Boshqaruv Moslashuv Bitishuv


Download 85.61 Kb.
bet42/45
Sana24.12.2022
Hajmi85.61 Kb.
#1057288
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

12. Kirish gapni toping.
A) U yog‘ini so‘rasang, aytaymi, dars tayyorlamaganman. B) Bunday qor, qariyalarning aytishicha, bu yaqin yillarda bo‘lmagan ekan. C) Ha, aytgandek, yangi unvonlar muborak. D) Jamila! Yig‘lama, yig‘lama!
13. Demak, pardozning ham, kiyinishning ham chamasi va me’yori bor. Ushbu gapdagi kirish so‘z qaysi ma’noni bildiradi?
A) Ishonch va tasdiq. B) Shodlik yoki achinish. C) Bayon qilingan fikrning tartibi D) Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog‘liqligi.
14. Gumonni bildiradigan kirish so‘z qaysi qatorda berilgan?
A) Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor. B) Menimcha, u bugun-erta o‘yini o‘ylab olgani ma’qul. C) Mening so‘zlarim sizga, ehtimol, achchiq tatiyotandir. D) Jigarim esga tushsa, achinaman, albatta.
15. Kirish birikma qaysi gapda qo‘llangan?
A) Har bir o‘rtog‘ingiz, shak-shubhasiz, sizga faqat yaxshi niyat tilaydi. B) Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko‘rardi u), ba’zi vaqt ichidan faxrlanardi. C) Birinchidan, bu zamin bag‘rida Mendeleev jadvalidagi hamma elementlar mavjud, ikkinchidan, o‘zbek xalqi juda mehnatkash xalq ekan. D) Tabibning ta’biricha, tuzalmaydigan kasallik yo‘q.
16. Qaysi qatorda kirish gap berilgan?
A) Sharqning kattakon adabiyotini bilish uchun, afsuski, bizning yoshlarimizda intilish yo‘q. B) Kecha, desangiz, yomg‘ir yog‘ib qoldi. C) Gapning po‘sakallasini aytganda, kiyim-kechak masalasida ham yordam berishadi. D) Qishloqning orqa tomonida, es-es bilaman, katta uzumzor bor edi.
17. Tarkibida ega ham qatnashgan undalmali gapni toping.
A) Asabga zo‘r bermang, odamlar... B) Salom senga, bahor ko‘rki majnuntol. C) Umidaxon, bu kishiga kabinetlarini ko‘rsating. D) Vatan, sen munchalar ko‘rkam!
18. Yoyiq undalmali gapni toping.
A) Behudaga, o‘g‘lim, egma bosh. B) Otello, Otello, sening ishqingdan, Hayratga tushishning o‘zi bir sevgi. C) Salom senga, ko‘k archa, Qishin-yozin yashnaysan. D) Amudaryo, seni qalbdan kuylayman...

Download 85.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling