Mavzu;1918-1939-yillarda Hindiston
Download 45 Kb.
|
Mavzu: 1918-1939-yillarda Hindiston Reja: 1. Birinchi jahon urushidan keyingi Hindistondagi ahvol. 2. Hindiston xalqining milliy ozodlik kurashi. 3. Jaxon iqtisodiy inqirozining Hindistonga ta’siri. Urush yillarida B.Britaniya hukumati Hindistonga urushdan keyin o’zini o’zi boshqarish huquqini berishni va’da qilgan edi. Aslida B.Britaniya imperyaning eng boy qismi bo’lganHindistondan ajralishni hohlamas edi. Bu hol hind xalqining milliy ozodlik kurashini yanada kuchaytirdi. Hindistonda bu davrda 320 mln aholi bor edi. Urush yillarida qora metallurgiya 30 foiz o’sgan bo’lsa , qishloq xojaligi orqali ketdi. 12 mln kishi ochdan o’ldi. 1919-yilning 13-aprelida Panjob shtati poytaxti Amritsar shahriga ingliz qo’shnlari aholining norozilik yig’ilishini o’qqa tutdi Buning natijasida 1000dan ortiq kishi oldirildi. 2000dan ortiq kishi yaralandi. Shu tariqa hamma joyda politsiyabilan toqnashuv boshlanib ketdi. B.Britaniya 1919-yil Hindistonni boshqarish to’g’risida qaror qabul qildi Bunga binoan 2 palatali boshqarish tizimi tashkil qilindi. Deputatlarning 50 foizini vitse –qirol tayinlardi. 1’5 foiz hind saylov huquqi oldi . Bu qonun bilan birga ,’’anarxizm va inqilobiy chiqislarga qarshi’’ Rouletta qonuni ham qabul qilindi.va politsiyaga cheklanmagan huquqlar berildi. Hind halqi milliy ozodlik kurashiga rahbarlik qiluvchi qudratli siyosiy tashkilot –Hindiston Milliy Kongressi paartiyasi kurashning kuch ishlatish usuliga qarshi chiqdi. HMK ga 1915-yildan boshlab hind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandi boshchilik qiladi. Uning rahbarlik davrida HMK da kurashning kuch ishlatmaslik ,faqat tinch ,zo’rliksiz shakliga tayanadigan yo’li g’alaba qozondi. Bu yo’l tarixga kurashning yangicha yo’li nomi bilan kirgan ,M. Gandining tinch kurash yio`li hind halqi keng qatlamini mili ozotlik kurashi jalb etish imkonini beradi. gandezim –dini falsafiy tizim bo`lib ,idealizm ,induizm ,jaynizm va hristianlik elementlarini o`zida birlashtirgan. Uning asosida ’’haqiqat, ishonch, hech kimga yomonlik qilmaslik’’ yotadi. Kurasning tinch, kuch ishlatmaslik yo`li –’’satyagraxi’’ deyilganda nima nazarda tutilgan]. Bu tushuncha ingliz ma’murlari tadbirlarini boykor qilishni, o’z noroziligini tinch namoyishlar yo`li bilan bildirishni, mustamlakachi ma’muriyat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishni, zo`ravonsizlikni fuqaroviy bo`ysunmaslikni anglatadi. Kurashning buy o`li asrlar davomida sabr-taoqat ruxiga singib ketgan va milliy-ozodlik kurashining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan dehqonlar psixologiyasiga, xarakteriga mos yo`l aedi. Hindiston jamiyatining asosini dehqonlar tashkil etgan bir sharoitda M.Gandi tanlagan yo`l birdan bir to`g`ri yo`l edi. M.Gandining zo`ravonliksiz hamkorlik qilmaslik fuqaroviy bo`ysunmaslik harakatining birinchi bosqichini 1919-1922-yillari tashkil etadi. Rouletta qonuniga javoban M.Gandi 1919-yilning 6-aprelida hind xalqining do`konlarini yopib qo`yishga va har qanday amaliy faoliyatini to`xtatishga chaqirdi. Mustamlakachi ma`muriyat bunga kuch ishlatish b-n javob berdi. 1919-yilning kuzida HMK syezdi ingliz ma’murlari joriy etgan qonun bo`yicha saylovni boykot qilish haqida qaror qabul qildi Natijada saylov amalda barbod bo`ldi .Bu davrda HMK safsrda 10 mln kishi bor edi. Boykot, shuningdek,ingliz tovarlarini sotib olmaslikni inglizlar joriy etgan fahriy unvonlar va mansablardan vos kechishni,rasmiy qabullarga bormaslikni, ingliz maktablarida o`qimaslik , inglizsudlarini radetishni ,davlat soliqlarini to`lamaslikni ham nazardatutar edi. Shu bilan birga Panjobning turli joylaridaqo`zg`alonlar ham bo`lib o`tdi . Lohur shaxrida qo`zg`olonga askarlar ham qo`shildi. Bu yerda ’’Armiya kaltagi’’ degan tashkilot shuhrat qozondi. Gujaratdagi qo`zg`alon samalyotlar yordamida bostirildi. Amritsarda ingliz ma’murlari haqoratli buyruq chiqardi. Mahalliy aholi ingliz missioner ayoli o`ldirilgach ko`chadan boshdan oxir qurbaqaga o`xshab emaklab o`tishga majbur qilindi. Kim bu tartibni buzsa otib tashlanadi. Bu davrning xarakterli xususiyatlardan biri Musulmonlar ligasi b-n Milliy kongressning yaqinlashuvi bo`ldi. 1919-1922-yilladagi ozodlik harakatlari Kalkutta jut xonalari ishchilari, Bombey to`qimachilari, Madras ishchilari , Jamshedpur temir yo`lchilari qo`shildi. Bu harakatlarning bir qismi oz bo`lsada , g`alabaga olib keldi. Bombey to`qimachilarining ish kuni 12 soatdan 10 soatgacha tushirildi. Metallurglarning mukofot haqi 15-20 foizga oshirildi. 1920-yil oxirida Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongessi tashkil etildi. 1922-yil noyabrda Umum Hindiston kasaba uyushmalarining 2-syezdi bo`lib o`tdi. Syezd B.Britaniya shahzodasi Uelsning kelishiga 80 ming kishilik ‘’qo`zg`olondan ham kuchliroq’’ namoyish uyushtirildi . Oradan ko`p o`tmay Milliy kongress kuch ishlatmasdan qarshilik ko`rsatishni to`xtatdi. Bunga sabab Chanuri-Chauuradagi voqealar edi. Chunki bu yerda politsiya dehqonlarni ommoviy o`qqa tutdi., dehqonlar ham bir necha politsiyalarni o`ldirdilar. Bombey va Garaxpurdagi vaxshiyliklar takrorlanmasligi uchun Gandi harakatni to`xtatishga ko`rsatma berdi. Ozodlik harakatini vaqtincha bostirgan inglizlar 1923-1928-yillarda o`zlarining zaiflashayotgan afvolini biroz yaxshilab oldilar. Bu davrda Hindiston iqtisodiyoti urush yillaridagidan ham tez o`sdi. Fabrikalar soni 1.5 baravar ko`payib , 7515 taga yetdi. B.Britaniyaning Hindistondagi kapitali 1 mlrd funt sterlingga yetdi.1928-yilda u Hindistondagi faqat irrigatsiya inshootlaridan 74 mln rupiy foyda oldi. Jahon iqtisodiy inqirozi Hindistonga katta tasir ko`rsatdi. B.Britaniya inqiroz og`irligini metropoliyaga yuklamoqchi bo`ldi. Qishloq ho`jalik mahsulotlari bahosi pasaydi. Ekin maydonlari qisqardi.Mayda kapitalistlar , hunarmandlar xonavayron bo`ldi, ocharchilik avj oldi. Ishsizlar ko`paydi. Ish haqi kamaydi. Qishloq ho`jalik mahsulotlari b-n sanoat mahsulotlari o`rtasidagi ‘’qaychi‘’ monopolistlarga ko`plab foyda olishga imkon berdi. Ozodlik harakati kuchaydi. Saymon qomisyasi bilan birgalikda M.Neru.J.Neru guruhlari hindiston kanistutusiyasi loyhasini ishlab chiqdi unga to`la mustaqilik so`zlari kiritildi.Ingilizlar oldiga bir qancha radiqal talablar qo`yildi lekin ular uni bajarishmadi . natijada Mustaqilik uchun kurash kuchayib qonli to`qnashuvlar avjola boshlagan bir sharoyitda M.Gandi barcha chiqishlar oqimini fuqarovi bo`ysunmaslik o`zaniga burushga harakat qildi.Bunga mustamlakachi hukumatning 1865-yilda joriy etilgan tuz solig`ini bekor qilish haqidagi M.Gandiy talabini inkor etish sabab bno`ldi. Ingilizlar tuzga davlat manapoliyasi joriy etgan edi.Natijada tuz narhi hindlarning uni sotib olishga qurbi yetmas darajada oshib ketdi.hindlar tuzsiz ovqat yeyishga mahkumedilar. Bu esa аxolini jismonan tanazulga uchratish bilan barobar edi .Gandi ham dengizdan odamlar bilan tuz ola boshladi .Ingilizlar bu harakatni to`xtatmoqchi bo`lishdi unga qarshi 1930-yilda hindistonda bo`ysunmaslik harakatining 2 bosqichi boshlandi bungajavoban mustamlakachi mamuriyat 60 mingdan ortiq kishining (M.Gandiy va uning yaqinlari xam) qamoqa tashladi.HMK.ni esa qonundan tashqari deb elon qildi.lekin bular natijabermagach,1931-yilning 5-Martida ingliz mustamlakachi mamuryati HMK.bilan bitim imzolashga majbur bo`ldi.Unga kora ingiliz mamurlari represiyani to`htatish va siyosiy maxpuslarni ozot etish majburyatini oldi.HMK esa fuqoroviy bo`ysunmaslik harakatini to`htatadigan bo`ldi.M Gandiy rasmiy London bilan ”dumoloq stul “ atrofida muzokara boshlashga rozilik berdi Lo`ndinda hind muamosiga bag`ishlab o`tgazilgan konferinsiya HMK.”hindiston fuqorolarining asosiy huquq va burchlari haqida”deb nomlangan hujatni taqdim etdi amalda bu xujat bolajak mustaqil Hindiston Respublikasi Konistitusiyasining asosi edi. Hujjatda Hindistonda demokratik erkinliklar joriy etish; kastalar va dinlarning tengligini tan olish ; diniy omilni hisobga olgan holda Hindistonni ma’muriy qismlarga qayta bo`lish ; ish haqini eng kam miqdorini joriy etish ; yer uchun to`lanadigan ijara haqini cheklash ; solikqlarni kamaytirish va shu talalarni qabul qilmadilar . Natijada konferensiya ishi barbod bo`ldi. Inglizlar ozodlik uchun kurashini bostirishda bir guruh vatanparvarlar ustidan 1933-yilda sud jarayoni o`tkazildi . Muzaffar Axmad o`lim jazosiga hukm qilindi. Lekin xalqning talabi bilan ozod etildi. 1934-1939-yillarda Hindiston iqtisodiy jihatdan biroz yuksalsada Angilyaning olgan foydasi tez o`sib bordi. 1935-yilda Boshqaruv agentligi to`g`risida qaror qabul qilindi. Zahira bank hind kapitalni nazorat qiladigan bo`ldi. Ish haqi 25 foizga kamaydi. Hindlarbuni “qullik konstitutsiyasi” deb atadilar. Ozodlik harakati kuchaydi. Biroq B.Britaniya Hindistonda yangi saylov qonuni joriy etishga majbur bo`ldi. 1937-yilda o`tkazilgan saylovda HMK jami 11 shtatdan 8 tasi g`alaba qozondi va ularda o`zhukumatini tuzdi. Bu hodisa mustsqillik yo`lidagi yirik qadam edi. 1939-yil sentabr oyida ikkinchi jahon urushi boshlangach , Hindiston vitsi-qiroli Hindistonni urushuvchi tomon , deb e’lon qilindi. Urush yillarida hind xalqining axvoli yanada yomonlashdi. Guruch 5 baravar qimmatlashdi. Hindiston 0.5 mln Ingliz Askarlarini boqdi. Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling