Ishlab chiqarish sohasidagi baʼzi tadqiqotlar natijasida boshqaruv uslubi va guruh samaradorligi o‘rtasida ham aloqa aniqlandi. Bunga binoan, avtoritar va demokratik boshqaruv uslubi guruh faoliyatining deyarli bir xil samarasini taʼminlaydi, ammo guruh aʼzolari demokratik uslub qo‘llanganda ishdan ko‘proq qoniqadilar. Agar xodimning ishdan qoniqishi motivatsiya omili sifatida qaralsa, bu juda ahamiyatli mezon ekanligi ko‘zga tashlanadi. - Ishlab chiqarish sohasidagi baʼzi tadqiqotlar natijasida boshqaruv uslubi va guruh samaradorligi o‘rtasida ham aloqa aniqlandi. Bunga binoan, avtoritar va demokratik boshqaruv uslubi guruh faoliyatining deyarli bir xil samarasini taʼminlaydi, ammo guruh aʼzolari demokratik uslub qo‘llanganda ishdan ko‘proq qoniqadilar. Agar xodimning ishdan qoniqishi motivatsiya omili sifatida qaralsa, bu juda ahamiyatli mezon ekanligi ko‘zga tashlanadi.
- Ko‘p adabiyotlarda anʼanaviy uch rahbarlik uslubiga baho berishda liberal uslub eng samarasiz yoki boshqaruv maqsadlaridan uzoq turuvchi vosita deb, taʼrif beriladi. Ammo bunday fikrga jiddiy eʼtirozlar bildirish mumkin. Tajriba va kuzatishlarning ko‘rsatishicha, liberal boshqaruv uslubi ayrim hollarda samarali natijaga olib keluvchi vositaga aylanishi mumkin.
Agar rahbar ataylab va ongli ravishda liberal uslubni tanlasa, ongli ravishda xodimga masʼuliyatni o‘ziga olish imkonini bersa, bu xodim xulqini jamoa orqali boshqarish kabi yuksak mahorat belgisi bo‘lishi mumkin. Agar o‘xshatish qilsak, avtoritar boshqaruvda rahbar faqat o‘z o‘rinbosarlari bilan muloqotda bo‘ladi va maʼmuriy choralar bilan cheklanib qoladi, demokratik boshqarishda rahbarning jamoa bilan bevosita munosabat o‘rnatishi kuzatiladi. Liberal uslub esa xodimni, jamoani jonlantirish orqali boshqarish demaqdir. Liberal uslubda xodim rahbar ketidan emas, balki jamoa orqasidan boradi va guruhga mos kelishga intiladi. - Agar rahbar ataylab va ongli ravishda liberal uslubni tanlasa, ongli ravishda xodimga masʼuliyatni o‘ziga olish imkonini bersa, bu xodim xulqini jamoa orqali boshqarish kabi yuksak mahorat belgisi bo‘lishi mumkin. Agar o‘xshatish qilsak, avtoritar boshqaruvda rahbar faqat o‘z o‘rinbosarlari bilan muloqotda bo‘ladi va maʼmuriy choralar bilan cheklanib qoladi, demokratik boshqarishda rahbarning jamoa bilan bevosita munosabat o‘rnatishi kuzatiladi. Liberal uslub esa xodimni, jamoani jonlantirish orqali boshqarish demaqdir. Liberal uslubda xodim rahbar ketidan emas, balki jamoa orqasidan boradi va guruhga mos kelishga intiladi.
- Jamoa faolligi korxona maqsadlariga mos ravishda borayotgan sharoitda, guruh masʼuliyatni o‘ziga olib tashabbus ko‘rsatayotgan paytda uning faoliyatiga aralashmaslik va xodimni guruh hayoti og‘ushiga kiritib qo‘yish, balki eng maqbul boshqaruv bo‘lib hisoblanadi. Ongli ravishda olib borilgan liberal boshqaruv uslubi o‘ta murakkab bo‘lib, bu jarayonda rahbar maqbul yo‘l tanlanishida barcha faollikni jamoaga topshiradi, rahbarning vazifasi to‘g‘ri maqsadni ko‘rsatib berishi emas, balki shu maqsad guruh tomonidan tanlanishi uchun sharoit yaratishdan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |