Boshqaruv jarayonining bosqichlari
Menejment vazifalari va ularning turlari
Download 28.9 Kb.
|
Boshqaruv jarayonining bosqichlari
Menejment vazifalari va ularning turlari
Menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida aks etadi. Menejment vazifalari deganda boshqarish bo’yicha malum masalalarni hal etishga qaratilgan harakat yig’indisi tushuniladi. Menejment vazifalari, avvalo, boshqariluvchi obektning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. İshlab chiqarish tarkibiga mos ravishda quyidagilarni aks ettiruvchi vazifalar mavjud: - iqtisodiyot tarmoq tarkibi; uning hududiy tarkibi; -ishlab chiqarishning alohida unsurlari. Xalq xo’jaligining tarmoq tarkibi menejment oldiga moddiy ishlab chiqarishni boshqarish va moddiy bo’lmagan ishlab chiqarishni boshqarish kabi vazifa qo’yadi. Birinchi soha tarkibida ishlab chiqarish va muomala sohalarini boshqarish farqlanadi. İshlab chiqarish sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini, qurilish, transport, aloqani boshqarish vazifalari; muomala sohasini boshqarish vazifalariga savdo, moliya, moddiy-texnikaviy taminot sohalari, fan, madaniyat, talim sohalarini boshqarish kiradi. İshlab chiqarishni boshqarish vazifalarining hududiy tarkibiga respublika, viloyat, shahar, tuman miqyosidaga boshqaruv vazifalari kiradi. İshlab chiqarishning boshlang’ich bo’g’ini - korxonani boshqarish muhim vazifadir. Menejment vazifalari boshqaruv tashkilotlari, bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini belgilab beradi. Boshqaruv jarayonini bajariladigan vazifalar bo’yicha tahlil etish har bir vazifada ish xajmi, boshqaruvchi xodimlar sonini aniqlash, va nihoyat boshqaruv apparati tarkibini loyihalash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Boshqaruv tashkilotining asosiy va aniq vazifalari farqlanadi. Asosiy vazifalar har bir korxona va boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: a) marketing; b) biznes-reja; v) tartibga solish; g) tashkil etish; d) rag’batlantirish; e) nazorat va hisob-kitob; j) undash; z) rejalashtirish. Download 28.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling