Boshqaruv hisobi
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
boshqaruv hisobi fani boyicha
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
1-Misol. Eng narxi pas va korxonaga foydali buyumlarni sotib olish to`g`risida qaror qabul qilish. 1. «Bobun» nomli kompaniya finish ishlov berish jarayonida uch modeli bo`yicha ajralib turadigan bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradi: 1. Prezentatsiya modeli 2. Standart modeli 3. Superklass modeli 2. Finish ishlov berish bosqichigacha baza mahsulot birligiga sarflanadigan o`zgaruvchan xarajat 6 d. 3. Quyidagi uch model bo`yicha finish ishlov berish va upakovka qilish tannarxi keltiriladi: 1. Prezintatsiya modeli – 4d. 2. Superklass modeli – 2d. 3. Standart modeli – 1d. 4. Modellarning sotish baxosi quyidagicha: 1. Prezintatsiya modeli – 15d. 2. Superklass modeli – 12d. 3. Standart modeli – 10d. 5. Marketing bo`yicha menedjer kelgusi yil uchun mol oluvchilar talabini o`rganib quyidagi miqdorda ishlab chiqarish qaroriga keldi: 1. Prezintatsiya modeli – 20000dona. 2. Superklass modeli – 30000dona. 3. Standart modeli – 40000dona. 6. Ishlab chiqarish bo`yicha menejer korxonaning ishlab chiqarish quvvatini chamalab chiqib yiliga 150000 dona mahsulot ishlab chiqarish mumkin degan xulosaga keldi. 7. Kelgusi yil uchun doimiy xarajatlar – 100000d. 8. Mol sotib oluvchilardan yiliga Komron nomli korxonadan finish ishlov berishiga qadar 30000 dona mahsulot sotib olish to`g`risida talabnoma kelib tushdi. 9. Bobur nomli korxona (kompaniya) kelgusi yili soliq to`laganga qadar olinadigan foydani 30000d. ga etkazishni rejalashtirdi. Vazifa: 1. Kelgusi yili 30000 dona mahsulotni jo`natishda eng past (kam) baxosini hisoblab toping. 2. Eng past narx qanchaga to`g`ri kelish bo`yicha xulosa qiling. 1-vazifani bajarish uchun quyidagi jadval tuzilsin Ko`rsatkichlar Mahsulot birligiga to`g`ri keladigan marjinal daromad Sotilishi kutilayotgan mahsulot, dona Marjinal foyda, d. 1. Prezentatsiya modeli 2. Superklass modeli 3. Standart modeli Jami 4. Doimiy xarajatlar 5. Kutilayotgan sof daromad 6. Vazifaga erishish uchun talab qilinadigan qoldiq 7. Talab qilinadigan daromad 2-Misol. Sotiladigan mahsulotning tayinlanishi va assortimenti bo`yicha qaror qabul qilish . «Fazilat» kompaniyasi uch xil mahsulot ishlab chiqaradi. Biz ularni shartli ravishda A, V, S mahsulotlari deb hisoblaymiz. 1. A, V, S mahsulotlari birligining tannarxi, mashina-soatlari va sotish narxi teng. 2. A, V, S mahsulotlari bo`yicha quyidagi ma`lumotlar berilgan: Ko`rsatkichlar «A» mahsuloti «B» mahsuloti «S» mahsuloti 1. Mashina-soatlari, soat 10 12 14 2. Asosiy materiallar, d. (funt) 14(14 funt) 12d. (funt) 10d. (funt) 3. O`zgaruvchan ustama xarajat 18 (12n – soat) 12 (8n – soat) 6(4n – soat) 4. Qurilgan qiymat 38 30 22 5. Sotish narxi 50 40 30 6. Marjinal daromad 12 10 8 3. Davr ichida mahsulotlarga talab quyidagi miqdorda cheklangan: 4. A mahsulotga – 4000 dona 5. V mahsulotga – 6000 dona 6. S mahsulotga – 6000 dona 7. Lekin kompaniyaning siyosatiga binoan A mahsulotidan minimum 1000 dona ishlab chiqarishga qaror qilingan. 8. Material sotib olish cheklanmagan, lekin mashina-soat 200000 va norma-soat 50000 bilan cheklangan. Vazifa: 1. Foydani ko`proq olish maqsadida uch xil mahsulotlarning har biri uchun qabul qilinadigan ishlab chiqarish darajasini ko`rsating. 2. Marjinal daromadning maksimal darajasini ko`rsating. 3. 2-vazifa xulosasi bo`yicha ishlab chiqarish rejasi qanday bo`ladi? 1-vazifani echish uchun birinchidan cheklovchi faktorni aniqlang. Buning uchun quyidagi jadvalni tuzing: Sotish xajmini potentsial darajasi Mahsulotlar Sotishning potentsial xajmi, dona Jami mashina-soat Jami norma-soat A mahsulot V mahsulot S mahsulot Jami 2-vazifani bajarish uchun bir norma-soatga to`g`ri keladigan marjinal daromadni hisoblab topish kerak. Buning uchun quyidagi jadval tuzilsin. Mahsulotlar Marjinal daromad Norma-soat Bir norma-soatga to`g`ri keladigan marjinal daromad A mahsulot V mahsulot S mahsulot Ushbu jadval ma`lumotlariga asosan hulosa qiling: qaysi xil mahsulotlarni ko`proq ishlab chiqarishga e`tibor berish kerak? 3-vazifani echish uchun quyidagi jadvalni tuzing: Ishlab chiqarish rejasining ko`rinishi Mahsulotlar Ishlab chiqariladigan mahsulot birligi Bir mahsulotga to`g`ri keladigan mehnat-soati Jami mehnat- soati CHeklovch i faktorlar A mahsulot V mahsulot S mahsulot 3-Misol. Ishlab chiqarish kompaniyasi uchun zarur bo`lgan materiallarni o`zi ishlab chiqargani arzonga tushadimi yoki sotib olinganimi? SHu savolga javob berish uchun quyidagi misolni echamiz. 1. «Mekond» kompaniyasi Yakuniy mahsulot etishtirish uchun uch xil detal ishlab chiqaradi. Ularni shartli ravishda A, V, S deb nomlaymiz. 2. Xozirgi vaqtda detallar ishlab chiqaradigan tsex detallarga bo`lgan talabni qondirmayapti. 3. Talabni qisman qondirish uchun subpudratchilarni jalb qilish imkoniyati qidirilmoqda. 4. Asos tarzida quyidagi ma`lumotlar olinadi: «Mekond» firmasining ma`lumotlari (dollar hisobida) Ko`rsatkichlar A detali B detali V detali 1. O`zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari 3,00 4,00 7,00 2. CHetdan sotib olish narxi 2,50 6,00 13,00 3. Bir birlikni sotib olish narxini ortiqligi -0,50 +2,00 +6,00 4. Bir birlikka sarflanadigan stanko-soat 1 0,5 2 5. Bir birlikka sarflanadigan mehnat-soat 2 2 4 Vazifa: 1. Agar kompaniya to`la quvvat bilan ishlasa, qaysi bir detal sotib olinishi mumkin? 2. Agar ishlab chiqarish haftada 4000 stanko-soati bilan cheklangan bo`lsa, qaysi bir detal sotib olinishi mumkin? 3. Agar ishlab chiqarish haftada 4000 ish-soati bilan cheklangan bo`lsa, qaysi bir detal sotib olinishi mumkin? 1-vazifani jadvalga qarab o`zingiz eching. 2- vazifani echish uchun quyidagi jadvalni tuzing: Agar stanko-soat xaftada 4000 soat bilan cheklansa Ko`rsatkichlar B detali V detali 1. Sotib olish qiymatining oshishi 2. Bir birlikka to`g`ri keladigan stanko-soat 3. Bir stanko-soatga to`g`ri keladigan stanko-soat qiymatining oshishi Ushbu jadvalga asosan xulosa qiling va bu xulosani tekshirish uchun quyidagi jadvalni to`ldiring: Qilingan hulosani tekshirish jadvali Ko`rsatkichlar B detali V detali 1. 4000 stanko-soat ichida tayyorlanadigan detal 2. Ishlab chiqarish xarajatlari 3. Sotib olish narxi 4. Sotib olish narxining oshishi 3-vazifani echish uchun quyidagi jadval to`ldirilsin: Agar ish-soati 4000 soat bilan cheklansa Ko`rsatkichlar B detali V detali 1. Qiymatining ortishi, d. 2. Ish soati 3. Bir ish soatiga qiymatining oshishi Ushbu jadval ma`lumotlaridan hulosa qiling va bu hulosangizni tekshirish uchun quyidagi jadvalni to`ldiring: Ko`rsatkichlar B detali V detali 1. 4000 ish-soat ishlab chiqarilgan detal 2. Ishlab chiqarish xarajatlari 3. Sotib olish narxi 4. Sotib olish narxining oshishi 4-Misol. «ALP Jamol» kompaniyasi uch xil mahsulot ishlab chiqaradi. Mahsulot turlarini shartli ravishda A,V,S deb ataymiz. Ularni ishlab chiqarish uchun bir xilda material va bir xilda mehnat sarflanadi. Direktorlar Sovetida kelgusi yil uchun taqdim etilgan kompaniyaning foyda to`g`risidagi prognozi quyidagicha: Foyda to`g`risida prognoz hisobot Ko`rsatkichlar A mahsuloti V mahsuloti S mahsuloti Jami 1. Mahsulot sotish xajmi 1344000 840000 680000 2864000 2. Asosiy materiallar 336000 294000 374000 1004000 3. Mehnat haqi 201600 168000 136000 505600 4. O`zgaruvchan ustama xarajatlar 268800 168000 204000 640800 5. Jami xarajatlar 806400 630000 714000 2150400 6. Marjinal daromad 537600 210000 -34000 713600 7. Doimiy ustama xarajatlar 113600 8. Foyda 600000 Direktorlar Kengashida mol oluvchilar tomonidan talabning kamayishi va sotish narxini oshirish imkoniyati bo`lmaganligi tufayli «S» mahsuloti ishlab chiqarishni to`xtatishga qaror qilindi. «A» va «V» mahsulotlar uchun talab ko`p bo`lganligi tufayli oldingi yili iste`molchilar talablari qondirilmas edi. SHuning uchun «S» mahsuloti ishlab chiqarishida band bo`lgan ishchilarni «A» va «V» mahsuloti ishlab chiqarishiga o`tkazib mahsulot xajmini ko`paytirishga qaror qilindi. Ishchilar quyidagicha taqsimlandi: «A» mahsuloti ishlab chiqarishiga – 60% «V» mahsuloti ishlab chiqarishiga – 40% «A» va «V» mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmini ko`payishi ularning sotish narxiga ta`sir qilmaydi. Vazifa: 1. Foyda to`g`risida qaytadan ko`rib chiqilgan prognoz hisobot tuzilsin 2. Direktorlar Kengashining qarori foydani qanchaga ko`payishiga olib keldi? 1-vazifani bajarishdan oldin quyidagi hisob-kitobni bajaring Ko`rsatkichlar A mahsuloti V mahsuloti 1. Qo`shimcha mehnat haqi xarajatlari: «A» mahsulotiga 136000dan 60% «V» mahsulotga 136000dan 40% 2. Mavjud mehnat haqi xarajatlar 3. Ko`payish foizi Ushbu hisob-kitobga asosan quyidagi jadvalni tuzing: Foyda to`g`risida qaytadan ko`rib chiqilgan hisobot 1. Mahsulot sotish xajmi 2. Asosiy materiallar 3. Mehnat haqi 4. O`zgaruvchan ustama xarajatlar 5. Jami xarajatlar 6. Marjinal daromad 7. Doimiy ustama xarajatlar 8. Foyda Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling