 
Summa, d. 
1. Mahsulot sotish 
9000dona 42doll. 
378000 
2. Asosiy materiallar 
«A»:19000kg 1,10d. 
«B»:10100kg 2,80d. 
20900 
28280 
3. Asosiy ishlab chiqarish ishchilarining ish 
haqi 
28500s. 1soati 
3,20d. 
91200 


4. O`zgaruvchan ustama xarajatlar 
52000 
Jami xarajatlar 
192380 
5. YAlpi foyda 
1-(2+3+4) 
185620 
6. Doimiy ustama xarajat 
116000 
7. Foyda 
(5-6 qator) 
69620 
Izoh: 1. Ishlab chiqarish ustama xarajatlari asosiy ishlab chiqarish ishchilarining 
mehnat vaqti bazasida taqsimlanadi. 
2. Xaqiqiy ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot xajmi 9000 dona
Vazifa: 
Quyidagi ko`rsatkichlarni tahlil qilib ortiqcha xarajat yoki tejalgan summalar 
topilsin. 
1. Materiallarning narxidagi og`ishish. 
Materiallar narxidagi og`ishish (material birligining normativ bahosi – haqiqiy 
narxi) x sotib olingan materiallar miqdori. 
Buning uchun quyidagi jadval to`ldirilsin: 
Materiallar bo`yicha og`ishish hisobi 
Materiallar 
1kg 
normativ 
bahosi, dol. 
1kg xaqiqiy
narxi, dol. 
Og`ishis
hi 
_,_ 
Sotib olingan 
materiallar 
miqdori, kg 
Jami 
og`ishish 
summasi 
«A»
«B» 
Jami 
2. Materiallarni foydalanishi bo`yicha og`ishishi topilsin. 
Bu ko`rsatkich quyidagicha topiladi: 
(xaqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot uchun normativ miqdordagi material – 
xaqiqiy foydalanilgan material miqdori) x bir birlikning normativ bahosiga. 
3. Materiallar bo`yicha jami og`ishish topilsin. 
Bu ko`rsatkich quyidagicha topiladi: 
(xaqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot x mahsulot birligiga sarflanadigan 
materiallarning normativ xarajati) – materiallarning xaqiqiy xarajati. 
4. Ish haqining stavkasi bo`yicha og`ishishi topilsin. 
Bu ko`rsatkich quyidagicha topiladi: 
(bir soatlik ish haqining normativ stavkasi – ish haqining xaqiqiy stavkasi) – 
xaqiqiy ishlangan vaqti. 
5. Mehnat unumdorligi bo`yicha og`ishishi topilsin. 
Bu ko`rsatkich quyidagicha topiladi: 
(xaqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot uchun normativ ish vaqti – xaqiqiy 
sarflangan vaqt) x bir soatlik ish haqining normativ stavkasi. 
6. Mehnat xarajatlari bo`yicha og`ishi topilsin. 
Bu ko`rsatkich quyidagicha topiladi: 
(xaqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot x mahsulot birligiga sarflanadigan normativ 
mehnat xarajatlari) – xaqiqiy mehnat harajatlari. 
7. Doimiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari bo`yicha og`ishishi topilsin.
Bu ko`rsatkich quyidagicha topiladi: 


Smeta bo`yicha doimiy ustama xarajatlar – xaqiqiy doimiy ustama xarajatlar. 
8. O`zgaruvchan ustama xarajatlar og`ishishi topilsin. 
Bu ko`rsatkich quyidagicha topiladi: 
(xaqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi x smeta bo`yicha bir dona mahsulotga 
to`g`ri keladigan o`zgaruvchan usatma xarajatlar) – xaqiqiy sarflangan o`zgaruvchan 
ustama xarajatlar. 
9. Samarasi bo`yicha o`zgaruvchan ustama xarajatlar og`ishishi topilsin.
Bu ko`rsatkich quyidagicha topiladi: 
(xaqiqiy sarflangan mehnat sarfi soati x asosiy ishlab chiqarish ishchilarining bir 
soat normativ xarajatiga) – xaqiqiy sarflangan o`zgaruvchan ustama xarajatlar. 
10. O`zgaruvchan ustama xarajatlar og`ishishining jami topilsin. 
Bu ko`satkich quyidagicha topiladi: 
(xaqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot x 1 dona mahsulotga sarflanadigan 
o`zgaruvchan ustama xarajatlar normativ soati) – xaqiqiy o`zgaruvchan ustama 
xarajatlar.
11. Sotish narxi bo`yicha og`ishishi topilsin. 
Buning uchun quyidagi ko`rsatkichlar hisoblab topiladi: 
1. 
Mahsulot birligiga rejalashtirilgan foyda topilsin. 
2. 
Xaqiqiy 
ishlab chiqarilgan mahsulotning mahsulot birligiga rejalashtirilgan foyda bo`yicha 
summasi topilsin. 
3. Xaqiqiy marjinal foyda topilsin. 
12. Mahsulot sotish xajmi bo`yicha og`ishishi topilsin. 
Bu ko`rsatkich quyidagicha topiladi: 
(mahsulotning xaqiqiy sotilgan xajmi – maxsulotning smeta sotish xajmi) x 1 
dona mahsulotdan olinadigan smeta foyda. 
13. YAlpi foydaning og`ishishi topilsin. 
Bu ko`rsatkich quyidagicha topiladi: 
Xaqiqiy yalpi foyda – smeta yalpi foyda. 
14. Normativ foyda bilan xaqiqiy foydani taqqoslang. 
Buning uchun quyidagi ma`lumotlar keltirilsin: 
Iqtisodiy ko`rsatkichlar 
№ Ko`rsatkichlar 
Summa 

Rejadagi sof foyda 

Sotish bo`yicha og`ishish: 
a) sotish narxi bo`yicha 
b) sotish xajmi bo`ycha 

To`g`ri xarajatlar bo`yicha og`ishish: 
a) materillar narxi bo`yicha
b) materiallardan foydalanish bo`yicha og`ishish 
v) mehnat xarajatlari: 
–stavkasi bo`yicha 
–mehnat unumdorligi bo`yicha 

Doimiy ustama xarajatlar 

O`zgaruvchan ustama xarajatlar

O`zgaruvchan ustama xarajatlarning samaradorligi bo`yicha 


Jami foyda 
Eslatma: Og`ishish summalari plyus, minus belgilari bilan ko`rsatilsin. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling