Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar


Download 129.28 Kb.
bet20/50
Sana04.01.2023
Hajmi129.28 Kb.
#1078412
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
Bog'liq
DHN savollar javobi

4. Huquq davlat tomonidan muhofaza qilinadi va ta’minlanadi. Huquq normalarida ifodalangan talablar buzilgan hollarda davlat majburlovi qo‘llaniladi. Davlat o‘zi qabul qilgan yoki tasdiqlagan hujjatlarga befarqlik bilan qaray olmaydi, u mazkur hujjatlarni amalga oshirishga katta kuch-g‘ayrat sarflaydi, ularni muhofaza qiladi va bajarilishini kafolatlaydi. Bunda keng qo‘llaniladigan usullardan biri – ishontirish, ikkinchisi – davlatning jismoniy va ruhiy majburlovi hisoblanadi. Jismoniy majburlov deganda, huquq bilan nazarda tutiladigan, huquqiy tartibotni saqlash uchun jismoniy kuch va vositalar qo‘llanishidan iborat bo‘lgan zaruriy chora-tadbirlar tushuniladi. Ruhiy majburlov deganda,shaxs bo‘ysunmagan holda qo‘llanishi qonun bilan nazarda tutilgan choralarga yo‘liqishdan qo‘rqish birinchi o‘rinda turadi. Aynan qo‘rquv fuqarolarni o‘z xulq-atvorini huquq-qonun talablariga moslashtirishga ruhan majbur etadi. Davlat ishontirish va majburlovdan huquq normalarining qo‘llanilishini ta’minlash uchungina foydalanadi. Boshqa barcha hollarda undan foydalanishning ehtimol tutilgan imkoniyatiginav muttasil saqlanadi. Huquq prinsiplarini mazmuni, namoyon bo‘lish jabhasi va xususiyatlariga qarab turli mezonlar asosida tasniflash mumkin. Masalan, huquqning tipi va harakatlanish ko‘lamiga qarab quldorchilik, feodal, burjua, sotsialistik va hozirgi zamon demokratik huquq prinsiplari haqida gapirish mumkin. Shuningdek, huquq prinsiplari o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, axloqiy, diniy va maxsus-yuridik turlarga bo‘linadi. Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda umumiy va maxsus, sohaviy va tarmoqlararo prinsiplar to‘g‘risida fikrmulohazalar mavjud. Umumiy huquqiy prinsiplar butun huquqiy tizim zaminida turishi bilan xarakterlanadi. Bu prinsiplar tahlili orqali u yoki bu mamlakat huquqiy tizimining mazmun-mohiyati, tabiati, o‘ziga xos xususiyatlari, harakatlanish sifatlari haqida xulosa chiqarish mumkin. Bunday huquqiy prinsiplar qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Huquqni shakllantirish va amalga oshirishda demokratizm prinsipi. Mazkur prinsip huquqni yaratish sohasida xalqning, bevosita xalq vakillari bo‘lmish deputatlarning, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalarning, fuqarolarning huquqiy siyosatni shakllantirish va qonunchilikni takomillashtirishda keng ishtiroki orqali namoyon bo‘ladi. Huquqni amalga oshirish jabhasida demokratizm tamoyili huquqni qo‘llovchi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarni tashkil etish va faoliyat yuritish tartibida, dastavval odil sudlovni amalga oshirish jarayonida, ularning fuqarolarga yaqinligida, aholi uchun yuridik yordamning realligi darajasida o‘z aksini topadi.
Xususan, O‘zbekistonda avj oldirilayotgan sud-huquqiy islohotlarning zaminida ham demokratik jihatlarni chuqurlashtirish yotadi. Bunda advokatlar mavqeini kuchaytirish, sud jarayonida prokuror bilan advokatning huquqiy mavqeini tenglashtirish, prokuratura va militsiya faoliyatini inson huquqlarini ta’minlash nuqtayi nazaridan isloh etish kabilar ko‘zda tutiladi. «Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor, – deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov,
– Bular xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo‘lmas ekan, demokratiya haqidagi hamma gap-so‘zlar yo xalqqa xushomad
qilish yoki oddiy siyosiy o‘yin bo‘lib qolaveradi»7 .

Download 129.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling