Boshqaruv jarayoni haqida tushuncha Rejalashtirish va tayyorgarlik jarayoni
Download 125.5 Kb.
|
Voleybolchilar tayyorlash jarayonini boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yillik tayyorgarlik grafigi
- Tayyorgarlik davrlari Sikllar Kuzgi-qishki
- Tayyorlov Musobaqa Otish
- Mashgulot yiginlari
- Mashgulot yuklamalari Hajmi Ish kunlari soni
- Mashgulot kunlari soni
- Musobaqa kunlari soni
- Mashgulotlar soni: individual jamoaviy
- 3. Pedagogik va tibbiy-biologik nazorat
- Musobaqa korsatkichlari (%) Hujumda
- Voleybolchilar tayyorlash jarayoni boshqarishda asoslanadigan omillar
Mashg'ulot bayonnomasi shakli
Yillik tayyorgarlik grafigi
3. Pedagogik va tibbiy-biologik nazorat Sportchilar tayyorlash jarayonini samarali boshqarish puxta ishlab chiqilgan rejalashtiruv hujjat (dastur)lariga bog'liqligi isbot talab qilmaydi. Lekin, rejalashtiruv hujjatlarini puxta ishlab chiqilishi ustuvor jihatdan pedagogik va psixofiziologik nazorat natijalariga asoslanishi shart. Binobarin, ko'p yillik tayyorgarlik davomida yuqori malakali sportchilar tarbiyalash jarayonini boshqarishda nazorat sinovlarini muntazam o'tkazish va olingan natijalarga asoslanish zamonaviy sport amaliyotining muhim hamda ustuvor shartlaridan biridir. Murabbiyning faoliyatida boshqarish funksiyasi «murabbiy (subyekt) <-> sportchi (obyekt) <-» murabbiy (obyekt)» shaklidagi uzviy bog'langan tizim asosida amalga oshirilishi darkor. Ushbu tizimda murabbiyning kasbiy-pedagogik faoliyati (KPF) quyidagi yo'nalishlarda olib borilishi tavsiya etiladi. O'quv-mashg'uloti va musobaqa jarayonlarini nazorat qilishda quyidagi uslublardan foydalanish mumkim mashg'ulot va musobaqa jarayonini videotasvirga tushirish, stenografik usulda yozish, xronometraj olib borish: bunda quyidagi ko'rsatkichlar e'tiborga olinishi lozim: jismoniy sifatlar, texnik-taktik tayyorgarlikni test sinovlari yordamida baholash; kuzatish va mahoratni ekspert usulda baholash; psixologik sifatlar (reaksiya, ko'rish kerigligi, vaqt-oraliqni his qilish, xotira, diqqat, fikrlash, iroda va h.k.) va emotsional - motivatsion faollikni maxsus testlar asosida aniqlash; - funksional imkoniyatlar (nafas, yurak faoliyati, qon bosimi, analizatorlar va h.k.)ni maxsus testlar yordamida aniqlash. Mazkur nazorat tadbirlarini amalga oshirishda zaxiradagi o'yinchilar, yordamchi murabbiylar, ilmiy xodimlar, psixologlar va shifokorlarning hamkorlikdagi faol ko'magi alohida ahamiyat kasb etadi. Murabbiy o'zining boshqaruv faoliyatida ushbu nazorat natijalari, ularni qiyosiy tahiili va berilgan tavsiyalardan unumli foydalanishi darkor. 12 va 13-andozalarda voleybolchilar tayyorlash jarayonini boshqarishda asoslanadigan omillar hamda rejalashtirish hujjatlarining turlari aks ettirilgan. 12-jadvalda esa o'quv-mashg'ulot jarayonini nazorat qilish uslublari va me'yoriy testlari berilgan. Musobaqa ko'rsatkichlari (%) Hujumda: - to'p kiritish - ochkoli (+), muvaffaqiyatsiz (-) va murakkablashtirilgan (©); uzatish (2-chi to'pni) - muvaffaqiyatli (aniq +), muvaffaqiyatsiz (noaniq -) va noaniq, lekin o'yinda qolgani (- +); zarba - muvaffaqiyatli (+), muvaffaqiyatsiz (-) va o'yinda qolgani (©); Himoyada: - hujumchi va to'siqchilarni qo'riqlash (straxovka) - muvaffaqiyatli (+) va muvaffaqiyatsiz; - kiritilgan to'pni va zarbani qabul qilish - «yetkazish» - muvaffaqiyatli (+), muvaffaqiyatsiz (-) va o'yinda qolgani (Ф ); Voleybolchilar tayyorlash jarayoni boshqarishda asoslanadigan omillar 12-andoza - to'siq qo'yish - muvaffaqiyatli (+), muvaffaqiyatsiz (-) va o'yinda qolgani (Ф); Adabiyotlar: O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni. -Т.: «O'zbekiston», 1997.-25 b. O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonuni. -Т.: «O'zbekiston», 1997. - 16 b. O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi Qonuni. -Т.: 27-iyul, 2000. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 29-avgust, 2004-yil 3481-son Farmoni. Айрапетьянц Л.Р., Годик М.А. Спортивные игры. // Монография. Т.: Ибн Сино, 1991. - 160 с. Айрапетьянц Л.Р. Волейбол. // Учебник для высших учебных заведений.Т.: Zar qalam. 2006. - 240 с. Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A., Isroilov Sh.X. Voleybol. // Oliy o'quv yurtlari umumiy kurs talabalari uchun o'quv qo'llanma.T.: 2009. - 77 b. Беляев A.B. Обучение технике игры в волейбол и её совершенствование. //Методическое пособие. М.: Олимпия. Человек., 2008. - 54 с. Бержо. Волейбол высшего уровня. // Автор перевода с французского языка Ю.Б.Чесноков. М.: Олимпия. Человек, 2007. 31 с. Волков Л.П. Теория и методика детского и юношеского спорта. Киев: Олимпийская литература, 2002. - 294 с. Download 125.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling