Boshqaruv hisobining mohiyati, predmeti, funksiyalari, metodlari, obyektlari, tamoyillari, hisob tizimi va tarkibiy qismlari


Download 11.71 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi11.71 Kb.
#1798747
Bog'liq
Boshqaruv hisobining mohiyati, predmeti, funksiyalari, metodlari

Boshqaruv hisobining mohiyati, predmeti, funksiyalari, metodlari, obyektlari, tamoyillari, hisob tizimi va tarkibiy qismlari


Reja:

1. Boshqaruv hisobining mohiyati

2. Boshqaruv hisobi obyektlari

3. Boshqaruv hisobining metodi

4. Boshqaruv hisobi tamoyillari

5. Boshqaruv hisobi funksiyalari


1. Boshqaruv hisobining mohiyati


Boshqaruv hisobi – xo’jalik yurituvchi subyekt axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning samaradorligi ko’p jihatdan xo’jalik yurituvchi subyektning tarkibiy tuzilmalari, bo’limlari va bo’linmalari faoliyatlari to’g’risida olinadigan operativ (tezkor) ma’lumotlarga bog’liq. Boshqaruv hisobi ana shunday ma’lumotlarni boshqaruv qarorlarini to’g’ri qabul qilish maqsadida xo’jalik yurituvchi subyekt ichidagi turli darajadagi boshqaruv rahbarlari uchun shakllantiradi.
Boshqaruv hisobi – xo’jalik yurituvchi subyektning muammolarini hal etish va istiqboldagi rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan tezkor (operativ) boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar hisobi, me’yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat va tahlil tizimini ifodalovchi ma’lumotlarni bir tizimga soladi.

2. Boshqaruv hisobi obyektlari


Boshqaruv hisobining predmeti - xo’jalik faoliyatini boshqarish jarayonining barcha bo’g’inlaridagi obyektlar yig’indisidir.


  • moliyaviy-sotish – ishlab chiqarilgan mahsulotni to xaridorgacha yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan barcha jarayonlar: qadoqlash, tashish va boshqa ishlarni qamrab olgan bevosita sotish operatsiyalari tushuniladi; mahsulotni reklama qilishdan boshlab, iste’molchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni o’rnatishgacha bo’lgan jarayonni qamrab olgan sotish hajmining o’sishiga xizmat qiluvuchi operatsiyalar; chiqarilayotgan mahsulot sifati nazorati;

  • tashkiliy – xo’jalik yurituvchi subyektning eng optimal tarzdagi tashkiliy tuzilmasini yaratish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlardir. 3. Boshqaruv hisobining metodi


Rejalashtirish – bozor sharoitlariga mos ravishda xo’jalik yurituvchi subyekt imkoniyatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan uzluksiz siklli jarayon. U istiqboldagi muammolarni hal qilish bilan bog’liq bo’lib, ham umumiy, ham xususiy xarakterga ega bo’lgan muqobil qarorlar tanlash uslublaridan foydalanadi. Rejalashtirish statistik tadqiqotlar va xo’jalik faoliyati natijalari tahliliga asoslangan holdagina samarali bo’lishi mumkin. Tahlil boshqaruv hisobi maqsadlariga muvofiq guruhlangan va qayta ishlangan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Me’yorlashtirish – barcha turdagi resurslarni samarali ishlatishni ta’minlashga va xarajatlarni mahsulotga eng unumli aylantirish yo’llarini izlashga qaratilgan optimal me’yor va normativlarni ilmiy asoslangan hisoblash jarayoni.
Limitlashtirish – zaxira va xarajatlar me’yorlari tizimiga asoslangan moddiy xarajatlar ustidan nazoratning birinchi pog’onasi. Limit – mahsulot birligi uchun resurslar sarfi me’yori bo’lib, har bir ishlab chiqarish bo’linmasi uchun chiqarilayotgan mahsulot assortimentidan kelib chiqqan holda texnologik hujjatlar va ishlab chiqarish dasturi rejasi asosida o’rnatiladi.

4. Boshqaruv hisobi tamoyillari



5. Boshqaruv hisobi funksiyalari


Quyidagi chizmada boshqaruvning ana shu funksiyalari o’rtasidagi bog’liqlik keltirilgan:

Download 11.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling