Boshqaruv psixologiyasi
Biografik (tarjimai hol) metodi
Download 81 Kb.
|
BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intervyu o’tkazish
- Proektiv metodlar.
Biografik (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar 18 biografik metod orqali o’rganiladi. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, audio ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filümlar, taqrizlar o’rganilayotgan shaxs haqida to’la tasavvur etishga xizmat qiladi. Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Biografik ma’lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora etishi, o’zining uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini o’taydi.
Intervyu o’tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak, chunki u tadqiqotchidan qator muhim shaxs sifatlarining bulishini talab qiladi. Shuning uchun xam ijtimoiy psixologiyada “rolli o’yinlar” metodi yordamida psixolog yoki sotsiolog maxsus tayyorgarlik kursidan o’gadi, turli vaziyatlarda turli toifali insonlar bilan intervyu o’tkazish orqali, o’z malakasini oshiradi. Proektiv metodlar. Ular test usullarning bir ko’rinishi xisoblanib, ularda tekshiriluvchiga aniq tizimga yoki ko’rinishga ega bo’lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirig’i beriladi. Binobarin, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo’lgan rasmlar, tugallanmagan xikoyalar, biror aniq ko’rinishi mavjud emas buyumlar, yog’ochlar berilishi, yoki ularga qarab tekshiriluvchi o’zining xissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baxolashi kutiladi. Proektiv usullar qatoriga mashxur Rorshaxt "Siyox dog’lari” testini kiritish mumkin (1921). Bu - ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog’lardan iborat bo’lib, xar bir dog’ xar xil bo’yoqli fonda ko’rsatiladi. Tekshiriluvchidan xar bir “dog’” nimaning shaklini eslatishi so’raladi. Uning og’zidan chiqqan so’zlar, assotsiatsiyalarga qarab (ularni kontent-analiz qilib), shaxs xususiyatlari yuzasidan xulosa chiqariladi. Yana bir proektiv usul — bu S.Rozentsveygning rasmli assotsiatsiyalaridir. Bunda turmushda tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni aks ettirgan rasmlar tekshiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan xolda gavdalantiriladi, unga qarama-qarshi tomondagi shaxs esa xali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiriluvchidan eksperimentator tez, qisqa muddat ichida bo’sh 44 kataklarga qaytarilishi kutilayotgan javobni yozishni so’radi. Berilgan javoblarga qarab shaxsning yo’nalishi, qadriyatlari tizimi, maqsad-muddaolari, turli ziddiyatlarga munosabati, jaxolat xissining xususiyatlari, bu xisning kimlarga qaratilganligi va shunga o’xshash muhim faktlar to’planadi. Shunday qilib, biz, boshqaruv psixologiyasida an’anaviy qo’llanib kelinayotgan asosiy metodlarga to’xtalib o’tdik. Lekin xozirgi davrda xayot fandan tatbiqiy xususiyatga ega bulishini talab qilayotganligi tufayli bu qatorga bir turkum metodlarni kiritish lozimki, ular ijtimoiy psixologiyadagi faol tayyorgarlik metodlari deb ataladi. Ularga ijtimoiy-psixologik treningning barcha shakllari kiritiladi. Faol tayyorgarlik metodlari o’z mohiyatiga ko’ra, shaxs va guruxning ma’lum sifatlarini shakllantiruvchi eksperimentni eslatadi. Lekin ularning faol metodlar toifasiga kiritilishiga asosiy sabab - bu usullar yordamida qisqa fursatda bevosita muloqot sharoitida kutilayotgan samaraga erishish mumkin bo’ladi. Ya’ni, taxlil qilib chiqilgan metodlardan farqli o’laroq, faol ijtimoiy-psixologik metodlar shaxsda yoki guruxda shakllangan xususiyatlarni qayd qilish emas, balki tarkib toptirish lozim bo’lgan xislatlarni amaliyotchi psixolog yoki ijtimoiy xodimning faol aralashuvi orqali xosil qilishga qaratilgandir. Oxirgi yillarda turli tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan treninglar, ayniqsa, ular insonlardagi tafakkur, tasavvur va qadriyatlarni o’zgartirishga qaratilgan bo’lsa, ular faol tayyorlgarlik metodlarning amaliyotdagi ko’rinishidir. To’g’ri, ijtimoiy psixologlar xamisha ijtimoiy psixologik treninglar o’tkazadilar. Bunda asosiy ikki talab qo’yiladi: 1) trening o’tkazilishi uchun real, kompakt gurux bo’lishi kerak; 2) trening yo’nalishini belgilash uchun ijtimoiy psixologik vaziyat yoki muammo bo’lishi shart. Ikkalasi bo’lgan taqdirda, treningni malakali mutaxassis-psixolog o’tkazsa, samara - ijtimoiy xulqning o’zgargan varianti xosil bo’ladi. Faol metodlardan ko’zlangan maqsad xam aynan shu, ya’ni, ijtimoiy xulqqa ta’sir ko’rsatish va o’zgarishga erishishdir. Har bir fanning aloxida o’rganish metodlari bo’lganidek boshqaruv psixologiyasining ham o’z metodlari va ularni qo’llash vositalari mavjud. Boshqaruv psixologiyasida qo’llaniladigan metodlar psixologiya va sotsial psixologiya fanlarida qo’llaniladigan metodlarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o’ziga xoslikni hisobga olgan xolda ularni ishlatish yo’llari va ma’lumotlari ilmiy jixatdan taxlil qilinadi. Boshqaruv psixologiyasining metodlari quyidagilardan iborat. 1.Kuzatish metodi. 2.So’rov metodi. 3.Kontent – analiz. 4.Ijtimoiy psixologik testlar. 5.Xujjatlarni tahlil qilish metodi. Biografik metod 6.Menejer bilan individual suhbat metodi. 7.Intervyu: standart, nostandart. 8.Menejer hisoboti metodi: monologik va dialogik. Kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy hulq- atvor shakllari qayd etiladi. Kuzatish metodi qo’llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi kerak. 1.Kuzatish maqsadi aniq bo’lishi va ilmiy maqsadlarga mos kelishi lozim. 2.Kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish. 3.Ma’lum reja va sxema asosida muttasil ko’zatuv oliь borish. 4.Olingan natijalarning asosligi va ishonchliligini boshqa uslublar yordamida tekshirib ko’rish. Ijtimoiy psixologiyada qo’llaniladigan kuzatish metodining 3 shakli mavjud. A.Tashqi kuzatish – ko’zatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan xolda ularning hulq – atvorini qayd qilish natijasida ma’lumot to’plashga asoslanadi. Bunday yo’l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin,shuning uchun ham bu usul boshqa usullarga qo’shimcha vosita sifatida ishlatiladi. B.Qo’shilib kuzatish – bunda tadqiqotchi kuzatuvchilar faoliyatiga bevosita aralashib, kerak bo’lsa ular bilan birga yashaydi, birga ishlaydi Bu usulning qulayligi shundaki, kuzatilayotganlar o’zlarining kuzatilayotganliklarini sezmaydilar, kuzatuvchini guruh a’zosi sifatida qabul qiladilar. V.Muxim vaziyatlarni qayd etish – bunda aloxida shaxs yoki guruh kutilmagan tasodifiy vaziyatga solinadi va ularning vaziyatga bo’lgan munosabati, o’zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo’llari kuzatiladi. So’rov metodi. Bu metod orqali muayyan bir vaziyat yoki muommoni hal qilish jarayonida inson psixologiyasidagi o’zgarishlar, odamlarning aql – zakovati, xulq – atvori, e’tiqodi, dunyoqarashi to’g’risida ma’lumotlar olinadi. So’rov metodi ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi, ayniqsa, anketa so’rovi, intervyu shular jumlasiga kiradi.Ushbu so’rov metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita yoki bilvosita muloqati tufayli birlamchi ma’lumotlar to’plash usulidir. So’rovni o’tkazadigan odamdan talab qilinadigan narsa bu muloqot madaniyatidir. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bevosita erkin fikr almashinuvi sharoitida o’zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Intervyu o’tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak, chunki u tadqiqotchidan qator muxim sifatlarning bo’lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada rolli o’yinlar metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o’tadilar. Anketa metodi. Bu metod yordamida turli yoshdagi va turli kasbdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarga bo’lgan munosabatlari o’rganiladi. Anketaga kiritilgan savollar ma’lumotiga ko’ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo’linadi. Ochiq anketa tekshiriluvchidan o’z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi.Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo’lib tekshiriluvchi o’ziga ma’qul bo’lgan , o’zining qarashlari fikrlari bilan mos kelgan javobni belgilab boradi. Anketa tuzilishi jixatdan uch qismga bo’linadi. 1.Kirish qism. Bu qism respondetga murojaat deb nomlanib, odatda tadqmqot o’tkazilayotgan tashkilot nomi, tadqiqot maqsadlari va ularning foydasi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi, anketani to’ldirish yo’llari va boshqalar yoziladi. Asosiy qism. Bunga berilayotgan savollar tartibiga e’tibor bergan xolda savollar kiritiladi. Chunki boshidan boshlab qiyin savollar berilsa , bu narsa respondentni cho’chitib qo’yishi, xattoki, anketani to’ldirmasdan qaytarib berishga majbur qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham boshshida yengil savollar berilib,tekshiriluvchilarni qiziqtirib keyin psixologik savollarga o’tish lozim. 3.Yakuniy qism. Bunda tekshiriluvchi shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasbi va boshqalar so’raladi. To’plangan ma’lumotlarga statistik qayta ishlov beriladi ular kompyuterlar yordamida analiz qilinadi. Kontent – analiz metodi. Bu metodning ilmiy mohiyati shuki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan airalib turadi. Uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, g’oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni, ma’lum mazmun miqdor ko’rinishiga keltiriladi. Kontent – analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir tomondan u yoki bu matnni tushunish mahorati bo’lishi kerak, ikkinchi tomondan esa tadqiqot so’ngida qo’lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni tushuntirib berish kerak. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling