Ispanlar tabiatan jiddiy, ochiqko‘ngil, insoniy va juda hazilkash, yumor hissi hamda komandada ishlash qobiliyatiga egadirlar. Ispaniyaning o‘n yettita viloyati o‘z xususiyatlarini xalqlari tabiatiga muhrini bosgan, yaʼni taʼsirini o‘tkazgan, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Mamlakatning turli muzofotlari vakillari madaniyati va turmush tarzida, xulq-atvorida ancha farq borligini shu hol bilan izohlasa bo‘ladi. Ispanlar ish va kishilarga hissiyot bilan munosabatda bo‘ladilar. - Ispanlar tabiatan jiddiy, ochiqko‘ngil, insoniy va juda hazilkash, yumor hissi hamda komandada ishlash qobiliyatiga egadirlar. Ispaniyaning o‘n yettita viloyati o‘z xususiyatlarini xalqlari tabiatiga muhrini bosgan, yaʼni taʼsirini o‘tkazgan, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Mamlakatning turli muzofotlari vakillari madaniyati va turmush tarzida, xulq-atvorida ancha farq borligini shu hol bilan izohlasa bo‘ladi. Ispanlar ish va kishilarga hissiyot bilan munosabatda bo‘ladilar.
- Dastlab ushbu mamlakatga yetib kelganlik haqida hamkorlarga xabar qilinadi. Uchrashuv tush – siyesta (tushlik) paytiga belgilanmaydi.
- Yirik ispan shirkatlari bilan tijorat aloqalari anʼanaviy ravishda iyerarxik tamoyilga ko‘ra tuziladi. Tegishli qaror qabul qiladigan masʼul rahbarlarga chiqish shart. Shuningdek, yuqori lavozimdagi mansabdorlar, kompaniyalarni boshqaradigan yepiskoplar ishga sezilarli taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Ular aksar hollarda qaror qabul qilish chog‘i juda katta huquqqa ega bo‘ladilar. Muzokaralarda teng maqomdagi hamkorlar ham ishtirok etadilar. Muzokaralar ob-havo, sport, shaharning diqqatga sazovor joylari va h.k.lar haqida gap-so‘zlar boshlanib, so‘ng maqsadga o‘tiladi. Uchrashuv vaqti qatʼiy belgilanmaydi, chunki ispanlar ko‘p gap gapiradi. Tashrif qog‘ozi ispan va ingliz tillarida yozilgan bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |