Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
Download 0.73 Mb.
|
boshqaruv qarorlarini qabul qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish modellari. Alternativ xarajatlar
BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH BAJARDI: BI 121 GURUH TALABASI SHAVQIDDINOV AKBAR REJA: 1. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish modellari. Alternativ xarajatlar 2. Relevant tushunchasi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga relevantli yondashish 3. Bahoni shakllantirish bo’yicha qaror qabul qilish 1. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish modellari. Alternativ xarajatlar Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ko’pincha san’atga o’xshash yuqori malaka, amaliy tajriba, rivojlangan sezgirlik (intuitsiya)ni talab etadi. Ko’plab qarorlar juda noyob bo’lib, ularni ishlab chiqish jarayoni qat’iy bir qoidalar, ma’lum usul hamda izchillik bilan belgilanmagan. Shunga qaramasdan, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonidagi quyidagi umumiy bosqichlarni (tsikllarni) alohida ajratib ko’rsatish mumkin (chizma). Mana shu chizmadagi siklning dastlabki bosqichida buxgalter mavjud muammolardan kelib chiqib, rahbariyatga ushbu muammolarni hal qilishga yordam beradigan barcha mumkin bo’lgan harakat yo’nalishlarini ko’rsatib berishi lozim. Muqobil qarorlarning biri aniqlagandan so’ng boshqaruv hisobi bo’yicha buxgalter har bir muhokama etilayotgan variant bo’yicha, umumiy xarajatlar, resurslarning ehtimoliy tejami hamda xo’jalik jarayonlari natijalarini hisoblagan holda atroflicha ma’lumot tayyorlaydi. Qayd etish joizki, turli qarorlar uchun turli xil axborotlar talab qilinadi. Marjinal yondashuvdan foydalanish tajribasining asosi hisoblangan o’zgaruvchan xarajatlar hisobi tizimi, shuningdek, o’suvchan tahlil – buxgalterlar tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida keng qo’llaniladigan ikkita eng qulay umumiy hisobot tayyorlash usulidir. Har bir usul ushbu aniq qaror uchun talab qilingan zarur axborotlar sonini aniqlashga yordam beradi va shuningdek, maxsus hisobot shaklini ko’rsatib beradi. Muqobil (alternativ) qarorlarning ko’pligi zarur bo’lgan eng qulay qarorni qabul qilish jarayonini qiyinlashtiradi. Ustiga ustak, ko’p qarorlar keyinchalik butunlay yangicha vaziyatlarda qabul qilinadi, ya’ni ularning yechimiga oldingi tajribalar asosida yondashib bo’lmaydi. Bunday holatlarda qaror qabul qilish modeli ishlab chiqiladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling