Boshqaruv jarayoni haqida tushuncha Rejalashtirish va tayyorgarlik jarayoni


Download 125.5 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi125.5 Kb.
#1555123
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Voleybolchilar tayyorlash jarayonini boshqarish

Dasturni tuzilishi. Dasturda dastawal qisqacha muqaddima yoki tushuntirish xati beriladi. Unda shug'ullanuvchi haqida ma'lumotlar (bo'yi, vazni, yoshi, o'yin ampluasi va h.k.) keltiriladi.
So'ngra o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish uslublari, vositalari tayyorgarlik turlari bo'yicha ko'rsatib o'tiladi. Yangi, ilg'or innovatsion texnologiyalardan foydalanish, samarali taktik kombinatsiyalarni ishlab chiqish va qo'llash choralari belgilanadi.
Barcha tayyorgarlik turlari bo'yicha mashg'ulotlarga ajratiladigan yuklama hajmi, shiddati, yo'nalishi tabaqalashtirilgan holda aks ettiriladi.
Voleybolchilarning yoshi, tayyorgarlik darajasi (1-razryad, sport ustasi) mo'ljallangan me'yoriy, model va real talablar hamda test sinovlari turlari belgilanadi.
Bundan tashqari har bir shug'ullanuvchiga alohida individual reja ishlab chiqiladi.
Mazkur reja quyidagi tartibda ishlab chiqilishi mumkin:

  1. Shaxsiy ma'lumotlar.

  2. Sport-texnik tavsifi.

  3. Maqsadi va vazifalari.

4. Tayyorgarlik turlari bo'yicha bajaradigan vazifalari va
o'zlashtiradigan imkoniyatlar.

  1. Tayyorgarlik jadvali.

  2. Tibbiy-biologik nazorat.

Joriy rejalashtirish. Joriy rejalashtirish alohida bosqichlarga yoki muddatlarga tuziladi. Joriy rejalashtirish o'z ichiga ishchi reja, grafik, trenirovka mashg'ulotining reja-bayonnomasi va mashg'ulot jadvalini kiritadi (9,10 va 11-jadvallar).
Bundan tashqari tezkor reja-mashg'ulot bayonnomasi tuziladi. Mashg'ulot bayonnomasi avvaldan qabul qilingan shakl bo'yicha shu mashg'ulotning mavzusi va vazifalari asosida o'ziga xos mazmunda hamda tartibda ishlab chiqiladi.
jadval
O'quv mashg'ulot jarayonining ishchi rejasi shakli



Mashg'u­lotning tartib raqami

Sana

Vaqti

Mashg'u­lot mazmuni

Miqdorlash

Uslubiy ko'rsatmalar

Hajm bo'yicha

Shiddat bo'yicha






















jadval

Download 125.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling