Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi
Download 15.61 Kb.
|
16-fevraldagi Maruza konspekti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi
- Dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish
- Shaxsiy portfolio
- 3.2.Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari. Ta’limning metodi .
Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi Reja 3.1.Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi 3.2.Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari 3.1.Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi.Uzluksiz ta’lim tizimida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish bir necha usullarda olib boriladi.Ularga biz quyidagilarni kiritishimiz mumkin: dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish; o‘quvchilarni shaxsiy portfolioni tashkil etishga o‘rgatish; mavzuni yoritishda muammoli bayon etish usulidan foydalanish; ta’lim jarayonidada tadqiqot va loyihaviy usullardan foydalanish; o‘quvchilarni ijodkorlikka, amaliy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish; qiyin o‘zlashtiriladigan mavzularni vizuallashtirib o‘qitish va h.k. Dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish. Innovatsion pedagogik texnologiyalar aynan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi(talabalar)ga muayyan fan (mavzu) bo‘yicha bilim berish va shaxsini shakllantirishga qaratilgan o‘qitishning zamonaviy usullari, texnologiyalari va vositalari majmuidir [80]. Ta’limda innovatsion pedagogik jarayonlarni biz pedagogik yangilik(g‘oya)ni yaratish, idrok etish, o‘zlashtirish, qo‘llash va baholanishi lozim bo‘lgan boshqariluvchi jarayon sifatida ko‘rishimiz mumkin. Haqiqatan ham pedagogik faoliyatimizda biror-bir yangilik(g‘oya, metod, usul yoki yondashuv)ni qo‘llamoqchi bo‘lsak, avvalo u yaratilgan bo‘ladi yoki o‘zimiz yaratamiz, keyin uni idrok etamiz, yoki yaxshilab o‘zlashtirib olamiz, undan keyin uni faoliyatimizda qo‘llaymiz-da, uning qanchalik samarali ekanligini baholaymiz. Bugungi kunda juda ko‘p ishlatiladigan pedagogik texnologiyalarni qaraydigan bo‘lsak, ularga [5,34,42]: Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi. Hamkorlik ta’limi texnologiyalari. Loyihaviy ta’lim texnologiyalari. O‘yinli ta’lim texnologiyasi. Muammoli ta’lim texnologiyasi. Modulli ta’lim texnologiyasi. Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi. Integratsiyali ta’lim texnologiyasi. Interfaol ta’lim texnologiyasi. Masofali o‘qitish texnologiyalari va h.k. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish juda katta sohani qamrab olib uning tarkibiga [42]: asosiy va qo‘shimcha qurilmalari mavjud kompyuter sinflari; internet va tarmoqqa ulangan kompyuterlar; interaktiv doska va multimediali ilovalar; WIFI aloqasi mavjud bo‘lgan elektron o‘quv zallari. Axborot texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etadigan didaktik ta’minotga: boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar; o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi elektron ta’lim resurslari; elektron o‘quv-metodik majmua va metodik ko‘rsatmalar; elektron o‘quv modullari (Moodle dasturi kabi); pedagogik dasturiy vositalar va h.k.kiradi. Boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar. Bular elektron shakldagi darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatma, ma’ruzalar kursidan tashkil topadi [42]. Elektron o‘quv-metodik majmua va metodik ko‘rsatmalar elektron mashqlar to‘plami, boshqariladigan elektron ta’lim resurslari, gipermatn gipermediya, multimediyali vositalar, virtual obyektlar yoki jarayonlar elektron tajriba, elektron lug‘atdan tashkil topadi. Nazorat qiluvchi elektron ta’lim resurslariga elektron testlar, elektron topshiriqlar elektron nazorat (testlashtirish)lar kiradi. Elektron o‘quv modullari (Moodle dasturi kabilar). Ta’limni masofali, noan’anaviy shaklda, elektron ta’lim resurslaridan foydalanib tashkil etish uchun bugungi kunda turli-tuman pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish ta’lim tizimiga kirib kelmoqda. Shaxsiy portfolio bu-shaxs haqida to‘plangan dalillarning tizimli yig‘indisi bo‘lib, unda o‘quvchining shaxsiy yutuqlari muntazam aks etib boradi. Portfolio tarkibiga o‘quvchi haqidagi asosiy ma’lumotlar (kelib chiqishi, oilasi, yaqin kishilari), tashakkurnoma, diplomlar, mukofotlari, tadqiqotlarga, loyihalarga ishtiroki, ijodiy ishlari, referatlari, konferensiya maqolalari o‘rin oladi. O‘quvchilarni shaxsiy portfolioni tashkil etishga o‘rgatish orqali ularga mehnatga muhabbat, yangi bilimlarni egallashga motivatsiya (ichki hissiyotni uyg‘otish) hosil qilish, o‘z mehnatidan ruhlanish, kelgusi kasbini aniqlab olish imkoniyatlarini beradi. Mavzuni yoritishda muammoli bayon etish usuli. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim muammoli ta’lim deb ataladi. Informatika ta’limida muammoli bayon etish usulidan foydalanishda muammoli vaziyat yaratiladi, vaziyatni tahlil qilish asosida muammo qo‘yiladi, turli farazlarni ilgari suriladi, ulardan biri tanlanib, yechim tekshiriladi. 3.2.Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari. Ta’limning metodi. Metod (usul) ‒ yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos” ‒ biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi. Ta’lim sohasida metod – o‘qituvchi va talabalarning muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar yig‘indisidir Download 15.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling