Huquq shakillari manbalari reja: Huquq shakli (manbai) tushunchasining mazmuni. Huquq shakllari (manbaalari)ning turlari


Download 143.5 Kb.
bet1/9
Sana04.05.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1425590
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUQUQ SHAKILLARI MANBALARI


HUQUQ SHAKILLARI MANBALARI
Reja:
1.Huquq shakli (manbai) tushunchasining mazmuni.
2.Huquq shakllari (manbaalari)ning turlari.
3.О`zbekiston Respublikasining huquq manbaalari.

Huquq manbai tushunchasini bilish uchun falsafada asosiy о`rin egallagan va murakkab hisoblangan «shakl» kategoriyasi xususida qisman tuxtalish lozim. Uning egizak kategoriyasi sifatida boshqa falsafiy kategoriya, ya`ni obyektning umumiy tarkibiy qismi birligi sifatida namoyon bо`luvchi yaxlitlik, uning xususiyatlari, aloqalari, holati, rivojlanish jarayonlarini belgilovchi tomoni «mazmun» yuzaga chiqadi. Shakl tushunchasi bu yerda mazmunning mavjudligi, ifodalanishi va qayta tuzilishini bildiradi. Odatda, hodisani ichki va tashqi shakllarga ajratadilar. «Shakl» atamasining mazmunini ichki tuzilishi sifatida ishlatilsa, u tuzilish tushunchasi bilan bog`lanadi.


Mazmun va shaklning nisbiy birligida, mazmun yaxlitlikning harakatchan, dinamik tomonini ifoda etsa, shakl predmetning muhim aloqalar tizimini kamrab oladi. Ba`zi hollarda, shakl bilan mazmun о`rtasidagi nomuvofiqlikning rivojlanishi eski shaklning barham topib, mazmun rivojlanishiga mos keluvchi yangi shaklning vujudga kelishi bilan tushuntiriladi.
Huquqda shakl kategoriyasi ikki ma`noni bildiradi: ya`ni bir tomondan, huquqiy shaklni; ikkinchi tomondan, huquqning о`z shaklini qamrab oladi.
1. Huquqiy shakl – barcha huquqiy voqelikdir. Bu yerda iqtisodiy, siyosiy turmush va boshqa faktik munosabatlar bilan bilvosita bog`liq bо`lgan huquqiy hodisalar haqida sо`z yuritiladi. Shaklning huquqiy (yuridik) tushunchasi, huquqning (yoki har qanday huquqiy hodisaning) barcha ijtimoiy tuzilma, jarayon va munosabatlar bilan aloqasi ochilgandagina qо`llanadi.
2. Huquqning shakli bu huquqning alohida hodisa sifatidagi shakli bо`lib, u faqat huquqning mazmuni bilangina о`zaro bog`lanadi. Uning vazifasi huquq mazmunini tartibga solishdan iborat.
Bundan tashqari huquq ijodkorlari huquqiy nazariyalar (doktrinalar) ta`siridan xoli emas: ularning u yoki bu darajada u yoki bu huquqiy (yuridik) ta`limotni yoqlab chiqishlariga tо`g`ri keladi; ular ushbu ta`limotga oid taklif va tavsiyalarni qabul qiladilar. Normativ shartnoma huquqiy ijodkor organlarning irodasini ifodalovchi ularning har biri uchun huquqiy majburiyat hisoblangan qо`shma huquqiy aktlardir.
Ularda tomonlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan xoxishlari ifodalanib, о`z zimmalariga olingan majburiyatlarni bajarishga oid ixtiyoriy roziligi mustahkamlanadi. Ular konstitusiyaviy, fuqarolik, mehnat, ekologik huquqida keng tarqalgan.
«Bitim» tushunchasi «shartnoma» tushunchasidan kengdir. Bitim bir shaxsning erkini ifodalaydi. Bitim deb, shaxslarning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini belgilash, о`zgartirish yoki tо`xtatishga qaratilgan harakatlari tan olinadi.
«Kontrakt», «bitim», «ahdlashuv» atamalari xususida tо`xtalsak, ularga «shartnoma» tushunchasining sinonimi sifatida karalishi mumkin. Shartnomani huquq manbai deb tan olish uchun, u yuridik normalarga ega bо`lishi kerak.
Mehnat huquqi sohasida muhim о`rinni kollektiv (jamoa) shartnomalari egallab kelmoqda. Mehnat kodeksiga muvofiq, jamoa shartnomasi deganda korxona, muassasa tashkilotlarida rahbar bilan xizmatchi о`rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy aktlar tan olinadi.
Shuni qayd etish kerakki, shartnoma huquqi xarakatchan va kengayib borayotgan erkin tadbirkorlik tizimining huquqiy poydevoridir.
Huquqning asosiy shaklidan biri sifatida xalqaro huquqda shartnoma yuzaga chiqadi. Xalqaro shartnoma davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari о`rtasida ular uchun umumiy manfaatga ega bо`lgan masalalar yuzasidan tuzilgan hamda ularning о`zaro huquq va majburiyatlari asosida tartibga solinadigan bitimdir. Xalqaro shartnomalar huquqi tо`g`risidagi Vena Konvensiyasining 2-moddasida bu manbaning normativ ta`rifi berilgan. Unda qayd etilishicha: «Shartnoma deganda, davlatlar о`rtasida yozma ravishda tuzilgan bir, ikki yoki bir-biri bilan о`zaro bog`liq hujjatlarda shunday ahdlashuv mazmunidagi hamda uning aniq nomlanishidan qat`i nazar xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro bitim tushuniladi».
Xalqaro huquqiy shartnomaning yangi tipi sifatida 1990 yil 12 sentabrida qabul qilingan Germaniyaga oid munosabatlarni uzil-kesil hal qilish tо`g`risidagi shartnomaga muvofiq, birlashgan Germaniya Demokratik Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi va butun Berlin hududini о`z ichiga oladi.
О`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatida shartnomalar keng joriy etilmokda. MDHga kiruvchi suveren respublikalar о`rtasida endilikda shartnomalar muhim о`rin egallab kelmoqda. Shu bilan bir qatorda shartnomalarning jiddiy huquqiy asoslari, ularni tuzish tartibi yuzaga keladigan nizolarni hal qilish hamda ularning xо`jalik va boshqa shartnomalar о`rtasidagi nisbatini aniqlash lozim.
Normativ-huquqiy shartnomalar birlamchi huquqiy manbalarning rivojlanishi, ularga qonuniy kuch berish uchun ular normativ-huquqiy hujjat bо`lishi kerak. Masalan, Fuqarolik kodeksi shartnomalarning shakli va umumiy sharoitlarini mustahkamlaydi, 1998 yildagi «Ommaviy axborot vositalari tо`g`risida»gi qonun ommaviy axborot vositalarini ta`sis etuvchilar о`rtasidagi shartnomaning mazmunini qayd etadi.
Tabiatdan tо`liq foydalanish shartnomasi muhim huquqiy о`ziga xoslikka ega. Bu shartnomaning mzamunini «Atrof muhitni himoya qilish tо`g`risida»gi qonun belgilaydi.
Huquqning shartnoma shakli istiqboldir. Agar, huquqning manbalarini о`zaro ijtimoiy ta`sir sifatida tasavvur qilinsa, u holda, avvalambor, ular formal-majburiy bо`lmay, balki ixtiyoriy murosali bо`lish lozimdir. Shuni hisobga olish kerakki, О`zbekistonda bozor iqtisodiyoti, yuksak texnologiyalar rivojlanishi sharoitida davlat (shu paytgacha bо`lgani kabi), yangi tartibni ta`minlashga mas`ul, asosiy islohotchi sifatida harakat qilmoqda. Sanoat, qishloq xо`jaligi, savdo, bank firmalari, korporatsiyalar, konsernlarning roli beqiyos ortib bormoqda. Ular jamiyatdagi tadbirkorlik munosabatlarini asosan, eng qulay, oddiy, tez vosita hisoblangan shartnoma yо`li bilan tartibga solmoqdalar.
Normativ huquqiy akt huquq tashqi shaklining eng asosiysi, mukammali hisoblanadi. Bu normativ turdagi davlat aktidir. Normativ aktlar (hujjatlar)dan farqli ularoq muayyan shaxsiy ishlar hal qiladigan davlat aktlari yakka tartibdagi (individual) aktlar deb yuritiladi. Normativ aktlar shaxsiy ishlarni hal etish uchun yuridik asoslarga (huquq norma) ega bо`ladi. Normativ-huquqiy aktlar faqat yuridik manba sifatida emas. balki faktik manba sifatida ham namoyon bо`ladi.

Chunki undan kishilar yuridik normalar haqida ma`lumot oladilar.


Xulosa qilib, normativ aktni huquqiy mazmundagi huquqiy ijod mahsuli deb ta`riflash mumkin. Normativ huquqiy aktlarga davlatimiz Konstitusiyasi, boshqa qonunlar hamda qonun osti hujjatlarining tizimi (huqumatning farmoyishlari, davlat qо`mitalari, vazirliklarning buyruqlari va yо`riqnomalari, mahalliy xokimiyat organlarining qarorlari) kiradi.
Normativ huquqiy akt hozirgi zamon davlatimizda huquqning asosiy, yetakchi shakli deb tan olinishining sababi shundaki, bunda birinchidan, uning yordamida huquqiy normalarning aniq va tо`liq ifodalanishi, uning real faoliyati va rivojlanishining istiqboli xakkoniy aks ettiriladi; ikkinchidan, normativ-huquqiy aktlar (huquqning boshqa tashqi shakllari emas) amaldagi huquqning doimiy yangilanishiga kо`proq moslashgan.
G`arbiy demokratiyalar va Sharqda ijtimoiy hayotning murakkablashuvi hozirgi ijtimoiy rivojlanishning jadallashishi, fuqarolar siyosiy faolligining ortishi, huquqning yuridik manbalari tizimida normativ aktlar rolining muqarrar oshishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish xususiy tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi, yirik firmalar, kichik korxonalarning paydo bо`lishi, chet el firmalari ishtirokida qо`shma korxonalarning faoliyat kursata boshlashi hozirgacha ma`lum bо`lmagan huquqning yangi shakllarining paydo bо`lishini kutish mumkin. Bunda esa, ertami yoki kechmi xususiy tashkilotlarning normativ aktlarini tan olishga tо`g`ri keladi hamda ular tomonidan ishlab chiqiladigan namunali shartnomalarning normativ-yuridik kuchini inkor etib bо`lmaydi.
Sо`nggi yillarda huquqiy ijodkorlik tajribasida normativ-huquqiy aktlarning individual shakllarini ishlab chiqish, ularning ta`sir chegara-larini belgilashga alohida e`tibor berilmoqda.
Huquqni yangicha anglash muqarrar ravishda huquq manbalarini boshqacha talqin qilishga olib keladi. О`zini о`zi tartibga solish huquqning barcha ma`lum shakllariga hosdir. Bular huquq shakllarining shunday shakliki, ular bevosita demokratiya institutlaridan (referendum qarorlari, xalq yig`inlari, mehnat jamoalari majlislari) foydalanish orqali qabul qilinadi.

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling