Boshqaruv, moslashuv, bitishuv


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana10.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1086412
  1   2   3
Bog'liq
3-seminar.2-kurs.3-simestr



SO‘Z BIRIKMASI TARKIBIDAGI HOKIM VA 
TOBE SO‘ZLARNING BOG‘LANISH USULLARI: 
BOSHQARUV, MOSLASHUV, BITISHUV.
3-SEMINAR.


Reja:
1. So‘z birikmasi tarkibidagi hokim va tobe so‘zlar
2. Boshqaruv usuli
3. Moslashuv usuli
4. Bitishuv usuli


So‘zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog‘lanish, aloqa ikki xil bo‘ladi: 1) teng bog‘lanish yoki teng
aloqa; 2) tobe bog‘lanish yoki tobe aloqa.
Teng bog‘lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo‘lgan biri ikkinchisiga bo‘ysunmagan so‘zlarning yoki
gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so‘zlar yoki gaplar o‘zaro teng bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi
vazifasidagi yuklamalar, ohang yordamida munosabatga kirishadi. Masalan:
1. Beminnat qilingan ezgulik
eng maqbul va go‘zal ezgulikdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). 2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-
oz o‘rganib dono bo‘lur). Birinchi misolda eng maqbul, go‘zal so`zlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda uyushiq
sifatlovchi vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa Bilmaslik ayb emas va Bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-
biri bilan teng aloqaga kirishgan.
Tobe bog‘lanishda biri hokim, ikkinchisi tobe bo‘lgan a’zolar (so‘zlar, ergash gapli qo‘shma gap qismlari)
o‘zaro aloqaga kirishadi. Ularning biri ikkinchisini aniqlash, izohlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Aniqlaydigan,
izohlaydigan, to‘ldiradigan a’zosi tobe, izohlanadigan a’zo hokim deb yuritiladi: 1. Kitobni o‘qimoq, qiziqarli voqea.
2. Kimning himmati baland bo‘lsa, qadr-qimmati ham bo‘ladi (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Birinchi misolda so‘z
birikmasi tarkibidagi so‘zlardan biri hokim qism (o‘qimoq, voqea), ikkinchisi (kitobni, qiziqarli) tobe a’zo bo‘lib
kelgan. Ikkinchi misolda ergashgan qo‘shma gapning qismlaridan biri «qadr-qimmati ham baland bo‘ladi» hokim
a’zo, bosh gap sifatida, ikkinchisi «kimning himmati baland bo‘lsa» tobe a’zo ergash gap sifatida qatnashgan.
Shunday qilib, bog‘lanishning ikki xil turini so‘zlar orasida ham, gaplar orasida hamkuzatish mumkin. (Gaplar
orasidagi bog‘lanish haqida «Qo‘shma gap» bo‘limida baxs yuritiladi).


So‘zlar orasidagi tobe bog‘lanish ikki xil bo‘ladi:
1) predikativ tobe bog‘lanish; 2) nopredikativ tobe bog‘lanish.
Ega va kesimning bog‘lanishi predikativ tobe bog‘lanish hisoblanadi va bunday bog‘lanishdan gap hosil bo‘ladi.
Tobe
(ergash)
bog‘lanishning
qolgan
ko‘rinishlari
(aniqlovchi+aniqlanmish,
to‘ldiruvchi+to‘ldirilmish,
hol+hollanmish) nopredikativ tobe bog‘lanish bo‘lib, bunday bog‘lanishdan so‘z birikmasi yuzaga keladi.
So‘zlarning nopredikativ tobe bog‘lanishi uch xil bo‘ladi: 1) boshqaruv; 2) bitishuv; 3) muvofiqlashuv.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling