Тема: Проектирование педагогической деятельности в дошкольных образовательных организациях
Download 59.99 Kb.
|
1-ma\'ruzasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot.
Mavzu: Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasiReja: 1. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. 2. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasi 3. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish.Tayanch sо‘z va iboralar: grammatik tuzim, nutqiypsixologik rivojlantirish, umumiy psixologik rivojlantirish, predmetli harakat, muloqot vositalari, emotsional bog‘liqlik, agrammatizmlar, bilingvizm shakllanish, monolingval vaziyat, multilingval vaziyat.Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. Katta yoshli kishi ta’sirida bolada muloqotning yangi - vaziyatdan tashqari shaxsli shakli vu udga keladi, unda bola «odamlar olami»ga qarab ish tutadi. Bola odarnni jamiyatning vakili deb biladi, ijtimoiy olamdagi о‘zaro bog‘liqlikni о‘zlashtiradi. Muloqotning ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi kо‘p jihatdan bolalar kattalarning о‘zaro munosabatlari, jamiyatda о‘zining tutish qoidalari bilan qiziqadigan о‘yinlaming rivojlanishi bilan uzviy darajada bog‘liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat kattalarning xayrixoh diqqat-e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga emas, balki kattalarning ularni hurmat qilishlariga, о‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bо‘lishlariga intiladi.Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, о‘zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin ortadi. Faoliyatning о‘ziga va tengdosh sheriklariga bо‘lgan qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-bir ishda (о‘yinda, mahsuldor faoliyatda) ishtirok etishga intilish ancha barqaror bо‘lib qoladi. Tengdoshlar bilan muloqotda, о‘yinda va faoliyatning boshqa turlarida axborot almashish, funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvofiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalaming umumlashuviga kо‘maklashuvchi harakatlaming barchasi amalga oshiriladi. Yosh ulg‘aygani sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib boradi, bu hol bolaning tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni tushunishi, emotsional yaqinligida namoyon bо‘ladi. Download 59.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling