Mavzu №1: Psixologik xizmat fanining predmeti


Download 127.16 Kb.
bet1/7
Sana12.03.2023
Hajmi127.16 Kb.
#1264201
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu. Psixologik xizmat asoslari


MAVZU № 1: Psixologik xizmat fanining predmeti
REJA:
1.Psixologik xizmat predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Psixologik xizmatning metodologik va nazariy asoslari.
3.Psixologik xizmatning chet ellardagi va Sobiq ittifoqdagi holati.
4. Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati.


Darsning maqsadi: talabalarda psixologik xizmat predmeti, psixologik xizmatning asosiy yo'nalishlari, psixologik xizmat mahsuldorligining sharoitlari, bola taraqqiyoti uchun qulay psixologik iqlim yaratish, psixologning diagnostik, diagnostik ishiga doir bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Kalit so‘z va iboralar: Psixologik xizmat, tashhis, metod, obyekt, psixoprofilaktika, psixologik maorif va ma’rifat, psixodiagnostika, psixik rivojlantirish va psixokorreksiya, psixologik konsultasiya, tajriba, kuzatish, suhbat


Mavzuga doir adabiyotlar ro‘yxati:
1. Barotov Sh.R. Ta’limda psixologik xizmat. – Buxoro: BuxDU – 2007
2. Mirashirova N. Maktabgacha tarbiya muassasalarida psixologik xizmat. –T.: TDPU, 2003.
3. Nishanova Z. T. Psixologik xizmat. –T.:  Yangiyol poligraf servis, 2007.
4. Dubrovina I.V. Prakticheskaya psixologiya v obrazovanii. – M.: Pedagogika, 1998.
5. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “O’quvchilarni psixologik-pedagogik qo’llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 2019 yil 12 iyuldagi 577-sonli qarori
6. G’oziyev E, Azizova Sh. “Tashkiliy psixologiya” Toshkent-1999y.


1. Psixologik xizmat predmeti, maqsadi va vazifalari
Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan.
XX asr bo’sag’asida psixologiya fani va uning ilg’or vakillari o’zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko’rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo’ldilar.
Umuman, psixologik xizmat ko’rsatish muammosi ma’lum ma’noda, ilmiy psixologiyaning yetakchi yo’nalishlaridan biri sifatida ko’p bor munozaralar manbai bo’lgan. Bu haqda dastlabki psixologik tasavvurlar makoni bo’lmish Hindiston, Xitoy, Yegipet, Vavilon, O’rta Osiyo, Gresiyadan, shuningdek, jon (ruh) haqidagi kitobning muallifi Aristoteldan hamda temperament (mijoz) ta’limotining asoschilari Galen’, Gippokrat va ibn Sinolardan tortib, to hozirga qadar psixologlar o’z fikr-mulohazalarini bildirib kelmoqdalar.
Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko’rsatmoqdaki, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror toptirilishi, avvalo har bir faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdagi o’ziga xos psixologik salohiyatning ne chog’lik to’la-to’kis namoyon etilayotganligi bilan belgilanadi. Zero, har bir mamlakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual va ma’naviy taraqqiyot yo’liga xizmat qiluvchi davlat mexanizmisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu boisdan bo’lsa kerak, hozirgi kunda barcha rivojlangan, rivojlanish yo’lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o’z fuqarolarining ma’naviy, intellektual, jismoniy, ruhiy barkamolligiga va undan ijtimoiy manfaatlar uchun samarali foydalanish yo’llarini izlashga jiddiy e’tiborni qaratmoqdalar. Shu nuqtai nazardan, har bir mamlakatda inson va uning faoliyati o’rtasidagi uyg’unlikni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-psixologik xizmat tizimining joriy etilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz o’zining O’zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo’lini ifodalovchi boshqa qator ma’ruzalari, asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma’naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o’zaro ajralmas, bir-birini to’ldiradigan, o’zaro ta’sir, aks ta’sir etadigan muhim omillari ekanligini, ayni paytda bugungi iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma’naviy o’nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un bo’lishini ta’minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo’ygan talablar asosida qaror toptirishga ko’maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo’nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko’pgina olimlar o’z fikr-mulohazalarini bildirganlar hamda bildirib kelmoqdalar.
Ayniqsa, I.V.Dubrovina va X.Y.Liymets, Yu.L.Sierdlarning ko’p yillik tadqiqotlari natijasi o’laroq, umumta’lim maktablarida psixologik xizmatning joriy etilishi bu boradagi MDH mamlakatlarida qo’yilgan ilk qadam ekanligini alohida qayd etish mumkin. Qolaversa, o’zbek olimlaridan E.G’.G’oziyev, M.G.Davletshin, G’.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, N.A.Sog’inovlarning ham O’zbekiston o’rta, umumta’lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma’lum darajada asos bo’lmoqda
Xalq ta’limi tizimidagi va o’rta maxsus, kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi – shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to’laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o’tkazish obyekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, maxsus o’quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o’qituvchilar, ota-onalar bo’lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.
Psixologik xizmatning mazmuni:
a) psixoprofilaktika,
b) psixologik maorif va ma’rifat,
v) psixodiagnostika,
g) psixik rivojlantirish va psixokorreksiya,
d) psixologik konsultasiya.
Psixologik xizmat uch asosiy bo’g’indan tuzilgan:
1) Aniq o’quv muassasasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi.
2) Tuman xalq ta’limi qoshidagi tashhis markazi.
3) Respublika kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi.
Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo’lishi mumkin:
a) xalq ta’limi va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, o’quvchilar, talabalar bilan ma’ruzalar turkumi, aholining psixologik madaniyatini o’stirish maqsadida trening mashg’ulotlari o’tkazish;
b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish;
v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar;
g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar);
d) psixologik maslahat berish;
ye) pcixologik konsiliumlar o’tkazish;
j) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglarni amalga oshirish;
z) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o’quv dasturi, o’quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar.
Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo’nalishi: dolzarb va kelajak yo’nalishlari mavjud. Dolzarb yo’nalish o’quvchilar ta’lim tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.

Download 127.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling