Boshqaruv jarayonining bosqichlari


Tashkiliy tuzilmalar turlari


Download 28.9 Kb.
bet6/7
Sana01.05.2023
Hajmi28.9 Kb.
#1420315
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshqaruv jarayonining bosqichlari

Tashkiliy tuzilmalar turlari 
Chiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo’g’inlari yuqori bosqichdagi rahbarga bevosita 
bo’ysunush bilan tavsiflanadi. Chiziqli tuzilmada har bir xodim bitta rahbarga bo’ysunadi va yuqori 
tizim bilan faqat u orqali bog’langan bo’ladi. Chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, 
ishonchli, kamxarjligadir. Har bir rahbar bugun mehnat jamoasi faoliyagi natijalari bo’yicha 
javobg’ar. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qnlish huquqi markazlashishiga olib keladi. 
Chiziqli tuzilmalarni hal etiluvchi masalalar doirasi keng bo’lmag’an, bu masalalar echilishi 
oson bo’lgan hollarda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Sof holda chiziqli boshqaruv juda kam, 
asosan, brigada, bo’lim, shirkat, kichik korxonalarda qo’llaniladi. 
Chiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo’lib, bo’g’inlar koordinatsiyasi puxta bo’lmasliga 
hisoblanadi. Rahbar universal mutaxassis bo’lishi va unga bo’ysunuvchi barcha bo’g’inlar 
faoliyatining hamma tomonini qamrab olishi lozim. 
Funktsional tuzilma boshqaruv vazifalarining funktsional bo’g’inlar va rahbarlar o’rtasida 
taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan 
bog’liq holda vujudga kelgan. Funktsional tuzilmada boshqaruvchi ko’rsatmalar nisbatan malakali 

bo’ladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funktsional bo’g’inlar soni ortishi 


bilan har bir bo’g’in mustaqil ravishda hal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi. Muammoning 
mohiyati har bir bo’g’in o’z masalasini birinchi navbatda hal qilishdan manfaatdor bo’lishida emas, 
balki bitta ham bo’g’in bu masalani etarli darajada asoslangan holda va to’g’ri hal qila olmasligi, 
echimlar maydalashib, to’liq bo’lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning 
samaradorligini kamaytiradi. 
Chiziqli tuzilmani tashkil etish va funktsional tuzilmaning kamchiliklari qo’shma, 
biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funktsional va boshqa tuzilmalar vujudga 
kelishiga sabab bo’ladi. 
Chiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin boshqaruvning quyi 
bo’g’inga ega har bir bo’g’inida ayrim muhim muammolar bo’yicha shtablar tuziladi. Shtablar 
malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli tuzilma rahbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U 
shtab tavsiyalarini uyg’unlashtiradi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati yaxshilanadi. 
Lekin, vazifalar miqdori ko’p bo’lsa, chiziqli tuzilma rahbarining vazifasi ham ortadi, Shu 
sababli, amaliyotda boshqa qo’shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular orasida eng keng tarqalgani 
chiziqli-funktsional tuzilmadir. 
Chiziqli-funktsional strukturada, funktsional zvenolar quyi turgan bo’linmalarga o’zlari 
buyruq bera oladilar, lekin ular kompetentsiyasiga taalluqli bo’lgan aniq belgalangan savollar 
bo’yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bo’limi tsex boshlig’iga rejalashtirishni rivojlantirish 
masalalari bo’yicha buyruq berish mumkin, Zavodning bosh buxgalteri esa tsexda hisob-kitob va 
hisobotni yaxshilash bo’yicha va h.k. Chiziqli funktsional tuzilmaning ustunligi uning boshqaruv 
tamoyillarini buyruq berishning yagonaligi tamoyili bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik 
tuzilmasida aloqalarning murakkab turlari — loyiha bo’yicha boshqarish, matritsali struktura va 
boshqalar mavjud. 
Loyiha bo’yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o’zgarishi bilan bog’liq qayta 
qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo’lgan korxona va tashkilotlarda ko’llaniladi. 
Bunday qayta qurishni amalga oshirish uchun faqatgina shu loyihaga javob beruvchi boshqaruv 
organi tuziladi. Boshqaruvning loyiha bo’yicha organi vaqtinchalik tashkilot hisoblanadi. Unga 
yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so’ng u tugatiladi. 


Download 28.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling