va bu holat suhbatdoshning muloqotdan o‘zini chetga olishi deb talqin etilishi mumkin. Aksincha, qo‘llarning yon atrofda joylashishi, kaftlarning ochiqligi va oyoqni kerib sal oldinga engashib turish/o‘tirish suhbatdoshga va muloqot mazmuniga xayrixohlikni anglatadi. - va bu holat suhbatdoshning muloqotdan o‘zini chetga olishi deb talqin etilishi mumkin. Aksincha, qo‘llarning yon atrofda joylashishi, kaftlarning ochiqligi va oyoqni kerib sal oldinga engashib turish/o‘tirish suhbatdoshga va muloqot mazmuniga xayrixohlikni anglatadi.
- Suhbatdoshning ochiq yoki yopiq tana holati muloqot davomida o‘zgarib turuvchi ko‘rsatkich bo‘lib, suhbat mazmuni qanday o‘tayotganligiga qarab u bizga ochiq bo‘lishi, va agarda suhbat unga noqulayliklar tug‘dirganda esa yopiq pozani egallashi mumkin. Masalan, ikki yaqin do‘st muloqotini kuzatsak, ularning tana harakatlarida yopiqlik alomatlari deyarli ko‘rinmaydi. Ularning o‘zaro xayrixohlik holati nafaqat tanasida, balki o‘rtadagi masofaning yaqinligida, o‘zaro suhbatdagi muloyim tovush intonatsiyasida, yuzidagi yengil tabassum ifodasida aks etadi. Aynan shu ko‘rsatkichlar muloqot jarayonining ijobiy yo‘nalishda o‘tayotganligi haqidagi asosiy belgilardir. Muloqot vaziyatida bunday belgilarning kuzatilishi, o‘zaro munosabatning yaxshi o‘rnatilganligini, suhbatning ikkinchi bosqichiga o‘tish mumkinligidan dalolat beradi.
Faol tinglash davomida shaxs faolligining asosiy uch jabhasi namoyon bo‘ladi. Bular quyidagilar: - Faol tinglash davomida shaxs faolligining asosiy uch jabhasi namoyon bo‘ladi. Bular quyidagilar:
- diqqatning suhbatdoshga yo‘nalganligi – vizual, ya’ni ko‘z kontakti, gapiruvchiga hurmat, sabr-toqat, tinglashga tayyorlik;
- faollik – maqsadga yo‘nalganlik, qayta aloqa, tushunarli bayon etish, odob-intizom;
- xayrixohlik – ustunlikka intilmaslik, o‘z hissiyotini nazorat etish, ma’lumotni e’tiroz bildirmay qabul qilish, salbiy hisning yo‘qligi, optimal nutq tempi.
- Muloqotning ikkinchi bosqichidagi asosiy xususiyat – muammo mazmuni yuzasidan bir xil tasavvurning shakllanishiga va suhbatdoshlarning bir-birini tushunishiga erishishdir. Ammo, muloqot davomida qator to‘siqlar mavjudki, ular suhbatdoshdan kelayotgan ma’lumotni to‘la tushunishga xalaqit beradi. Ma’lumot almashuvi bosqichlarini yodda tutish va unga muvofiq keluvchi faol aqliy harakatni qo‘llash to‘siqlarni muvaffaqiyatli yengib o‘tishni, ma’lumot yo‘qolishini iloji boricha kamaytirish imkonini beradi.
- Muammo mohiyati aniqlangandan so‘ng, uning yechimini topish lozim. Shunga binoan, muammoni hal etish maqsadidagi muloqot jarayonining uchinchi bosqichi – muammo yechimini izlash ham muhim o‘rin tutadi. Bu bosqich haqida to‘laroq tasavvurga ega bo‘lish maqsadida nizo vaziyatidagi besh xil harakat uslubini eslashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |