Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasi Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va kо‘nikmalari mavjud bо‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish Bola tilining grammatik tizimini о‘z vaqtda shakllantirish - uni tо‘laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlami о‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (sо‘zlami rodlar, sonlar, kelishiklarga qarab о‘zgartirish), sо‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir sо‘z negizida boshqa sо‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qо‘shma gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni о‘z ichiga oladi. Ma’lumki, bolalar о‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va о‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bо‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap sо‘z hosil qilish va sо‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda - gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik tо‘g‘riligini shakllantirishga (sо‘z о‘zgartirishda); yettinchi yilda- hosila sо‘zlar о‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalami ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |