Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar
Download 129.28 Kb.
|
DHN savollar javobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Insonparvarlik prinsipi.
2. Qonuniylik prinsipi. Huquq ijodkorligi jarayoni subyektlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va nashr etish qonunlar, avvalo, Konstitutsiya asosida amalga oshiriladi. Qonuniylik tamoyilining
asosiy ma’nosi shundaki, qonun chiqaruvchi idora – parlamentning ham, huquq ijod etuvchi boshqa idoralarning ham faoliyati qonun asosida qat’iy amalga oshirilishi lozim. Sudlov jarayoni hamda huquqni amalga oshirishda ish ko‘radigan barcha davlat idoralari va mansabdor shaxslar faoliyati ham batamom qonunga mos ravishda bo‘lishi talab etiladi. Mazkur faoliyatda qonuniylik prinsipi barcha mutasaddi idoralar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar xatti-harakatida qonunga itoat etishda, uning talabiga og‘ishmay rioya qilishda namoyon bo‘ladi. Qonuniylik umumiylik va yagonalik sifatlari bilan xarakterlanadi. Qonunga itoat etish barcha subyektlar uchun umumiy talabdir. Ayni vaqtda, qonundagi har bir qoida huquqiy munosabatning barcha ishtirokchilari uchun yagona talab sifatida maydonga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, qonun ustuvor va butun mamlakat hududida yagonadir. U bir xilda tushunilishi va bir xilda bajarilishi lozim. 3. Insonparvarlik prinsipi. Buning ma’nosi shundaki, huquq jamiyat – inson – davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va tartibga solishda adolat, insonni sevish, shaxsni e’zozlash va uning sha’nini qadrlash, unga hayot kechirish uchun munosib shartsharoitlar yaratib berish nuqtayi nazaridan kelib chiqadi. Huquqning insonparvarligi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan iqtisodiy hamda ijtimoiy tuzum shaxs uchun qulay shart-sharoitlar, imtiyozlar yaratilishini nazarda tutadi. Huquqda shaxsni tahqirlovchi, qiynovchi, unga nisbatan noinsoniy munosabatni mustahkamlovchi qoidalar bo‘lishi mumkin emas. Mamlakatda vujudga keltirilgan kafolatlar tizimi fuqarolarni g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlardan hamda ularning oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan. Albatta, fuqarolar huquq va erkinliklarining to‘la kafolati faqat demokratik huquqiy davlat sharoitidagina bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda insonparvar huquqning shakllanishi mustaqillik, davlat suverenitetining qo‘lga kiritilishi hamda mustahkamlanishi davri bilan chambarchas bog‘liqdir. Xususan, O‘zbekiston Konstitutsiyasida: oila jamiyat va davlat muhofazasidadir (63-modda). Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi (64-modda). Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar (66-modda), – deb ta’kidlanganligida naqadar insonparvarlik g‘oyalari mujassamdir. Bunday insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgan huquqiy qoidalarni Oila kodeksida, Mehnat kodeksida, «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida», «Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlarimizda ko‘plab uchratish mumkin. Download 129.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling