Boshqaruv Moslashuv Bitishuv


Download 85.61 Kb.
bet16/45
Sana24.12.2022
Hajmi85.61 Kb.
#1057288
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

31. -mi, -chi, -a, -ya yuklamalari yordamida qanday gap tuziladi?
A) buyruq gap B) his-hayajon gap C) darak gap D) so‘roq gap
32. Qaysi gapni so‘roq olmoshi yordamida ritorik gapga aylantirish mumkin?
A) Tog‘ orqasidan shamol ko‘tarildi. B) Osmonda yulduzlar chamani porlaydi. C) Tinch uyda janjal bo‘lishini istaydi. D) Siz odamlarni yaxshi bilasiz.
33. Mulla aka, sal nariroq surilib o‘tirmaysizmi? Ushbu gapda so‘roq mazmuni qaysi yo‘l bilan berilgan?
A) taajjub B) iltimos C) gumon D) shubha
34. Kimda qanday taklif bor? So‘roq gap qaysi vosita yordamida tuzilgan?
A) Faqat qanday so‘roq so‘zi yordamida. B) Faqat kim so‘roq olmoshi bilan. C) So‘roq yuklamasi vositasida. D) So‘roq olmoshlari ishtirokida.
35. 1. Darak gap. 2. So‘roq gap. 3. Buyruq gap. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra ushbu turlaridan qay biri dialogik nutqda ko‘proq ishlatiladi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2
36. Quyidagi gaplardan qaysi birida so‘zlar o‘rnini almashtirsak, gap yo‘qoladi?
1. So‘rading sen. 2. Biz studentmiz. 3.O‘ttiz kun–bir oy. 4. Zamira yozgan. 5. Havo toza.
A) 1,2,3,4 B) 1,4,5 C) 4,5 D) 4
3-ma’ruza: Gap bo`laklari haqida umumiy ma`lumot. Bosh bo`laklar
Reja

  1. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot

  2. Gapning bosh bo‘laklari

  3. Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi



Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot
Gapda biror so’roqqa javob bo’lgan va o’zaro tobе bog’langan so’z yoki so’z birikmasi gap bo’lagi dеb ataladi. Gap bo’laklarini bеlgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So’zlarga so’roq bеrish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo’shimchalar olishi tom ma'noda gap bo’laklarining turlarini bеlgilashda asos bo’la olmaydi. Gap bo’laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kеsimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to’ldiruvchi to’ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat bеriluvchi bo’lak bo’lmas ekan, u yoki bu gap bo’lagi haqida gapirish mumkin emas.
Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba’zi gap bo‘laklari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi, bunday bo‘laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida asosiy rol o‘ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo‘laklar orqali fikr anglashilaveradi. SHunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi:
1) bosh bo‘laklar;
2) ikkinchi darajali bo‘laklar.
Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so‘z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro tobe aloqada bo‘lib, ularni izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi.
Bosh bo‘laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holdir.



Download 85.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling