Тема: Проектирование педагогической деятельности в дошкольных образовательных организациях
Download 59.99 Kb.
|
1-ma\'ruzasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolaga odamlar - kattalar va tengdoshlari olamini yaqinroq bilib olish uchun quyidagilar zarur
Bolalar hayotining yettinchi yilida tengdoshlari bilan dо‘stona munosabatlarga bо‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bolalar о‘z tengdoshlariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan xususiyatga ega bо‘ladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning MTTsidagi guruh hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi («Hamma bilan dо‘st», «Agar bolalar urushib qolishsa, yarashtiradi», «Agarda bironta bolani xafa qilishsa, uning yonini oladi»). Axloq normalari va qoidalarini о‘zlashtirib olish natijasida bolada shakllanadigan etnik о‘lchovlar uning universal insoniy qadriyatlarga munosabatini aks ettiradi.Bola borgan sayin kattalarga qaram bо‘lmasdan mustaqil bо‘lib boradi. Uning ijtimoiy tajribasi boyiydi, atrofdagilar bilan о‘zaro munosabatlari murakkablashadi. Bu unga о‘zini, о‘zining afzalliklari va kamchiliklarini tо‘liqroq anglab yetish imkonini beradi. О‘zi haqidagi bilimlari cheklanganligi tufayli kattalarning baholarini ishonib qabul qiladigan va о‘zini katta yoshli odamning fikri orqali qabul qiladigan ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalardan farqli ravishda, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda о‘zi haqidagi mustaqil tasavvurlar hamda о‘zini, о‘z harakatlarini va tashqi xususiyatlarini baholash elementlari paydo bо‘ladi.Bolaga odamlar - kattalar va tengdoshlari olamini yaqinroq bilib olish uchun quyidagilar zarur: - katta yoshli odamning bola bilan hamda bolalaming bir - birlari bilan badiiy, musiqiy, teatr faoliyatining har xil turlarida (ertaklarni sahnalashtirish, tomosha kо‘rsatish, barmoqli va boshqa teatr turlari) emotsional jihatdan boy mazmunli muloqoti; - о‘z yaqinlari bо‘lgan kattalar va tengdoshlariga nisbatan yoqtirish, emotsional bog‘liqlik hissiyotlarini, о‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bо‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash uchun bolalarning kattalar va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga undovchi sharoitlar yaratish; - bolalarda insonlar olamiga nisbatan qiziqishni rivojlantirish vositasi sifatida muzeylar, teatrlar, kо‘rgazmalar, sayrlar, ekskursiyalarga borish; - katta yoshli odam, boshqa bolalarning iltimoslarini bajarishga intilishlarini, takliflarga javob berishini qо‘llab-quvvatlash.Download 59.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling