Guruntlarni xossalari va xususiyatlar
Download 152.77 Kb.
|
Guruntlarni xossalari va xususiyatlar25 21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Guruntlarni xossalari va xususiyatlarBIQ fakulteti 25\21 guruhBajardi:Shayaxmedov OTekshirdi:Sodiqov AReja:
Tog' jinslari har qanday injenerlik inshootining muhiti, zamini va u qurilish materialli sifatida ishlatilsa u grunt deb ataladi. Gruntlarni o'rganuvchi fan gruntshunoslik deyilib, u gruntlarning tarkibi, holati, fizik va mexanik xususiyatlari, hosil boʻlish sharoitlari, qurilish ishlari ta'siridan ularda sodir bo'ladigan oʻzgapishlarni o'rganadi. Gruntshunoslik fanida qumli va gilli jinslarni oʻrganishga ko'proq ahamiyat beriladi. Chunki bunday jinslarni tashkil etuvchi zarralar o'zaro bir-biri bilan mustahkam bogʻlanmagan boʻlib, ularning fizik va mexanik xossalari vaqt davomida tabiiy ta'sirlar vva odamlarning injenerlik faoliyati ta'siridan oʻzgarib turadi. Qum va gil jinslar yer yuzasining deyarli 50% maydonini egallagan boʻlib, ular asosan qurilish materiali, imorat va inshootlar poydevori zamini sifatida ishlatiladi. Imorat va inshootlarni loyihalash, qurish va foydalanish davrida ularning mustahkamligini ta'minlish uchun gruntlarning tarkibi, xossalarinin o'rganish katta ahamiyatga ega. Imorat va inshootlarning mustahkamligi, chidamliligi gruntlarning xillariga, xossalariga va asosan ularning tashqi bosimga qarshilik ko'rsata olish qobilyatiga bog'liqdir. Gruntlarning tashqi bosimga chidamliligi ularni tashkil etuvchi zarralar orasidagi bog'lanishga oʻzaro sementlanganlik darajasiga va ularning xossalariga qarab aniqlanadi. Gruntlar quyidagi injenerlik-geologik sinflarga bo'linadi. 1. Tub (skalnыe) gruntlar: bularga zarralari o'zgaro qattiq mustahkam bog'langan, sementlangan, namlanganda o'z xususiyatlarini o'zgartirmaydigan, magmatik, (granit, diorit va b.) metamorfik (gneys, kvarsit, marmartosh va b.) va cho'kindi tog' jinslari (ohaktosh, qumtosh, shagʻaltosh va b.) kiradi. Siqilishga mustahkamlik chegarasi SMPa dagi yuqori. 2. Yarib tub (poluskalnie) gruntlar. Bularga nurash jarayoniga uchragan, darzliklar bilan bo'laklarga bo'linib ketgan toshloq jinslar va namlangada zarralar orasidagi bog'lanishi tez susiyadagi tog' jinslari kiradi. Masalan: gips, mergel, ohaktosh-chig'anoktosh va boshqalar. Bu jinslar tuzilishi va mustahkamligi bilan boshqa tog' jinslardan ajralib turadi va namlangandagi siqilishga chidamliligi 5 MPa gacha boradi. 3. Yirik donala boʻshoq gruntlar. Bular har xil chaqiq jins bo'laklaridan (>2 mm) iboratdir. Ularga shag'al, sheben, graviy va boshqalar misol bo'la oladi. Yirik donala bo'shoq gruntlar tashqi kuchlar ta'siridan umuman zichlashmaydi va deformatsiyalanmaydi. Shuning uchun ham ular imorat va inshootlar uchun yaxshi poydevor zamin vazifasini o'taydi. Oʻzidan suvni yaxshi o'tkazadi. Suvga to'yingan holatdagi gruntlar seysmik xodisalarga chidamli bo'ladi. 5. Gilli gruntlar. Bularga tabiiy namligida zarralari bir-biri bilan mustahkam bog'langan plastiklik xususiyatiga ega bo'lgan jinslar kiradi. Ularga supes, suglinok, gil misol bo'ladi. 4.Qumli gruntlar. Bularga zarralari bir-biri bilan birikmagan, tabiiy namligida plastiklik xususiyati yo'q sochma jinslar kiradi. Katta kichikligi 2 mm.dan katta bo'lgan donachalar jins og'irligini 50% gacha qismini egallaydi. Gruntlarning tarkibiga quyidagilar kiradi. 1. Mineralogik tarkibi. 2. Kimyoviy tarkibi. 3. Granulometrik tarkibi. Gruntlarning mineralogik tarkibi. Gruntlarning qattiq komponenti birlamchi va ikklamchi minerallardan (bo'lakcha) tarkib topadi. Birlamchi yoki jins hosil qiluvchi minerallar (kvars, slyuda, dala shpatlari va b.) grunt skeletini hosil qiladi. Ikkilamchi (gilli minerallar; temir va alyuminiy oksid va gidarooksidlari; oddiy eruvchan minerallar va b.) minerallar turli fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida jinsni tashkil topgan, sementlangan modda rolini bajaradi. Ular gilli gruntlarning injener- geologik xossalariga katta ta'sir etadi. Gruntlarning kimyoviy tarkibi umumiy kimyoviy analizlar orqali aniqlanishi mumkin. Qaysiki grunt tarkibidagi turli oksidlar SiO2, AL2O3, Fe2O3, CaO, MgO, Na₂O, K₂O va b. farqini koʻrsatadi. Bu turdagi analizlar injenerlik-geologik maqsadida kam ishlatiladi. Ko'p hollarda gruntlarning sho'rlanganligini kimiyoviy tarkibi bo'yicha tekshirish uchun suv tortish va nordon sho'rligidan foydalaniladi. Gruntda ishtiroki uchun ham bu analizlar muhimdir. Masalan, oson eruvchan tuz va ularning xossa-lariga ta'sirini ko'rsatadi. Gruntlarning mexanik yoki granulometrik tarkibi injenerlik geolo-giyasida va injenerlik amaliyotida katta ahamiyatga egadir. Granulometrik yoki mexanik tarkib deb-gruntlarning har xil katta-kichiklikda bo'lgan dona va zarralarning yoki fraksiyalarning foyiz miqdori yig'indisiga aytiladi. O'lchami bo'yicha bir-biriga teng yoki bir-biriga yaqin bo'lgan bir guruh zarrachalar yig'indisiga fraksiyalar deb ataladi. Fraksiyalar o'lchamiga qarab quyidagi guruhlarga boʻlinadi. Foydalanilgan adabiyotlar
Download 152.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling