Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Boshqaruv qarorlarini qabul qilish modeli


Download 0.73 Mb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1462441
1   2   3
Bog'liq
boshqaruv qarorlarini qabul qilish

Boshqaruv qarorlarini qabul qilish modeli – boshqaruv xodimlari qabul qiladigan qarorlarga bevosita ta’sir etadigan o’zgaruvchan ko’rsatkichlar va parametrlarning miqdori va ramziy holatini ifodalaydi. Boshqaruv hisobi manfaati nuqtai nazaridan shu yondashishni boshqaruv qarorlarini qabul qilish modeli deb e’tirof etiladi. Chunki, unda alohida e’tiborni talab qiladigan, lekin shu bilan birgalikda hisobga olinishida turli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan, ya’ni tabiatan turli tuman ko’rsatkichlar, omillar bilan ishlanishga to’g’ri keladi. Shulardan eng asosiylarini quyidagi ikkita ko’rsatkichlar tizimida guruhlasa, yoki oddiyroq qilib e’tirof etiladigan bo’lsa – hisobga olsa bo’ladi. Xususan:
1.o’zgaruvchan ko’rsatkichlar;
2.parametrlar (o’zgarmaydigan) ko’rsatkichlar.
O’zgaruvchan ko’rsatkichlar – boshqaruv tizimi tomonidan nazorat qilinadigan omillardir.
Bu omillarni
o

lchab h
isoblab
bo’lmaydi
Qarorlar qabul qilish modeli:
Qarorlar qabul qilishga ta’sir qiluvchi
omillar ikki guruhga bo’linadi
O

zgaruvchan
Masalan
:
·
mahsulotning bahosi;
·
mahsulotni ishlab
chiqarish xarajatlari;
·
texnologiya;
·
va sh.k.
Bu omillar o

zgarishi
boshqaruv tizimi
orqali nazorat
qilinadi
1
Parametrlar
(
ta’sirsiz
)
2
Masalan
:
·
mahsulot sifati;
·
iste’molchi talabini
qondirish darajasi;
·
xaridorlar bilan uzviy
aloqa;
·
va sh.k.
Alternativ xarajatlar
U yoki bu qarorni qabul qilishda aksariyat hollarda ayni vaziyatdagi imkoni bo’lgan ko’p miqdordagi har xil variantlarni tahlil qilish zarur bo’ladi. Odatda, barcha variantlarni sinchiklab tahlil qilish imkoni bo’lmaganligi sababli, ularning bir qismi e’tibordan chetda qoldiriladi va natijada, ularni amalga oshirishning qulay imkoniyati boy beriladi. Ayrim variantlar rasman tahlil qilinmaydi, ammo har qanday xo’jalik yurituvchi subyekt uchun asosiy ko’rsatkich hisoblangan – foyda miqdorini aniqlashda ular e’tiborga olinadi. Umuman, bitta variantni tanlash bilan alternativ variantlarni qo’llashdagi foydani boy berishimiz mumkin. Shu sababli, boshqaruv hisobi tizimida alternativ xarajat tushunchasi paydo bo’lgan.
Alternativ xarajatlar – bu maksimal darajada foyda olish imkoniyatidan biron bir maqsadga erishish uchun voz kechilishidir (chizma).
Ishlab chiqarishning alternativ xarajatlari ishlab chiqaruvchilarni o’z daromadlarini maksimallashtirish omili hisoblanadi. Alternativ xarajatlar rasmiy moliyaviy hisobotlarda ko’rsatilmaydi, pul oqimiga ta’sir ko’rsatmaydi, lekin ular boshqaruv qarorlarini qabul qilishda albatta hisobga olinadi.
Alternativ xarajatlarni ko’rib chiqish jarayonida u bilan bog’liq yana ikkita yangi ko’rsatkichni e’tiborga olish lozim bo’ladi: pullik xarajatlar va sarflangan, shartli xarajatlar (yuklanilgan xarajatlar).

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling